07.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
07.11.2026, 21:48
Jamiyat 👁 2,328

Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini örgandi

Mamlakatimizda aholi farovonligini taʼminlaş, odamlarni qiynab kelayotgan maişiy va ijtimoiy muammolarni joyida örganiş hamda ularga samarali yeçim topiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, parlament va mahalliy Kengaşlar deputatlarining joylarga çiqib, hududlardagi real ahvol bilan yaqindan tanişişi, aholining kayfiyati va ehtiyojlarini bevosita örganişi xayrli anʼanaga aylandi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari hamda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi işçi guruhi aʼzolari tomonidan navbatdagi ana şunday örganişlar Amudaryo tumanida ötkazildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari, Kengaş kotibiyati mudiri Mansur Urazbayev hamda tuman hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburovalar ham iştirok etdilar.

Taşrif davomida birinçi manzil tuman tibbiyot birlaşmasi böldi. Maʼlumki, tibbiyot sohasi inson qadri, uning salomatligi bilan bevosita boğliq bölib, eng muhim yönalişlardan biri hisoblanadi. Deputatlar va partiya işçi guruhi aʼzolari uşbu muassasada aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasi, bemorlar va soha xodimlari uçun yaratilgan zamonaviy şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Ayniqsa, mavjud infratuzilma va imkoniyatlardan qay darajada foydalanilayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi tarkibidagi uşbu şifoxona 421-öringa möljallangan. Bu yerda bemorlarning salomatligini mustahkamlaş va ularni oyoqqa turğazişga xizmat qiluvçi 36-örinli xöjalik hisobidagi reabilitatsiya bölimi ham samarali faoliyat yuritmoqda. Şu bilan birga, tumanda aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatiş tarmoği ham keng yölga qöyilgan. Hozirgi kunda tumanda umumiy qabul quvvati 1 455 nafarni taşkil etuvçi 14 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi fuqarolarga xizmat körsatmoqda. Ularning tarkibiga 1 ta köp tarmoqli markaziy poliklinika, 9 ta oilaviy poliklinika va 4 ta oilaviy şifokor punkti kiradi. Bundan taşqari, aholiga yanada yaqin bölgan 11 ta mahalla tibbiyot punktining faoliyati haqida ham atrofliça maʼlumotlar olindi. Uçraşuvlar va örganişlar davomida soha mutasaddilari va tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Birlamçi tibbiy xizmat körsatiş tizimini yanada mustahkamlaş, aholiga tibbiy yordamni öz vaqtida va sifatli yetkaziş, şuningdek, kasalliklarning oldini olişga qaratilgan profilaktika işlarini yanada samarali taşkil etiş masalalari muhokamalar markazida böldi.

Muloqotlar va amaliy örganişlarning keyingi manzili tumanning Navoiy mahallasida joylaşgan ayollar fitnes klubi böldi. Mehmonlar uşbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanişib, xotin-qizlar salomatligini tiklaş, ular örtasida soğlom turmuş tarzi tamoyillarini keng tarğib qiliş va ommalaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga yuqori baho berdilar. Şuningdek, uşbu binoda joylaşgan va mahalliy xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaşga xizmat qilayotgan tikuvçilik tsexi faoliyati ham atrofliça közdan keçirildi. Aytiş joizki, ayollar bandligini taʼminlaş, ularni daromad manbaiga ega qiliş va jamiyatdagi örnini mustahkamlaş «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining ustuvor maqsadlari sirasiga kiradi. Zero, iş bilan band bölgan, ruhan va jismonan soğlom ayol — oilaning va demakki, butun jamiyatning mustahkam ustunidir.

Umuman olganda, Amudaryo tumanida 49 ta mahalla mavjud bölib, ularda 219 ming 300 nafar aholi istiqomat qiladi. Har bir mahallaning öz öziga xos şaroiti, geografik joylaşuvi va har bir oilaning öz ehtiyoji bor. Şu bois, hududdagi haqiqiy vaziyatni xolisona örganişda odamlarning fikrini bevosita joyida tinglaş va ularning munosib hayot keçirişiga, kundalik turmuşiga bevosita taʼsir körsatayotgan eng muhim masalalarni çuqur anglaş juda muhimdir. Parlament va mahalliy Kengaşlar vakillarining tuman böylab amalga oşirgan xizmat safari davomida mahallalar va ijtimoiy soha obʼektlarida bölib, mavjud şaroitlar bilan bevosita tanişilgani aynan şu maqsadga xizmat qildi. Uşbu örganişlar jarayonida aniqlangan muammolarni tezkor va samarali hal etiş uçun masʼul taşkilot va idoralar bilan birgalikda aniq, amaliy çora-tadbirlarni belgilaşga asosiy eʼtibor qaratildi.

Amudaryo tumanidagi keng qamrovli örganişlar davomida partiya işçi guruhi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bölimida ham bölişdi. Bu yerda aholining yordamga muhtoj qatlamlariga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar kölami, ajratilayotgan kömaklarning manzilliligi va mavjud muammolarni hal etiş borasidagi amaliy işlar bilan yaqindan tanişildi.

Raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslar 28 401 nafarni, yaʼni aholi umumiy sonining 12,7 foizini taşkil etadi. Ularning 4 728 nafari «Ijtimoiy reyestr» tizimiga kiritilgan oilalar aʼzolaridir. Şunga qöşimça ravişda, tumanda 6 409 nafar nogironligi bölgan şaxs istiqomat qiladi. Ular orasida 995 nafar voyaga yetmagan bola borligi alohida eʼtiborga molik. Bölim xodimlari va mutasaddilar bilan bölib ötgan samimiy muloqotda uşbu ehtiyojmand qatlamga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ularning hayotiy ehtiyojlariga mos ravişda manzilli kömakni taşkil etiş masalalariga alohida töxtalib ötildi.

Taʼkidlaş joizki, 2026-yilning ötgan davri mobaynida «Saxovat va kömak» jamğarmasi hisobidan 694 nafar fuqaroga jami 2 milliard sömdan ortiq miqdorda ijtimoiy yordam körsatilgan. Şuningdek, tuman hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamğarmasiga salkam 1,5 milliard söm mablağ ötkazib berilgani aholini qöllab-quvvatlaş borasidagi kölamning salmoqli ekanidan dalolat beradi. Mazkur örganiş işlarida vakolatli vakillar tomonidan ajratilayotgan uşbu kömaklar va moddiy yordamlarning fuqarolarga qay darajada yetib borayotgani, ularning hayotiy muammolari qay yösinda hal etilayotganiga jiddiy eʼtibor qaratildi.

Soha xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, xizmatlar sifatini oşiriş hamda ehtiyojmand insonlarni tizimli qöllab-quvvatlaş işlarini yanada yaxşilaş yöllari atrofliça muhokama qilindi. Zero, ijtimoiy himoya sohasida muammoni öz vaqtida aniqlaş, insonning asl ehtiyojini töğri örganiş, unga mos va sifatli xizmat körsatiş hamda yakuniy natijani muntazam kuzatib boriş bir-biri bilan uzviy boğliq bölgan yaxlit jarayondir.

Şundan keyin Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari hamda partiya işçi guruhi aʼzolari tumandagi 40-sonli umumiy örta taʼlim maktabida bölişdi.

Mazkur taʼlim maskanida ötkazilgan örganişlar davomida işçi guruhi aʼzolari maktabning pedagogik jamoasi hamda öquvçi yoşlar bilan oçiq va samimiy muloqotda böldilar. Ular taʼlim muassasasida yoş avlodga berilayotgan bilim va tarbiya darajasi, yaratilgan zamonaviy şaroitlar, öquv xonalarining zarur jihozlar hamda körgazmali vositalar bilan taʼminlangani va taʼlim sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanişdilar. Qizğin keçgan suhbat jarayonida öqituvçi va öquvçilarning fikr-mulohazalari, ularni öylantirayotgan masalalar, amaliy takliflari tinglandi. Yakunda taʼlim sifatini yanada yaxşilaş va yoşlarning sifatli bilim olişlari uçun zarur şaroitlarni yaratiş böyiça tegişli çora-tadbirlar dasturi belgilab olindi.

Xulosa örnida aytiş mumkinki, bu kabi atrofliça va kompleks örganişlar, xalq vakillarining bevosita joylarga çiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilişi mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularni bartaraf etişda muhim ahamiyat kasb etadi. Amudaryo tumanida amalga oşirilgan bu kabi amaliy tadbirlar aholi soğliğini saqlaş, xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, ijtimoiy himoya tizimini takomillaştiriş va taʼlim sifatini yangi bosqiçga kötarişda muhim kafolat bölib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda ▶ Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI 12.10.2026 YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM ▶ YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 25-sessiyasi töğrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 25-sessiyasi töğrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari ötkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari ötkazildi 02.10.2026 Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab öqituvçisi “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi ▶ 64-sonli maktab öqituvçisi “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi 26.09.2026 Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi ▶ Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi 26.09.2026