Amudaryo nuroniylari yoşlar tarbiyasi böyiça aniq vazifalarni belgilab oldi
Keksa avlodning hayotiy tajribasi va maʼnaviy obrösi mahalla barqarorligining muhim tayançi bölib, sönggi yillarda mamlakatimizda nuroniylarning ijtimoiy faolligini oşiriş davlat siyosatining alohida yönalişiga aylandi. Zero, yoşi uluğ insonlarning nasihati oilada ham, mahallada ham qonundan kam taʼsir qilmaydi, degan qaraş xalqimiz anʼanalarida çuqur ildiz otgan.
Bugun nuroniylar yoşlar tarbiyasida, oilalarni mustahkamlaşda va mahalladagi muammolarni hal etişda maslahatçi vazifasini bajarmoqda. Ayniqsa, mahalla instituti yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi şaroitda keksalarning sözi hamda hayotiy yöli yoşlar uçun töğri yönaliş beradi.
Bu boradagi amaliy işlarning davomi sifatida joriy yilning 22-sentyabr kuni Özbekiston mahallalari uyuşmasi Amudaryo tuman bölimi binosida mahallalardagi faol nuroniy buvijonlar hamda «Keksalar maslahati» guruhlari raislari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvni «Nuroniy» jamğarmasi Amudaryo tuman bölimi raisi Bekman Allaberganov kiriş sözi bilan oçib berdi. Unda «Nuroniy» jamğarmasi Respublika boşqaruvi bölim boşliği Majid Umarov hamda Xorazm viloyati «Nuroniy» jamğarmasi raisi örinbosari Erkin Atajanov iştirok etdilar.
Muloqotda Prezidentimizning Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomida bergan topşiriqlari ijrosini taʼminlaş, xususan, nuroniylarning jamiyatdagi örni va faolligini oşiriş masalalari atrofliça körib çiqildi. Birinçi navbatda har bir maktab va boğçaga tajribali nuroniylarni biriktiriş, ular orqali öquvçi-yoşlarga odob-axloq, bilim va hayotiy nasihatlar beriş tizimini yölga qöyiş vazifasi belgilandi.
Şu bilan birga, yoş avlodda vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyğusini şakllantiriş maqsadida tuman böylab «Uç avlod uçraşuvlari»ni yanada köproq ötkaziş zarurligi qayd etildi. Mahalla va xonadonlarda ozodalikni taʼminlaş hamda «Yaşil makon» umummilliy loyihasida keksa avlodning ibratli rolini körsatiş ham ustuvor vazifalar sirasiga kiritildi.
Bundan taşqari, «Keksalar maslahati» guruhlari faoliyatini takomillaştiriş, har bir mahallada mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş va guruh aʼzolarining masʼuliyatini oşiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Kambağallikni qisqartiriş yönalişida ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam körsatiş, tomorqadan unumli foydalaniş borasida nuroniylarning boy hayotiy tajribasini ommalaştiriş lozimligi taʼkidlandi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslar atrofliça tinglanib, belgilangan vazifalarni mahallalar va muassasalar kesimida tizimli amalga oşiriş böyiça tegişli çora-tadbirlar işlab çiqildi.
Bunday muloqotlar nuroniylarning bilimi va tajribasini mahalla hayotining amaliy masalalariga yönaltiriş imkonini beradi. Maktab va boğçalarga biriktirilgan keksalarning yoşlar bilan muntazam suhbati, «Uç avlod uçraşuvlari» va manzilli yordam pirovardida oilalar mustahkamligi va mahallalarda soğlom maʼnaviy muhitning qaror topişiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶