Dubayda 160 metrli “oy minorasi” quriladi
Dubayda Zaabil bog‘ining ramziy binosi loyihasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Unda Amerikaning Transparent House kompaniyasi g‘olib chiqdi. Crescent Moon Tower deb nomlangan ushbu bino yarim oy ko‘rinishida qurilib, balandligi 160 metrni tashkil etishi kutilmoqda. Bu haqda Novate.ru xabar beradi.
Tanlov sharti bo‘yicha loyiha Dubayning zamonaviy qiyofasini ifodalashi, sayyohlik, madaniyat va fan sohalari rivojiga xizmat qilishi lozim.
Transparent House me’morlarining aytishicha, musulmon olamida ramziy hisoblangan shaklga ega mazkur bino zamonaviy qurilish texnologiyalari va usullarini mujassam etgan o‘ziga xos "oy minorasi” bo‘ladi.
Shuningdek, loyiha bo‘yicha, binoda bolalar kutubxonasi, anjumanlar zali, restoran, ochiq tomosha maydonlari ham quriladi.



▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶