AMUDARYo TUMANIDA “OSOYIŞTA SARHAD — BARÇAMIZNIKI” ŞIORI OSTIDA TARĞIBOT-TAŞVIQOT TADBIRI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumani Madaniyat bölimida Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari tomonidan “Osoyişta sarhad — barçamizniki” şiori ostida tarğibot-taşviqot tadbiri taşkil etildi. Unda DXX Çegara qöşinlari masʼullari, tuman hokimi örinbosari Jasur Yaxşimov, Özbekiston mahallalari uyuşmasi tuman bölimi boşliği Alişer Yöldaşev, tegişli taşkilot va idoralar vakillari, mahalla faollari hamda yoşlar iştirok etdi. Tadbirda mamlakatimiz davlat çegaralarining daxlsizligini taʼminlaş, sarhadlarimizni işonçli himoya qiliş, yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini asraş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berildi. Şuningdek, davlat çegarasi xavfsizligini taʼminlaşda vakolatli organlar va jamoatçilik hamkorligining ahamiyati taʼkidlandi. Tadbir davomida “Davlat çegarasi töğrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, asosiy qoidalari, davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qiliş sohasidagi vakolatlar hamda fuqarolarning iştiroki masalalari yoritildi. Jumladan, Qonunning 9-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining, 28-moddasida fuqarolarning, 30-moddasida esa Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlarining davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qiliş sohasidagi vakolat hamda majburiyatlari belgilanganiga eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, çegara xavfsizligini taʼminlaşda huşyorlik, qonunlarga rioya qiliş va fuqarolik masʼuliyati muhim örin tutadi. Ayniqsa, çegaraoldi hududlarida yaşovçi aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, şubhali holatlarga befarq bölmaslik va vakolatli organlar bilan hamkorlik qiliş dolzarb ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Qayd etilişiça, mamlakatimizdagi qariyb 9 mingta mahallaning 552 tasi çegaraoldi hududlarida joylaşgan. Uşbu mahallalarda istiqomat qiluvçi aholining davlat çegarasi töğrisidagi qonunçilikdan xabardorligini oşiriş, mahalla faollari va tegişli taşkilotlar hamkorligini kuçaytiriş muhim vazifalardan hisoblanadi. Tadbirda tumandagi mahallalarda aholi turmuş şaroitini yaxşilaş, infratuzilmani rivojlantiriş va zamonaviy şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ham söz yuritildi. Xususan, “Obod mahalla” dasturi doirasida 2026-yilda tumanda 88 kilometr içki yölga asfalt qoplamasi yotqizilgani, 31 kilometr masofada toza içimlik suvi tarmoqlari tortilgani, şuningdek, zamonaviy şaroitlarga ega uçta umumtaʼlim maktabida quriliş-rekonstruktsiya işlari amalga oşirilgani qayd etildi. Mazkur işlar mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholiga qulay şaroitlar yaratiş va yoşlarning sifatli taʼlim olişi uçun imkoniyatlarni kengaytirişga xizmat qilmoqda. Uçraşuvda yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularda tinçlik va osoyiştalikni qadrlaş tuyğularini mustahkamlaş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, davlat çegaralarining daxlsizligini taʼminlaş nafaqat tegişli idoralar, balki har bir fuqaroning ham masʼuliyatidir. Şu bois bunday tarğibot-taşviqot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, jamoatçilik hamkorligini mustahkamlaş hamda fuqarolarda yurt tinçligi va xavfsizligiga daxldorlik hissini kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶