28.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.08.2026, 21:56
Siyosat 👁 40

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yillik bayrami koʻtarinki ruhda, xalqimizga xos mehr-oqibat, hamjihatlik va shukronalik tuygʻulari bilan keng nishonlandi.

Vahum aholi punktidagi bolalar oʻyingohida tashkil etilgan bayram tantanasiga tuman aholisi — yosh-u qari, nuroniylar, mehnat faxriylari, faol yoshlar va turli soha vakillari jam boʻldi. Bu kun oddiy bayram emas, balki xalqimizning ozod va farovon hayotini, yurtimizning istiqlol yillarida bosib oʻtgan shonli va mashaqqatli yoʻlini yana bir bor yodga soluvchi, qalblarda Vatanga muhabbat va kelajakka ishonch tuygʻularini yanada mustahkamlovchi unutilmas ayyomga aylandi.

Bayram tantanalaridan avval xalqimiz uchun keng dasturxon yozilib, doshqozonlarda bayramona osh damlandi. Bir dasturxon atrofida jam boʻlgan yurtdoshlarimiz noz-neʼmatlardan bahramand boʻlib, bugungi dorilomon kunlarga shukronalar aytdilar. Zero, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan yurtda dasturxonlar fayzli, koʻngillar xotirjam, kelajak esa yanada porloq boʻladi.

Bayram kontsert dasturi Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat madhiyalari sadosi ostida boshlandi.

Tantanali tadbirni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochib, yigʻilganlarni, butun Amudaryo ahlini ulugʻ ayyom — Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman hokimi oʻz tabrigida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xalq farovonligini yuksaltirish, hududlarni obod etish, yangi ish oʻrinlari yaratish, taʼlim, sport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda qoʻlga kiritilayotgan natijalar haqida soʻz yuritdi.

Tuman rahbari taʼkidlaganidek, soʻnggi yillarda Amudaryo tumanida barcha jabhalarda salmoqli natijalarga erishilmoqda. Eng muhimi, bu oʻzgarishlar raqamlar va hisobotlarda emas, balki odamlarning kundalik hayotida, turmush sharoitida, yangi bunyod etilayotgan maskanlar va yaratilayotgan imkoniyatlarda oʻz ifodasini topmoqda.

Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar ham oʻzining amaliy samarasini bermoqda. Tumanimizda 2026-yil 1-yanvar holatiga kambagʻallik darajasi 6,4 foizni tashkil qilgan boʻlsa, koʻrilgan samarali choralar natijasida joriy yilning 1-avgust holatiga ushbu koʻrsatkich 2,9 foizgacha kamaydi. Bu raqamlar ortida minglab oilalarning hayotida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar, yangi daromad manbalari va ertangi kunga boʻlgan ishonch mujassam.

Tuman iqtisodiyotida yangi loyihalarning ishga tushirilishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻtgan sakkiz oy davomida 12 ta loyiha amalga oshirilib, ularga jami 52,5 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Natijada 98 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Eksport borasida ham quvonarli natijalar qayd etilmoqda. Tuman tadbirkorlari tomonidan 21,8 million dollarlik mahsulot eksport qilinishiga erishildi. Shundan 14,3 million dollari sanoat mahsulotlari, 7,5 million dollari esa meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Bugun Amudaryo tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining koʻlami ham tobora kengayib bormoqda. Birgina 2026-yil davomida tuman boʻyicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining umumiy qiymati qariyb 800 milliard soʻmdan ortiqni tashkil etmoqda.

Yurtboshimizning tegishli qarorlari asosida joriy yilda tuman boʻyicha 147 ta obʼektda qurilish ishlarini olib borish belgilangan. Hozirgi vaqtga qadar 28 ta obʼektda qurilish ishlari yakunlandi.

Yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu kunga qadar tuman boʻyicha 43 kilometr avtomobil yoʻllari va 74 kilometr ichki yoʻllarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Yil yakuniga qadar esa tuman hududidagi yana 130 kilometr ichki yoʻllarni taʼmirlash koʻzda tutilgan. Bu saʼy-harakatlarning barchasi bir maqsadga — odamlar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

Aholini zamonaviy uy-joylar bilan taʼminlash borasidagi ishlar ham izchil davom etmoqda. Bugungi kunga qadar ikkita 65 xonadonli koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. Yil yakuniga qadar bunday koʻp qavatli uylarning jami 9 tasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan boʻlib, buning natijasida umumiy hisobda 385 ta oilani zamonaviy uy-joy bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.

Amudaryo tumani azaldan bobo dehqonlar yurti sifatida nom qozongan. Unumdor yer, zahmatkash xalq va mohir dehqonlar mehnati tufayli qishloq xoʻjaligida ham salmoqli natijalar qoʻlga kiritilmoqda.

Joriy qishloq xoʻjaligi yilida tuman boʻyicha 333 ta fermer xoʻjaligida jami 13 ming gektar yerga chigit ekilib, undan 64 ming 175 tonnadan ortiq paxta yetishtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 1096 gektar maydonda tashkil etilgan mevali bogʻlar ham moʻl-koʻlchilik manbai boʻlib xizmat qilmoqda. Don yetishtirish borasida ham amudaryolik dehqonlarning mehnati tahsinga loyiq. 327 ta fermer xoʻjaligida 4800 gektar yerga ekilgan bugʻdoydan 48 ming tonnadan ortiq hosil yigʻib olindi.

Yerga mehr bergan dehqonning qoʻli qadoq, mehnati ogʻir, ammo uning hosili el dasturxoniga fayz olib kiradi. Shu maʼnoda, Amudaryo dehqonlarining zahmatli mehnati tuman taraqqiyotining muhim tayanchlaridan biridir.

Tantanali tadbir davomida ana shunday yutuqlarga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh faollarni taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan, el-yurt ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan va bayram arafasida oʻtkazilgan turli sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan yurtdoshlarimiz tuman hokimligining tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Bayram kontsert dasturi tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari, isteʼdodli ijodkorlar va umidli sanʼatkorlarning ajoyib chiqishlari, kuy-qoʻshiq va raqslari bilan davom etdi. Milliy kuylar, dilbar qoʻshiqlar va nafis raqslar bayramga oʻzgacha fayz bagʻishlab, yigʻilganlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Tadbirga respublika miqyosidagi taniqli sanʼatkorlarning tashrifi esa bayram shukuhini yanada oshirdi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Maxset Oʻtemuratov, isteʼdodli xonandalar Temur Xudoyshukurov, Javlonbek Karimov, koʻplab xalqaro tanlovlar gʻolibi Aida, Amudaryo farzandi, prodyuser, rejissyor va isteʼdodli ijodkor Davlatbek Yoʻldashev kabi sanʼatkorlar oʻz ijod namunalari bilan ishtirok etib, tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdilar.

Bayram oqshomining eng hayajonli lahzalaridan biri esa tadbir soʻngida osmon uzra porlagan mushakbozlik boʻldi. Rang-barang chiroqlar bilan bezangan osmon, bayram shukuhi va yuzlardagi quvonch — bularning barchasi Mustaqillik bayramining oʻziga xos ramziy manzarasiga aylandi.

Darhaqiqat, mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U xalqning oʻz taqdirini oʻzi belgilashi, farzandlari kelajagini oʻz qoʻliga olishi, tinch va farovon hayot sari dadil qadam tashlashi demakdir.

Amudaryoda esa bu buyuk neʼmatning qadri xalqning bunyodkorlik ishlarida, dehqonning dalasida, ustozning sabogʻida, yoshlarning gʻalabalarida, obod mahallalar va fayzli xonadonlarda namoyon boʻlmoqda.

Mustaqillik bayrami ana shu ezgu ishlarning tantanasi, xalqimizning bugungi kuniga shukronasi va ertangi kunga boʻlgan yuksak ishonchining yorqin ifodasidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023