Amudaryo tumanida çang böronlarga qarşi kuraşiş ştabi yiğilişi ötkazildi
Atmosfera havosi sifatini yaxşilaş, hududlarning ekologik barqarorligini taʼminlaş va çang böronlarining salbiy taʼsirini kamaytiriş bugungi kunda alohida eʼtibordagi yönaliş bölib, bu borada qabul qilingan normativ hujjatlar ijrosini taʼminlaş mahalliy idoralar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Çunki ekologik vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça belgilangan çora-tadbirlar faqat qabul qilingan hujjatlar bilan çeklanmaydi, balki har bir tuman va mahalla miqyosida amaliy harakatlarni talab etadi.
Orol dengizi qurişi oqibatida Qoraqalpoğiston hududida çang-tuz köçişining kuçaygani, iqlim özgarişining taʼsiri sezilayotgani hamda aholi salomatligini muhofaza qiliş zaruratini inobatga olgan holda, uşbu masala yuzasidan tizimli, uzluksiz va idoralararo hamkorlikka asoslangan iş usuli yölga qöyilgan. Bunda belgilangan vazifalarning samaradorligi mutasaddi taşkilotlarning özaro muvofiqlaştirilgan faoliyatiga, şuningdek aholining faol iştirokiga bevosita boğliq ekani eʼtiborga olinmoqda.
Xususan, Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-sentyabrdagi “Çang böronlarga qarşi kuraşiş va atmosfera havosi sifatini yaxşilaş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan tuzilgan ştabning ertalabki yiğilişi bölib ötdi va yiğilişda tegişli taşkilotlarga aniq topşiriqlar berildi.
Mazkur tadbirda tuman obodonlaştiriş boşqarmasi, “Toza hudud” korxonasi, şuningdek boşqa mutasaddi idoralar vakillari iştirok etdi. Muhokama davomida sohadagi mavjud vaziyat körib çiqilib, yaqin kunlar uçun belgilangan vazifalar doirasi aniqlaştirildi.
Yiğilişda mutasaddilarga hududlarni obodonlaştiriş, çiqindilarni öz vaqtida olib çiqiş, aholi yaşaş joylarida tozalikni saqlaş hamda ekologik madaniyatni oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratişlari topşirildi. Şu bilan birga, masʼullarga belgilangan vazifalarni sifatli va öz vaqtida bajariş yuzasidan qatʼiy körsatmalar berildi.
Bundan taşqari, tumanning Navoiy mahallasi hududida yiğilib qolgan maişiy çiqindilar mutasaddi taşkilotlar tomonidan olib çiqib ketildi. “Döstlik” mahallasi hududida esa daraxtlarni oqlaş işlari amalga oşirildi. Bu kabi amaliy işlar ştab yiğilişlarida berilgan topşiriqlarning natijasi sifatida kundalik tartibda davom ettirilmoqda.
Qayd etiş joizki, çang böronlarining taʼsirini yumşatiş faqat mavsumiy tadbirlar bilan emas, balki har kunlik izçil mehnat, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarining uzluksizligi orqali taʼminlanadi. Şuningdek, bunday yiğilişlarning muntazam ötkazilişi mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş imkonini beradi. Şu maʼnoda ştab yiğilişlarida berilgan topşiriqlarning amaldagi natijasi hudud havosi sofligi va aholi turmuş muhitining sifatida körinadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶