Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar
Mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantiriş, öqituvçilarning jamiyatdagi maqomi va obrösini yuksaltiriş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişi etib belgilangan. Bu borada Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan ham keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Taşkilot faoliyatining asosiy maqsadi öquv va tarbiya jarayoniga xalqaro talablar asosida işlab çiqilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qiliş, öquvçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda iqtidorli yoşlarni aniqlab, ularning har tomonlama rivojlanişi uçun zarur şaroitlarni yaratişdan iboratdir.
Tumandagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kadrlar salohiyatiga nazar taşlaydigan bölsak, 2026-yilning 1-avgust holatiga köra, umumiy örta taʼlim maktablarida jami 4089 nafar pedagog mehnat qilmoqda. Ularning 4014 nafari, yaʼni 98,2 foizi oliy maʼlumotli mutaxassislardir. Şu bilan birga, davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida 935 nafar tarbiyaçi va pedagoglar faoliyat körsatayotgan bölib, ularning ham aksariyatini oliy va örta maxsus maʼlumotli kadrlar taşkil etadi.
Taʼlim sifatini oşirişda öqituvçilarning malakasi muhim ahamiyat kasb etişini hisobga olib, ularni moddiy rağbatlantiriş tizimi ham yölga qöyilgan. Xususan, 2026-yilgi bahorgi attestatsiya natijalariga köra, 73 nafar öqituvçi 86 va undan yuqori ball töplab, 2-yil davomida 70 foizlik ustama oliş huquqini qölga kiritdi. Bundan taşqari, vazir jamğarmasi hisobidan eng yuqori ball töplagan 20 nafar malakali pedagogga oylik maoşiga qöşimça ravişda 7,5 mln söm miqdorida ustama haqi tölanişi belgilangan.
Taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş borasida ham salmoqli natijalarga erişildi. 2025-yilgi investitsiya dasturi doirasida Çoyköl ovulidagi 59-maktab va Bözyop ovulidagi 68-maktab uçun yangi öquv binolari hamda sport zallari qurilib, foydalanişga topşirildi. Şuningdek, xalqaro dasturlar doirasida Olmazor, Farovon, Arna böyi va Döstlik mahallalarida umumiy qiymati salkam 25 milliard söm bölgan yangi maktabgaça taʼlim taşkilotlari binolari qurilişi yakunlandi. Hozirgi kunda qator maktab va boğçalarda rekonstruktsiya va yangi quriliş işlari jadal davom ettirilmoqda. Quriliş-taʼmirlaş işlari töliq yakunlanmagan ayrim maktablar, jumladan 30-, 39-, 64-va 65-maktablar yangi öquv yilini vaqtinçalik boşqa binolarda boşlagan.
Öquvçilarning bilim darajasi va erişayotgan yutuqlari ham diqqatga sazovordir. 2025 — 2026 öquv yilida asosiy fanlar olimpiadasining respublika bosqiçida tuman yoşlari 7 ta sovrinli örinni egallab, umumjamoa hisobida 6-örindan joy oldi. Jumladan, 36-, 39- va 40-maktab öquvçilari biologiya, fizika hamda özbek tili va adabiyoti fanlaridan faxrli 1-örinlarni qölga kiritdi.
Oliy taʼlim muassasalariga kiriş körsatkiçlari ham yil sayin ortib bormoqda. Joriy yilda maktabni bitirgan 3298 nafar öquvçining 854 nafari talabalik baxtiga muyassar böldi va ularning kiriş imtihonlaridagi örtaça balli 87,6 ni taşkil etdi. Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpoğiston yoşlari uçun ajratilgan kvota asosida yana yuzlab bitiruvçilar talabalik baxtiga muşarraf bölişi kutilmoqda.
Taʼlim jarayonlariga yangiça yondaşuv sifatida 22 ta maktabda yangi baholaş tizimi joriy etildi va bu körsatkiç joriy yilda yana 10 ta maktab hisobiga ortdi. Tuman pedagoglari va öquvçilari turli körik-tanlovlarda ham yuqori natijalarni qayd etmoqda.
Bir söz bilan aytganda, tumandagi maktablar va maktabgaça taʼlim muassasalari faoliyati yildan-yilga takomillaşib, öquvçilar va öqituvçilar turli darajadagi körik-tanlovlar, nufuzli fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Albatta, bunday ulkan yutuqlar va tizimli özgarişlarning zamirida Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining örni beqiyos. Bölim tomonidan taʼlim jarayonini zamonaviy talablar asosida töğri taşkil etiş, öqituvçilarning kasbiy malakasini muntazam oşirib boriş hamda muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş borasida olib borilayotgan maqsadli işlar öz samarasini bermoqda.
Jumladan, tumandagi yuzlab, minglab iqtidorli öğil-qizlar ilğor bilimlarni çuqur özlaştirib, respublika va xalqaro miqyosdagi bellaşuvlarda faxrli örinlarni egallamoqda, taʼlim sifati va samaradorligi esa sönggi yillar içida sezilarli darajada oşdi. Fidoyi pedagoglarning ilğor iş tajribalari keng ommalaştirilib, taʼlim jarayoni butunlay yangi bosqiçga kötarilmoqda. Boğçalardagi jajji bolajonlarning har tomonlama soğlom bölib voyaga yetişida esa tarbiyaçilarning fidokorona mehnatlarini alohida eʼtirof etiş joiz. Bir söz bilan aytganda, Amudaryo tumanida taʼlim sohasi tom maʼnoda yuksaliş davrini boşidan keçirmoqda va bunda har bir soha fidoyisining öziga xos hissasi bor.
Mana şunday masʼuliyatli va şarafli kasb egalarini, öz hayoti va kuç-ğayratini yoş avlod kamolotiga baxşida qilgan barça zahmatkaş pedagoglarni yaqinlaşib kelayotgan kasb bayrami – 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan çin qalbdan muborakbod etamiz. Sizlarning maşaqqatli va şarafli mehnatingiz doimo yuksak eʼtirofga munosibdir, ilm yölidagi şijoatingiz va şiddatingiz heç qaçon sönmasin, aziz ustoz va murabbiylar!
Yalğaş Şomurodov, Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶