Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi
Aholini kuz-qiş mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaş, mavjud gaz infratuzilmasining texnik holatini nazorat qiliş hamda mavsum davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş maqsadida Amudaryo tumanida örganiş işlari olib borildi.
Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri Baxtiyar Torebekov tumanda bölib, «Hududgaz Qoraqalpoğiston» gaz taʼminoti filiali «Amudaryotumangaz» gaz taʼminoti bölimi tomonidan kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.
Örganiş jarayonida gaz taʼminoti tizimining joriy holati, isteʼmolçilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş körsatkiçlari, mavjud gaz tarmoqlarining texnik holati hamda mavsumga tayyorgarlik böyiça belgilangan çora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda «Amudaryotumangaz» gaz taʼminoti bölimi tomonidan jami 42 033 nafar isteʼmolçiga xizmat körsatilmoqda. Şundan 15 856 ta xonadon va 284 ta ulgurji isteʼmolçi tabiiy gaz bilan taʼminlangan. Şuningdek, 25 893 ta aholi xonadoniga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Tumanda foydalanişda bölgan gaz tarmoqlarining umumiy uzunligi salkam 500 kilometrni taşkil etadi. Jumladan, 35,1 kilometr yuqori bosimli, 152,9 kilometr örta bosimli va 311,6 kilometr past bosimli gaz quvurlari mavjud. Şundan 27,9 kilometri yer ostidan, 471,7 kilometri esa yer ustidan ötkazilgan.
Şuningdek, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş borasida ham belgilangan reja asosida işlar taşkil etilgan. Joriy yilning yanvar–oktyabr oylariga möljallangan 3 631 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş rejasiga muvofiq, bugungi kunga qadar 3 144 tonna gaz isteʼmolçilarga yetkazib berilgan.
Örganiş davomida mavjud gaz tarmoqlarining soz holatda saqlanişi, ularning texnik xavfsizligini taʼminlaş, gaz taʼminotida uzilişlarning oldini oliş, isteʼmolçilarning murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş hamda yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarga tezkor munosabat bildiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şu bilan birga, kuz-qiş mavsumida gaz taʼminoti bilan boğliq xavfsizlik talablariga rioya etilişi, gaz uskunalaridan foydalaniş qoidalarining aholi örtasida keng tarğib qilinişi hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oşiriş muhimligi taʼkidlandi.
Örganiş yakunida masʼul taşkilotlar tomonidan mavsum davomida gaz taʼminoti barqarorligini taʼminlaş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş va aholi manfaatlarini taʼminlaş borasidagi işlarni izçil davom ettiriş zarurligi qayd etildi.
Belgilangan çora-tadbirlarning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi kuz-qiş mavsumini barqaror ötkaziş, aholining tabiiy hamda suyultirilgan gazga bölgan ehtiyojini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶