28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Jamiyat 👁 415

Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda

Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda

Mustaqillik — bu shunchaki sana yoki bayram emas. U, avvalo, xalqning oʻz taqdirini oʻzi belgilashi, ertangi kuniga ishonch bilan qarashi, inson qadr-qimmati yuksak qadriyat sifatida eʼtirof etilishi demakdir. Shu bois istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Bugun mamlakatimiz hayotida ulugʻ ayyom — Mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanar ekan, bu qutlugʻ sana Amudaryo tumanida ham ezgu tashabbuslar, bunyodkorlik ishlari va xalq manfaatiga xizmat qilayotgan amaliy loyihalar bilan qarshi olinmoqda.

Ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar oʻzining insonparvarlik mohiyati bilan alohida eʼtiborga loyiq.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tashabbusi bilan Amudaryo tumanidagi 49 ta mahallaning har birida “Mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan bittadan ehtiyojmand, kambagʻal oila xonadoni tanlab olinib, ularda qurilish-taʼmirlash ishlari tashkil etildi.

Bu — oddiy qurilish yoki taʼmirlash ishlari emas. Bu tashabbus zamirida inson taqdiriga befarq boʻlmaslik, oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlashdek ezgu maqsad mujassam.

Mazkur xayrli ishlarni amalga oshirishda tuman hokimligi, Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, mahalla faollari, fermerlar, tadbirkorlar hamda saxovatpesha homiylar faol ishtirok etmoqda.

Bir maqsad — inson qadrini ulugʻlash, bir ezgu niyat — oilalarga munosib sharoit yaratish atrofidagi hamjihatlikning oʻzi ham yurtimizda kechayotgan bunyodkorlik jarayonlarining yorqin ifodasidir.

Daryo boʻyi mahallasida istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Nargiza Abdiyeva xonadoni ham ana shunday ezgu tashabbus doirasida taʼmirlandi.

Xonadonda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, oila uchun zarur va qulay sharoitlar yaratildi. Uyning taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilishi esa xonadon egalari uchun Mustaqillik bayrami arafasidagi unutilmas sovgʻaga aylandi.

Xonadonni foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, boʻlim va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari, nuroniylar hamda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar, avvalo, inson manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan izchil siyosatning amaliy ifodasi ekanini taʼkidladi.

Shundan soʻng tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri — ramziy tasmani qirqish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi taʼmirdan chiqqan xonadonning kaliti oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi. Bu onlarda xonadon sohiblarining yuzidagi quvonch, koʻzlaridagi mamnunlik barcha ishtirokchilarga ham koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Tadbir ishtirokchilari xonadonga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Dasturxon atrofida jam boʻlgan nuroniylar, mahalla faollari va mehmonlar xonadon sohiblariga ezgu tilaklarini bildirdilar. Yoshi ulugʻlar yangi xonadon egalariga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, farzandlar kamolini koʻrishdek baxt nasib qilishini tiladilar.

Ayni kunlarda Amudaryo tumanining barcha 49 ta mahallasida tanlab olingan ehtiyojmand oilalar xonadonlarida qurilish-taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda. Har bir mahallada amalga oshirilayotgan ushbu ishlar ortida bir oila, bir xonadon, bir inson taqdiri turibdi. Shu jihatdan qaraganda, 49 ta mahallada boshlangan bunyodkorlik — 49 ta oilaning hayotiga kirib kelayotgan yangilanish, quvonch va umid demakdir.

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari xalqimizga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan siyosatning amaliy ifodasidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026