Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video)
2-noyabr kuni Uyshin madaniyat markazida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 1-sektor rahbari Qahrmon Sariyev, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tumandagi sektorlar rahbarlari, muassasa, korxona va tashkilotlar masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va farovonligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrilmoqda. Oʻtkazilayotgan sayyor qabullar esa aholining davlat siyosatiga boʻlgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Uyshin ovulida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham fuqarolarning arzi tinglandi, oʻz yechimini kutayotgan masalalarni hal qilishga amaliy koʻmak berildi. Ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar masʼul tashkilotlar mutasaddilari koʻmagida yechimini topdi.
Murojaatlarning aksariyati ovul hududidagi taʼlim maskanlarini taʼmirlash, transport infratuzilmasini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, mahalliy va ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish darajasini oshirish kabi masalalarda boʻldi.
Qangli ovuli hududidagi 44-sonli maktab binosini taʼmirlash, 75-sonli umumtaʼlim maktabiga sport zali qurish, 47-sonli maktabga qoʻshimcha bino qurish, 39-sonli maktab binosini taʼmirlash va maktabga sport zali qurish, mahalla fuqarolar yigʻiniga yangi bino qurish, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hududdagi yoʻllarni taʼmirlash va tuman markaziga avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish kabi murojaatlar mutasaddilar tomonidan tinglanib, ularni ijobiy hal qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶