02.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.09.2026, 11:32
Fan va taʼlim 👁 28

Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi

Xalqimiz tarixida taʼlim-tarbiya, maktab va kitob, ustoz va ilm-fan azaldan yuksak qadrlanib kelgan. Asrlar davomida shakllangan bu ezgu anʼana bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Shiddatli yangilanishlar yoʻlidan borayotgan jonajon Oʻzbekistonimizda maktab taʼlimi jamiyat taraqqiyotining asosiy ustunlaridan biri sifatida eʼtirof etilib, sohaga davlat siyosati darajasida alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2-sentyabr kuni yurtimiz boʻylab barcha umumtaʼlim muassasalarida «Birinchi qoʻngʻiroq» tadbirlari tashkil etildi. Mamlakatimizning har bir burchagida bayram shukuhi kezib yurgan shu kunlarda oʻtkazilgan ushbu tadbirlarda taʼlim tizimida kutilayotgan yangiliklar va sohada amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar haqida soʻz yuritildi. Maktablar hovlisi va sinfxonalar gullarga burkanib, kichkintoylarning quvonchli tabassumi, ota-onalarning iftixor tuygʻusi va ustozlarning mehrli nigohi ushbu kunga alohida fayz bagʻishladi.

Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov tumandagi 36-sonli maktabga tashrif buyurib, «Birinchi qoʻngʻiroq» tadbirida ishtirok etdi. U barcha oʻqituvchi va oʻquvchilarni, ota-onalarni yangi oʻquv yilining boshlanishi, Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlugʻ bayramiga uygʻun va hamohang holda oʻtayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etdi. Darhaqiqat, istiqlolimizning shonli sanasi bilan hamnafas nishonlanayotgan bu bayram yosh avlod uchun alohida maʼno va mazmun kasb etmoqda.

Tabrik nutqida Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari oʻquvchilari va ustoz-murabbiylariga yoʻllagan tabrigidagi fikrlarga alohida toʻxtalib oʻtildi. Muhtaram Prezidentimiz oʻz tabrigida taʼkidlaganlaridek, "yoshlar uchun baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yoʻllarida paydo boʻladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib oʻtishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir". Ushbu teran fikr har bir oʻquvchi va har bir ustoz uchun oʻziga xos hayotiy dasturulamal boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Bilimlar kuni bayramida tajribali oʻqituvchilar va ota-onalar soʻzga chiqib, maktab jamoasini va barcha oʻquvchilarni yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan tabrikladilar. Shundan keyin birinchi qoʻngʻiroq chalinib, ilk darslar boshlandi.

Joriy oʻquv yilining ilk darslarida oʻquvchilarga mustaqillikning davlatimiz va xalqimiz hayotidagi ahamiyati, unga erishish yoʻlida jon fido qilgan ajdodlarimizning sharafli hayot yoʻli, bugungi kunda istiqlol sharofati bilan erishilayotgan yutuqlar haqida keng turda maʼlumotlar berildi. Yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirishga qaratilgan bu darslar yangi oʻquv yilining mazmunli ibtidosi boʻldi.

Aytish joizki, Amudaryo tumani boʻyicha 4400 nafardan ortiq oʻquvchi 2026-2027 oʻquv yilida 1-sinfga qabul qilindi. Bilimlar kunida oʻtkazilgan «Birinchi qoʻngʻiroq» tadbirlarida 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat «Prezident sovgʻasi» barcha 1-sinf oʻquvchilariga tantanali ravishda topshirildi. Ilk bor maktab ostonasini hatlagan kichkintoylar uchun bu sovgʻa nafaqat zarur oʻquv anjomi, balki davlatimiz va jamiyatimizning ularga boʻlgan ishonchi va gʻamxoʻrligining yorqin ramzi boʻldi.

Taʼkidlash oʻrinliki, taʼlim sifatini oshirish borasidagi islohotlar natijasida hozirda tumanda jami 22 ta maktab yangi baholash tizimiga oʻtib, bu koʻrsatkich jami maktablarning 25 foizini tashkil qildi. Yangi 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab yana 10 ta maktabda mazkur tizim joriy etiladi. Bu esa oʻquvchilar bilimini xolis va shaffof baholash, ularning haqiqiy salohiyatini ochib berish imkonini kengaytiradi.

Tuman hokimining aynan 36-sonli maktab jamoasi va oʻquvchilarini qutlash uchun tashrif buyurgani ham bejiz emas. Mazkur maktabning variativ yoʻnalishdagi 11-«B» «Muhandislik» sinfining barcha 25 nafar oʻquvchisi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirib, talabalik baxtiga muyassar boʻldi. Bunday yuqori koʻrsatkich tirishqoq yoshlarning bilimga intilishi va fidoyi ustozlarning samarali mehnatining yorqin ifodasidir.

Amudaryo tumanidagi barcha umumtaʼlim maktablarida nishonlangan Bilimlar kuni faqat bayram tadbiri emas, balki taʼlim sohasidagi izchil islohotlarning amaliy natijalarini namoyon etgan kun boʻldi. Maktab ostonasini ilk bor hatlagan minglab kichkintoylar va yana bir yoshga ulgʻayib, yuqori sinfda oʻqishini davom ettirishga kirishgan oʻquvchilarning koʻzlaridagi quvonch ularning porloq kelajagidan nishonadir. Zero, bilimli va intellektual salohiyatli avlod — mustaqil Oʻzbekistonning eng katta boyligi va tayanchidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025