Amudaryo tumani mahalliy budjetining 2024-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qarori
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslanib Amudaryo tumanining 2024-yil uchun mahalliy budjetini qabul qilish bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Amudaryo tumani mahalliy budjetining daromadlari 73 399,0 mln. so‘m, xarajatlari 224 966,343 mln. so‘m miqdorda, respublika budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan transfertlar 151 567,343 mln. so‘m miqdorida tasdiqlanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2024-yilgi prognoz ko‘rsatkichlari, budjet mablag‘lari xarajatlari ko‘rsatkichlari 1-7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin (Ilovalar amunews.uz veb-saytida berilgan).
3. Tuman hokimligi (K.Aytbayev), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (J.Raximov) va tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (J.Jumamuratov) tuman mahalliy budjetining daromadlar qismining soliq turlari bo‘yicha belgilangan rejalarining oshirib bajarilishini ta’minlasinlar.
4. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (J.Jumamuratov)ga:
- 2024-yilda mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirish natijasida shakllanadigan manbalar hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha zarur tuzatishlar kiritib borish;
- budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash asoslari mavjudligini muntazam tahlil qilib borish, ajratilgan budjet mablag‘larining natijadorligiga erishilmayotgan budjet muassasalarini qisqatirish yuzasidan tuman hokimligiga takliflar kiritib borish;
- tuman g‘aznachilik bo‘linmasi (O.Jumanov) bilan birgalikda budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularning asossiz sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
- Xalq deputatlari tuman Kengashiga mahalliy budjetning ijrosi to‘g‘risida har chorakda hisobot berib borish topshirilsin.
5. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (K.Aytbayev) tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasin.
Hududlarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ko'rsin, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
6. Tuman hokimligining Axborot xizmati (S.Ismailova) qarorning rasmiy e’lon qilinishi va hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini, “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasi tahririyati (G‘.Eshniyazov) ushbu qaror matnining “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasida chop qilinishini ta’minlasin.
7. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish хalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi o'rinbosari G'.YESHNIYOZOV







▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶