Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalalari muhokama etildi
Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari faoliyatida şaffoflikka erişiş, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning uzviy yönalişlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholiga bevosita xizmat körsatuvçi tizimlarda bu boradagi işlar doimiy eʼtibor markazida turibdi. Zero, har bir sohada qonunçilik talablariga oğişmay amal qilinişi jamiyat taraqqiyotining muhim şartlaridan sanaladi.
Elektr energetikasi tarmoği aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan kundalik muloqotda böladigan soha ekani inobatga olinsa, uşbu tizim xodimlarining halolligi, intizomi va kasbiy odobi nafaqat korxona obrösiga, balki isteʼmolçilarning davlat siyosatiga bölgan işonçiga ham bevosita taʼsir körsatişi tabiiy. Şu bois tizimda xodimlar bilan profilaktik işlarni muntazam taşkil etiş, ularning huquqiy bilimini oşirişga qaratilgan uçraşuvlar ötkaziş muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda Amudaryo tumani hokimligi binosida “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpoğiston hududiy filiali xodimlari iştirokida yiğiliş bölib ötdi. Unda korruptsiyaga qarşi murosasiz kuraşiş, odob-axloq va içki mehnat tartibi qoidalariga rioya etiş masalalari körib çiqildi.
Yiğiliş kun tartibiga, şuningdek, xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan kelib tuşgan murojaatlarni örganiş hamda 2026-yilda sodir etilgan korruptsiyaviy huquqbuzarliklar tahlili kiritilib, har bir masala böyiça atrofliça fikr almaşildi.
Tadbir “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpoğiston hududiy filiali Korruptsiyaga qarşi kuraşiş va komplayens nazorat bölimi boşliği raisligida ötkazildi. Yiğiliş avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yilda korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça “favqulodda holat” eʼlon qilingani alohida qayd etildi.
Raislik qiluvçi filialda korruptsiyaning oldini oliş, unga nisbatan murosasiz munosabatda böliş hamda xodimlarning huquqiy saviyasini oşiriş böyiça qator çora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramasdan, jamoa orasida huquqbuzarlik holatlari hamon uçrab kelayotganiga yiğilganlar eʼtiborini qaratdi. Uning taʼkidlaşiça, bu kabi holatlarning takrorlanişi tizimda olib borilayotgan işlarning samarasini pasaytirmoqda.
Şu bilan birga, masʼullar jamiyat hamda tizim tarkibidagi korxonalar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ustida töxtalib, ötkazilayotgan tadbirlardan tegişli xulosa çiqarilmagan taqdirda, bunday holatlar oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligi böyiça iştirokçilarni yana bir bor ogohlantirdi. Uşbu masalada har bir xodim şaxsan javobgar ekani alohida uqtirildi.
Yiğilişda Xalq deputatlari Amudaryo tumani kengaşining korruptsiyaga qarşi kuraşiş va xavfsizlik masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Yaxşimurod Ahmedov ham sözga çiqdi. U profilaktik çoralar körilayotganiga qaramasdan, ayrim xodimlarning xatolaridan saboq çiqarmasligi yuqoridagi kabi holatlarga sabab bölayotganini alohida körsatib ötdi.
Majlis yakunida “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpoğiston hududiy filiali Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasi boşliği Jasur Salayev barça xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamoada korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, töğri va halol işlaşning ahamiyati haqida töxtalib ötdi.
Belgilangan kun tartibidagi barça masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar eşitilib, ular atrofliça muhokama qilingan holda, yiğiliş yakunida tegişli qaror qabul qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶