14 nafar mahkum jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi
Jazoni ijro etiş tizimida insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda, qonunni buzgan şaxsni jamiyatdan uzib qöymasdan, unga tuzaliş imkonini beriş va mehnatga qaytariş orqali qayta tarbiyalaş sönggi yillarda sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Bu borada sayyor sud majlislari alohida örin tutadi, çunki ular odil sudlovni bevosita mahalla şaroitida, fuqarolar köz öngida amalga oşiradi. Bunday yondaşuv sud jarayonining oçiqligini taʼminlaş bilan birga, aholining qonunçilik bilan bevosita tanişişiga ham imkon yaratadi.
Amudaryo tumanining Boy ovul mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ham şu kabi oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi. Unda Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, sudya yordamçisi Elyor Jumaniyozov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamçisi Oğabek Erkuliyev hamda Amudaryo tuman Içki işlar bölimi Probatsiya guruhi katta inspektori Azamat Artikov iştirok etdi.
Sud majlisida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi, yaʼni "Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş" tartibiga muvofiq ilgari jinoyat sodir etgan, hozirgi kunda tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan, örnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bölgan 14 nafar mahkumga nisbatan qöllanilgan jazolarning ötalmay qolgan qismi şartli ravişda yengillaştirildi.
Şu bilan birga, ozod etilganlarga jazoning ötalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofiq jazo belgilanişi haqida töliq tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, ularga belgilangan muddat davomida öz xulq-atvoriga masʼuliyat bilan yondaşiş zarurligi uqtirildi.
Bundan taşqari, majlis iştirokçilari va mahalla ahliga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgust kungi "Odil sudlov — 2030": Yangi Özbekistonda inson huquqlarini işonçli himoya qiluvçi xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş strategiyasi töğrisida"gi farmoni mazmun-mohiyati haqida ham batafsil tuşuntirişlar berildi.
Xususan, hujjatda belgilangan "xalqçil sud", "adolat qörğoni", "kafolatlangan adolat", "adolat posbonlari", "raqamli odil sudlov" va "xalqaro eʼtirof" yönalişlari keng tuşuntirildi va iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga ham javoblar berildi. Bunday oçiq majlislar qonun talablarini aholiga yetkaziş bilan birga, sud tizimiga bölgan işonçni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶