08.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
08.09.2026, 20:58
Jamiyat 👁 38

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot

2026-yil 8-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligida Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 24-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyani Kengash raisi Alisher Yoʻldoshev ochib berdi va olib bordi. Majlis Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat madhiyalari sadolari ostida boshlandi.

Sessiyada dastlab Amudaryo tumani boʻyicha “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumida gʻolib boʻlgan loyihalarni “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” hisobidan moliyalashtirish hamda ushbu maqsad uchun Amudaryo tumani mahalliy byudjeti mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilindi. Mazkur masalalar yuzasidan Amudaryo tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Jahongir Yoʻldoshev hisobot berdi.

Taʼkidlanganidek, joriy yilning “Tashabbusli byudjet” jarayoni ikkinchi mavsumini moliyalashtirish uchun jami 16 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ shakllantirilgan. Deputatlar 4 149 ta ovoz toʻplagan Jumurtov shaharchasi hududidan oʻtuvchi yoʻlning 6 kilometr oraligʻidan Oʻzbekiston mahallasi va Qizilcholi mahallasiga olib boradigan Damba yoʻlini asfalt qilish loyihasini muhokama qilishdi. Qiymati 1 milliard 647 million soʻm boʻlgan mazkur loyihani qoʻshimcha gʻolib deb topish uchun 236 million soʻm mablagʻ yetishmayotgani qayd etildi. Sessiyada 2026-yil ikkinchi chorak tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi mablagʻlari hisobidan 236 million soʻmni tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga oʻtkazish hamda ushbu tashabbusini gʻoliblar qatoriga qoʻshish taklifi bildirildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi — “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi” daromadlari va xarajatlari ijrosi hamda mahalla institutini rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlarning ijrosi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Amudaryo tuman boʻlimi rahbari Alisher Yoʻldoshev hisobot berdi.

Hisobotda qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida mahalla hududlaridagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, yoritish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik hamda oqova suv tizimlarini taʼmirlash va tiklash, shuningdek, ehtiyojmand oilalarni moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilgan.

Uyushma tomonidan fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 15 ta kompyuter texnikasi, 13 ta printer va 20 ta mebel jamlanmasi berilgan. Shuningdek, 8 ta mahalla binosida taʼmirlash ishlari olib borilgan. Ushbu tadbirlar uchun 319 million soʻm mablagʻ sarflangan.

Bundan tashqari, 8 nafar kam taʼminlangan oila xonadoniga quyosh panellari olish uchun 176 million soʻm miqdorida moddiy yordam koʻrsatilgan. 19 nafar kam taʼminlangan fuqaroning uy-joyi taʼmirlanib, ushbu ishlar uchun 125 million soʻm mablagʻ sarflangan.

Sessiya kun tartibida shuningdek, “Amudaryo tumanida maktabgacha taʼlimni takomillashtirish va rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisida”gi masala muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan Amudaryo tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov hisobot berdi.

Hisobotda qamrov darajasi past, kambagʻallik darajasi yuqori hududlarda 2026-yil davomida 18 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini yangidan ochish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgani taʼkidlandi. Yil boshidan buyon esa rejalashtirilganidan ortiq — 22 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgani qayd qilindi.

2026-2027 oʻquv yilida Beshtom mahallasi hududida 150-oʻrinli, Oq oltin ovuli hududida esa 90-oʻrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi binolarini qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Sessiya kun tartibidan, shuningdek, deputatlarning oʻz faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishining reja-jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala ham oʻrin oldi. Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrazboyev axborot berdi.

Sessiyada kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi. Deputatlarning fikr va mulohazalari tinglanib, berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan tegishli javoblar qaytarildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026