Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish
2012 yilning 27 mart kuni Amudaryo tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli umumta'lim maktablarning xorijiy tili o‘quvchilari bilan "Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ularda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilishda interfaol metodlarni qo‘llash” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Progress” o‘quv markazi ingliz tili o‘qituvchisi Gyulsanam Qurbanova, Nukus shahar 41-sonli maktab ingliz tili o‘qituvchisi Zayfuna Bagdiyerova va Nukus tumani 22 maktab ingliz tili o‘qituvchisi Maryam Ismoilova hamda tuman XTMFMTTEB metodisti Yulduz Ruzmetova va tuman umumta'lim maktablari xorijiy tili o‘qituvchilari qatnashdilar.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Progress” o‘quv markazi ingliz tili o‘qituvchisi Gulsanam Qurbanova so‘zga chiqib, mavjud umumta'lim maktablari xorijiy tili o‘qituvchilariga o‘quv seminari maqsad va vazifalari yuzasidan gapirib o‘tdi.
O‘quv-seminarida dasturiga kiritilgan "O‘qitishning usullari” mavzusida nazarish ma'lumotlar berib o‘tdi va amaliy mashg‘ulotlar yordamida ishtirokchilar bilan birgalikda interfol metodlar orqali ko‘nikmalar shakillantirdi. Shu bilan birga o‘quv filmlar namoyish qilish orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish metodlarini ko‘rsatib berdi.
O‘quv-seminarida dasturiga kiritilgan "yangi so‘zlarni o‘rgatish metodlari” mavzusi Nukus shahar 41-sonli maktab ingliz tili o‘qituvchisi Zayfuna Bagdiyerova tomonidan amaliy mashiklar yordamida taqdim qilindi. Bunda aynan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga va ularning xususiyatlariga mos bo‘lgan mashg‘ulotlar namoish qilindi. Bu mashg‘ulotlar o‘qituvchilarga dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil qilishda katta amaliy yordam berishini ta'kidlab o‘tdi.
O‘quv-seminarida dasturiga kiritilgan "Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi” mavzusida Nukus tumani 22 maktab ingliz tili o‘qituvchisi Maryam Ismoilova boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi har qanday ta'lim singari va ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish va kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni tezda bartaraf qilish, uning sabablarini maktab o‘qituvchilari va metodistlar bilan hamkorlikda ishlar olib borish zarurligi, ularda ta'lim samaradorligini oshirishga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

O‘quv seminari yakunida tuman XTMFMTTEB metodisti Yulduz Ruzmetova o‘quvchilarning ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo‘lgan har bir pedagog xodimlar, sinf rahbarlari, o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadlarida turli xil qiziqarli mashg‘ug‘ulotlar ishlanmalarini tayyorlash va tegishli tartibda metodbirlashma va tuman fan uyushma yig‘ilishlariga tavsiya qilishni gapirib o‘tdi.
O‘tkazilgan o‘quv-seminari ishtirokchilar tomonidan qiziqarli qarshi olindi. Bu o‘quv-seminari dasturi yanada boyitish bo‘yicha o‘zining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shu bilan birga seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan boshqada savollarga atroflicha va to‘laqonli tarzda javob berib o‘tdi. Seminar uning ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶