Sahna orqali fikrlaşuv: muhokama markazida – ayol huquqlari
Ijtimoiy muammolarni jamoatçilik bilan birgalikda muhokama qiliş madaniyati sönggi yillarda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Nodavlat notijorat taşkilotlarining salohiyatini mustahkamlaş, ularning davlat idoralari bilan hamkorligini yölga qöyiş esa bu boradagi işlarning samarasini oşirişga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, oila va xotin-qizlar mavzusidagi masalalar oçiq muloqot, özaro işonç hamda izçil hamkorlikni talab etadi. Amudaryo tumanida “Ayol taqdiri: sahna orqali fikrlaşuv” loyihasi doirasida ötkazilgan tadbir ham şu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirgan “Özbekistondagi nodavlat notijorat taşkilotlarining institutsional va dasturiy salohiyatini mustahkamlaş hamda nodavlat notijorat taşkilotlari bilan davlat idoralari örtasidagi munosabatlarni yanada yaxşilaş” loyihasi doirasida taşkil etildi.
Loyihani Fuqarolik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş markazining Qoraqalpoğiston hududiy bölimi amalga oşirmoqda. Davra suhbatining asosiy maqsadi — loyiha vazifalarini jamoatçilikka taniştiriş, hamkor taşkilotlar bilan aloqalarni kuçaytiriş hamda oilaviy zöravonlik va xotin-qizlar huquqlari yuzasidan oçiq fikr almaşiş uçun qulay muhit yaratişdan iborat.
Loyihaning öziga xosligi şundaki, ijtimoiy masalalar anʼanaviy seminar va lektsiyalar bilan çeklanmay, forum-teatr hamda interaktiv fikrlaşuv usullari orqali körib çiqildi. Tajribali aktyorlar iştirokida real hayotda uçraydigan holatlarni aks ettiruvçi sahna körinişlari namoyiş etilişi esa murakkab mavzularni quruq maʼruza şaklida emas, balki jonli voqea tarzida yetkaziş imkonini berdi.
Spektakl namoyişi vaqtida tomoşabinlar şunçaki kuzatuvçi bölib qolmadi. Sahna körinişi davomida iştirokçilarga “Agar siz şu vaziyatga tuşib qolsangiz, qanday yöl tutgan bölardingiz?” degan savol asosida fikr bildiriş imkoniyati berildi, ular vaziyatni turli nuqtai nazardan baholab, yeçim yöllarini taklif qilişdi. Şu tariqa muhokama zaldagi har bir iştirokçining fikri hisobiga boyib bordi.
Loyiha doirasida şuningdek, fuqarolarga huquqiy va psixologik kömak ham körsatildi. Murojaatlar yuzasidan tajribali yurist va psixologlar maslahat berdi, bu esa aholining öz huquqlarini anglaşi, mavjud himoya mexanizmlaridan xabardor bölişiga yöl oçadi.
Stsenariy muallifi Nargiza Qalandarova, rejissyor Lizaxon Örazimbetova tomonidan sahnalaştirilgan uşbu spektakl va şu mavzudagi davra suhbati Qoraqalpoğistonning uçta hududida, kamida 600 nafarga yaqin iştirokçini jalb qilgan holda ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu kabi taşabbuslar ayollarning huquqiy savodxonligini kuçaytiriş, oilaviy zöravonlikning oldini oliş, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari örtasidagi şeriklikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶