Xonjiğali ovulining tarixiga bir nazar...
Hozirgi Qangli ovuli hududida – Amudaryoning çap qirğoğida, şarqda Daryo böyi mahallasi bilan, janubi şarqda Uyşin mahallasi bilan çegaradoş joyda Xonjiğali aholi punkti – Xonjiğali ovuli joylaşgan.
Ovul tarixi ham uzoq ötmişga borib taqaladi. Uning atamasi – “Xonjiğali” sözi xalq oğzaki uslubida turliça talqin qiliniş holatlari ham mavjud: u baʼzan “Qonjağali” (köylagining yoqasi qon) deb ham yuritiladi. Buning sababini baʼzilar “ovulda yaşovçi xalq köproq uruşqoq xarakterga ega, şu sababli köylagining yoqasi hamişa qon bölib yuradi”, deya izohlaşadi.
Lekin aksariyat afsonalarda ovul atamasining kelib çiqişi quyidagiça talqin qilinadi:
Uzoq ötmişda katta bir köçmançi oila (qabila) hozirgi ovul joylaşgan Amudaryo böylariga kelib ötroqlaşgan. Qabila, asosan, törtta aka-uka va ularning oila aʼzolaridan iborat bölişgan. Törtta aka-ukaning xotinlari öşa davrning odatiga köra qayni aka-qayni ukalarining ismini aytib çaqirişmagan (ayrim ovullarda yoki yoşi nisbatan kattaroq ayollarimiz orasida bu odat hozir ham saqlanib qolgan). Şu sababli ular özlariça tört aka-ukaga laqab taqişib, ularni şu laqab bilan çaqirişgan va uşbu odatga amal qilgan holda iş yuritişgan. Yaʼni, aka-ukalardan biri oila (qabila)ning çorva mollarini boqiş bilan band bölgan. Ularning çorvasida hökizlar köp bölganligi sababli ularni boqiş bilan şuğullangan yigitni TANA (xalq tilida “hökiz” maʼnosini beradi) deb çaqirişgan.
Aka-ukalardan ikkinçisi qabilada dehqonçilik işlari bilan maşğul bölgan, u taşqi körinişidan sariqsifat yigit bölganligi sababli unga SARIQUL deb laqab qöyişgan va şunday çaqirişgan.
Aka-ukalardan yana bittasi esa eşaklarga ortilgan suv idişlari – suv qovoqlari bilan daryodan suv taşişga masʼul bölganligi sababli QOVOQLI deb çaqirişgan.
Oiladagi törtinçi yigitni esa OXUN deb çaqirişgan, sababi u yigit öqimişli, ilm-maʼrifat yölini tutgan bölib, kitob öqiş bilan band bölgan. Aka-ukalar va oila (qabila)dagi kelinlar örtasida oilaviy muloqot yölga qöyilgan.
Qiziği şundaki, uşbu atamalar hozirgi kunda ham Xonjiğali ovulida töliq saqlanib qolgan. Yaʼni, ovulning bir qismida öşa davrdagi qabilaning mol boqari bölgan TANAlardan bölgan qarindoş-uruğ vakillari istiqomat qilişadi va ular yaşayotgan joy ham TANALAR ovuli deb yuritiladi.
Ovulning SARIQULLARDAN tarqalib, köpayişgan qismi SARIQULLAR deb atalsa, yana bir qismida QOVOQLIlar istiqomat qilişadi. Öz navbatida OXUNlar avlodidan tarqalgan qismi esa OXUNLAR deb yuritiladi. Eʼtiborli tomoni şundaki, töy-maʼrakalarga aytiş, biron xabarni yetkaziş kabi holatlarda uşbu terminlar hozirgi kunda ham töliq işlatiladi: “Tanalarga aytinglar, ertaga haşar böladi...”, “...keça qovoqlilarga kombayn ötdi”, “Sariqullardan bitta xabar keldi...”, “...Oxunlarga aytuvçi yuboringlar...” kabi uçar iboralarning saqlanib qolganligi ham bu afsonalar zamirida bir haqiqat borligidan nişonadir.
Endi Xonjiğali atamasining kelib çiqişiga bir nazar taşlasak.
Qabilada polvonsifat, zabardast yigitlar köpçilikni taşkil qilgan. Ular töy-haşamlarda polvonçilik qilişib, aksariyat hollarda katta yutuqlarni qölga kiritişib kelgan. Bu holat tarixiy manbalarda ham tilga olinib, ovulning köplab polvonlari Xiva xonining işonçli polvonlaridan bölganligi haqida söz yuritiladi.
Xon tomonidan taşkil qilingan töylarda, maʼraka va musobaqalarda köplab yutuqlarga erişib, boş sovrinni qölga kiritişlari orqasidan ularga Xonning maqtov yorliği (“jiğa” deb ham yuritiladi) berilgan. Xon jiğasiga ega bölgan qabila aʼzolari “XONJIĞALILAR”, yaʼni “xonning jiğasini olgan”lar deb yuritilgan va bu atama hozirgi Xonjiğali ovulining tarixiy atamasi sifatida işlatib kelinmoqda.
Hozirda ham Xonjiğalilar tortişuv-janjalga çanqoq, tortişib-kuraşişni yaxşi köruvçilar ovuli sifatida talqin qilinişi uşbu tarixiy asoslar bilan izohlanadi. Çunki bilagiga kuçi siğmay, kuraşga çanqoq bölgan sulola avlodlarida uşbu xususiyatning saqlanib qolişiga ajablanmasak ham böladi.
Bugungi kunga kelib Xonjiğali oğzibirçilikli va mehnatkaş xalq istiqomat qiluvçi tumanimizning obod göşalaridan biri sanaladi. Ovulda yaşovçi 180 dan ortiq (!) xonadon “Open budget” ning ketma-ket 5 ta tanlovida ğolib bölib, öziga xos taşabbuskorlik namunasini körsatgani natijasida içki yöllar asfalt qilinib, ovuldagi 67-maktab stadioniga usti yopiq zamonaviy sport maydonçasi qurilgan. Xonjiğaliliklar özlarining fidoyi mehnatlari natijasida obod manzilda farovon turmuş keçirmoqdalar.
Aşirbay Qöşayev, tuman hokimining maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶