Çekka hududlar aholisi ham toza içimlik suvi bilan taʼminlanmoqda
Insonning kundalik hayotida heç narsa toza içimlik suvining örnini bosa olmaydi. Şu bois aholini sifatli içimlik suvi bilan taʼminlaş, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qiliş va xizmatlar sifatini oşiriş mamlakatimizda davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan bölib, bu borada xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablağlari, şuningdek davlat investitsiya dasturlari asosida keng kölamli loyihalar amalga oşirilmoqda.
Ayniqsa, markazlaşgan içimlik suvi taʼminoti bilan qamrab olinmagan mahallalarda yangi tarmoqlar qurişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Öz navbatida mutasaddi taşkilotlar tomonidan suv tarmoqlari yangidan tortilgan hududlarda şartnomaviy munosabatlarni tartibga soliş, aholini rasmiy xizmatlar bilan qamrab oliş hamda tölov intizomini mustahkamlaş yuzasidan örganiş işlari olib borildi.
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan yil boşidan buyon 49 ta mahallada xonadonma-xonadon örganişlar amalga oşirilib, fuqarolarga içimlik suvidan oqilona foydalaniş, xizmatlardan qonuniy asosda foydalanişning ahamiyati, şartnoma tuziş tartibi hamda mavjud imtiyoz va qulayliklar haqida keng tuşuntiriş işlari olib borildi. Natijada 91 ta isteʼmolçi bilan içimlik suvi taʼminoti böyiça rasmiy şartnomalar tuzildi. Bu esa xizmatlarning şaffof va tizimli yölga qöyilişiga, kommunal xizmatlar sifatini yanada oşirişga zamin yaratadi.
Eʼtiborlisi, amalga oşirilgan işlar natijasida 395 nafar aholi markazlaşgan içimlik suvi taʼminoti xizmati bilan qamrab olindi. Bu orqali fuqarolarning turmuş şaroiti yaxşilanib, sanitariya-gigiyena holatini taʼminlaş, aholi salomatligini muhofaza qiliş va ekologik barqarorlik borasida muhim qadam taşlandi.
Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-aprel kungi “Osiyo taraqqiyot banki iştirokida “Özbekistonning ğarbiy qismida içimlik suv taʼminoti tizimlarini rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq Nukus tumani Baqanşaqli ovul fuqarolar yiğini hududidagi Abadan aholi punktini içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida “Abadan” suv taqsimlaş inşooti yangidan qurildi hamda 6,5 kilometr içimlik suvi tarmoqlari tortildi. Uşbu işlar natijasida ovul hududida istiqomat qiluvçi 150 ga yaqin xonadonning içimlik suvi taʼminoti sezilarli darajada yaxşilandi.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, içimlik suvi infratuzilmasini rivojlantiriş nafaqat aholini toza suv bilan taʼminlaydi, balki hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga ham ijobiy taʼsir körsatadi. Zero, suv — hayot manbai bölib, inson salomatligi va farovon turmuşining eng muhim omillaridan biri sanaladi. Kelgusida ham bu kabi amaliy işlar izçil davom ettirilib, yangi loyihalar asosida yanada köproq aholi punktlarini markazlaşgan içimlik suvi tarmoqlariga ulaş rejalaştirilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶