Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi
Internet foydalanuvçilari soni ortib borayotgan hozirgi şaroitda raqamli muhitda xavfsizlikni taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Kiberjinoyatçilikning oldini oliş, öquvçi-yoşlarning raqamli savodxonligini oşiriş böyiça izçil çoralar körilayotgan bölib, bu vazifa taʼlim tizimi zimmasiga ham masʼuliyat yuklaydi.
2026-yil 24-sentyabr kuni Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş va taʼlim taşkilotlarini raqamlaştiriş şöʼbasi boş metodisti Jahongir Ibrohimov hamda metodist Ğayrat Muratov tomonidan tumandagi barça umumtaʼlim maktablarining informatika fani öqituvçilari iştirokida amaliy öquv seminari taşkil etildi. Seminarda 90 nafarga yaqin pedagog iştirok etdi.
Seminar davomida taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniş kölami kengayib borayotgani, şu bilan birga kibertahdidlardan himoyalaniş va şaxsiy maʼlumotlarni asraş könikmalarini oşiriş dolzarb vazifa ekani taʼkidlandi. Öquvçilar bilan «Mening raqamli huquqlarim» mavzusida tarğibot işlarini yölga qöyiş, ularga internetdagi muloqot madaniyati haqida tuşunça beriş lozimligi qayd etildi.
Aytiş joizki, «Kibarxavfsizlik» oyligi doirasida maktablarda «Raqamli gigiyena» soatlarini muntazam ötkaziş, kuçli parollardan foydalaniş, şubhali havolalar va nomaʼlum fayllarni oçmaslik, internetdagi firibgarlikdan ehtiyot böliş böyiça tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş tavsiya etildi.
Tadbirda kiberjinoyatçilikning «dropperlik» körinişi alohida körib çiqilib, bu öz bank plastik kartasini yoki undan foydalaniş imkonini beruvçi maʼlumotlarni firibgarlarga berib turiş bilan boğliq xavfli holat ekani tuşuntirildi. Bank ilovasiga kiriş maʼlumotlari, tasdiqlaş kodlari va PIN-kod oşkor etilmasligi uqtirildi.
Xususan, «kartangizni ijaraga beramiz», «kartangiz orqali pul ötkazib beriş uçun haq tölaymiz», «oson daromad toping» kabi takliflarga işonmaslik va bunday holatlar haqida tegişli tartibda xabar beriş, begona şaxslarning noqonuniy moliyaviy operatsiyalariga yöl qöyiş qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab bölişi körsatib ötildi.
Seminarda öquvçilarni zamonaviy raqamli kasblarga yönaltiriş masalalari ham muhokama qilinib, aileaders.uz platformasi orqali «Beş million sunʼiy intellekt yetakçilari» loyihasiga jalb etiş imkoniyatlari tuşuntirildi. Informatika öqituvçilariga loyihaga qiziqişi yuqori öquvçilarni qamrab oliş tavsiya qilindi.
Öqituvçilar uçun taşkil etilgan bunday maşğulotlar olingan bilimning bevosita sinf xonasiga yetib borişini taʼminlaydi. Raqamli muhitda özini himoya qilişni bilgan öquvçi esa ertangi raqamli iqtisodiyotning işonçli iştirokçisiga aylanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶