49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi
Insonning tabiatga bölgan munosabati katta yoşda emas, balki bolalikda, kundalik hayotdagi oddiy odatlar orqali şakllanişi pedagogika fanida allaqaçon isbotlangan haqiqatdir. Çiroqni öz vaqtida öçiriş, jömrakni mahkam burab qöyiş yoki axlatni belgilangan joyga taşlaş kabi könikmalar maktabgaça yoşda singdirilsa, ular umrbod saqlanib qoladi. Şu bois ekologik tarbiya bugun maktabgaça taʼlim tizimining muhim yönalişlaridan biriga aylanmoqda.
Mamlakatimizda «Eko-madaniyat» umummilliy loyihasi doirasida bu sohaga eʼtibor yanada kuçaydi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va tarğibotni jadallaştirişga oid kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ekologik taʼlimni barça bosqiçlarda tizimli yölga qöyiş uçun mustahkam huquqiy asos yaratdi.
Mazkur qarorda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanuvçilar uçun «Jajji ekologlar» loyihasini taşkil etiş belgilangan. Qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining qöşma qarori qabul qilinib, loyiha şu asosda amalga oşirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi maktabgaça yoşdagi bolalarda ekologik bilim va könikmalarni rivojlantiriş, ularda tabiatga mehr-muhabbat, ekologik madaniyat hamda atrof-muhitga masʼuliyatli munosabatni şakllantirişdan iborat. Bu vazifalarni hal etişda tarbiyaçilarning metodik tayyorgarligi va ilğor tajribalarni almaşiş alohida ahamiyatga ega ekanini inobatga olgan holda, joylarda körgazmali tadbirlar ötkazilmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanidagi 49-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida «Jajji ekologlar — tabiatni asraymiz!» şiori ostida bölib ötdi. Unda «Kiçik qadamlar — katta özgarişlar: bolalarda ekologik madaniyatni şakllantiriş» mavzusidagi vorkşop ötkazilib, ekologik tarbiyaning amaliy usullari iştirokçilar eʼtiboriga havola etildi.
Tadbirda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining masʼul xodimlari, şahar zonasidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlarining direktor örinbosarlari hamda har bir maktabgaça taʼlim taşkilotidan bittadan tarbiyaçi qatnaşdi. Şuningdek, 49-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotning pedagog xodimlari va tarbiyalanuvçilari ham iştirok etdi.
Vorkşop davomida ekologik tarbiyani taşkil etişning uçta metodikasi körsatib berildi. Ularning har biri bolalarda tabiatga mehr, tejamkorlik, masʼuliyat va ekologik madaniyatni rivojlantirişga xizmat qiladi. Metodikalar quruq nazariya şaklida emas, balki tarbiyalanuvçilar iştirokidagi amaliy maşğulotlar orqali namoyiş etilgani tadbirning öziga xos jihati böldi.
Dastlab «Tabiatni asraymiz» metodikasi bilan tanişildi. Bu usul orqali bolajonlar tabiat himoyaçilariga aylanib, turli ekologik vaziyatlarni örganadi, muammolarga yeçim izlaydi va tabiatni asraşning ahamiyatini anglaydi. Amaliy maşğulotni boğça tarbiyaçisi «Eko-qahramonlar sarguzaşti» mavzusida taşkil etdi.
Maşğulot jarayonida tarbiyalanuvçilar suvni tejaş, daraxtlarni asraş, çiqindilarni töğri joylaştiriş va hayvonlarga ğamxörlik qilişga oid topşiriqlarni bajardi. Öyin şaklida berilgan vazifalar bolalarning qiziqişini orttirib, ekologik tuşunçalarni ongiga oson va tabiiy tarzda singdirişga imkon beradi.
Navbatdagi metodika — «Storitelling», yaʼni hikoya qiliş usuli bölib, u bolalarning tasavvuri, nutqi va ijodiy fikrlaşini rivojlantiriş bilan birga ekologik bilimlarini mustahkamlaşga yordam beradi.
Maşğulot uçun turli rasmlar tuşirilgan kubiklardan foydalanildi. Öyin tartibiga köra, bola kubikni taşlab, hikoyani «Bir kuni...» deb boşlaydi, keyingi iştirokçi esa unga yangi tafsilot qöşadi. Şu tariqa bolalar hikoyani tinglab, savollarga javob berdi, voqealarni davom ettirdi va tabiatni asraş haqidagi öz fikrlarini bildirdi.
Uçinçi metodika «Mening tabiatdagi izim» deb nomlanadi. Slaydlar va körgazmali vositalar yordamida bolalarga «yaxşi iz» va «yomon iz» aks etgan rasmlar körsatilib, qaysi harakatlar tabiatga foyda, qaysilari esa zarar keltirişi muhokama qilindi.
Tarbiyalanuvçilar rasmlarni mos guruhlarga ajratib, ularni rang bilan belgilaş topşiriqlarini bajardi. Suhbat davomida suvni tejaş, çiqindini töğri taşlaş va ösimliklarni asraş kabi odatlar haqida söz yuritildi. Bu metodika bolaga özining har bir harakati atrof-muhitda iz qoldirişini anglaşga yordam berişi bilan ahamiyatlidir.
Tadbirning badiiy qismida 49-sonli maktabgaça taʼlim taşkilot xodimlari tomonidan tayyorlangan «Tabiatni asraymiz!» nomli sahna körinişi namoyiş etildi. Şundan söng bolajonlar özlari tayyorlagan raqslarni ijro etdi, quvnoq kuy-qöşiqlar esa mehmonlarning kayfiyatini kötarib, tadbirga alohida fayz bağişladi.
Şahar zonasidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari vakillarining bir joyga jamlanişi uşbu vorkşopni tajriba almaşişning amaliy maydoniga aylantirdi. Oddiy vositalarga tayangan bu metodikalarni boşqa muassasalarda ham qöllaş mumkin. Zero, ekologik madaniyat şiorlar bilan emas, har kuni takrorlanadigan kiçik amaliy harakatlar orqali qaror topadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶