Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi
Huquqni muhofaza qiliş idoralarini aholiga yaqinlaştiriş, murojaatlarni xizmat xonalarida emas, balki odamlar yaşayotgan hududda örganiş tartibi sönggi yillarda boşqaruv uslubidagi sezilarli özgarişlardan biri bölib, bu yondaşuv harbiy prokuratura organlari faoliyatida ham izçil tatbiq etilayotgani eʼtiborga sazovor.
Ayniqsa harbiy xizmatçilar, zahiraga böşatilgan harbiylar, harbiy pensionerlar va çaqiriliş yoşidagi yigitlar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning ijtimoiy himoyasi, bandligi va huquqiy savodxonligi bilan boğliq savollariga joyida aniq javob topiş bugungi kunda doimiy eʼtibor talab qiladigan yönalişlardan sanaladi.
Şu maqsadda Amudaryo tumani Madaniyat markazida Nukus harbiy prokurori boşçiligida ommaviy sayyor qabul hamda böş iş örinlari mehnat yarmarkasi ötkazildi. Tadbir harbiy sohaga doir murojaatlarni ham, iş bilan taʼminlaş masalalarini ham körib çiqildi.
Qabulda Nukus harbiy prokurori, Nukus harbiy sudi raisi, Amudaryo tumani mudofaa işlari bölimi boşliği hamda Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği iştirok etdi. Tadbirda taşkilot va muassasa rahbarlari, şuningdek, harbiy pensionerlar hamda yoşlar qatnaşdi.
Mutasaddi rahbarlar har bir murojaatçining muammosini atrofliça körib çiqib, qonun hujjatlari doirasida yeçim izladilar. Ayrim masalalar bevosita qabul jarayonida hal etildi, hal etilişi qöşimça örganişni talab qilgan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Mehnat yarmarkasi esa bandlik masalasini kun tartibiga olib çiqdi. Qatnaşgan harbiy pensionerlar va yoşlar mavjud imkoniyatlar bilan tanişiş, özlariga mos yönalişni tanlaş imkoniyatiga ega böldilar.
Şu örinda aytiş kerakki, sayyor qabulning harbiy sud va mudofaa işlari bölimi rahbarlari iştirokida ötkazilişi murojaatlarga har tomonlama — huquqiy, sudlov va harbiy hisobga oliş nuqtai nazaridan baho berişga imkon yaratdi. Bundan taşqari, Favqulodda vaziyatlar bölimi masʼullarining qatnaşişi xavfsizlik qoidalari yuzasidan tuğiladigan savollarga ham javob olişga yöl oçdi.
Qayd etiş joizki, murojaatni joyida qabul qiliş tartibi fuqaroni uzoq yölga, navbatga va takroriy yozişmalarga majbur qilmaydi. Bu esa masalani hal etiş muddatini qisqartiradi va idora bilan aholi örtasidagi işonçni kuçaytiradi. Huquqiy yordam bilan bir vaqtda iş örni taklif etilişi esa tadbirning amaliy qiymatini oşiradi.
Nazoratga olingan murojaatlar böyiça berilgan javoblar qoğozda qolmasa, bunday qabullar fuqaro uçun şunçaki uçraşuv emas, balki muammosi haqiqatan hal böladigan manzilga aylanadi — ayni şu natija tadbirning asl bahosi hisoblanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶