27.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
27.08.2026, 12:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 34

Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida

Mustaqillik — bu faqatgina taqvimdagi bayram sanasi yoki tarixiy voqelik emas, balki har qaysi insonning oʻz salohiyatini namoyon etishi, erkin mehnat qilishi va buyuk maqsadlari sari dadil qadam tashlashi uchun berilgan eng oliy neʼmatdir. Bu bebaho qadriyat, avvalo, halol mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish, qalbdagi ezgu gʻoyalarni hayotga tatbiq etish va davlat tomonidan yaratilgan cheksiz imkoniyatlardan oqilona hamda samarali foydalanish demakdir.

Mamlakatimizning barcha goʻshalarida, barcha sohalarda bu haqiqatni tasdiqlovchi yorqin misollarni koʻplab uchratish mumkin. Xususan, qishloq xoʻjaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning erishayotgan ulkan yutuqlari ham soʻzimizning yaqqol isbotidir. Ana shunday fidoyi va mehnatkash insonlar faoliyati bilan yaqindan tanishar ekanmiz, mustaqillik bergan imkoniyatlarning real hayotdagi ifodasiga bevosita guvoh boʻlamiz.

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Yoqubboy Ashirov” nomli fermer xoʻjaligining bosib oʻtgan yoʻli va bugungi kundagi yutuqlari har qanday kishining havasini keltiradi. Bu xoʻjalikning tarixi va uning rahbari Yoqubboy Ashirovning hayot yoʻli mashaqqatli mehnat, tinimsiz izlanish va oʻz kasbiga boʻlgan cheksiz sadoqatning yorqin namunasidir.

Oʻz mehnat faoliyatini oddiygina mexanizatorlikdan, yaʼni yerga ishlov berishning eng quyi, ammo eng muhim boʻgʻinidan boshlagan bu inson bugungi kunda yirik va koʻp tarmoqli xoʻjalikning tajribali rahbariga aylandi. Mazkur fermer xoʻjaligi 2009-yilda oʻz faoliyatini boshlagan edi. Dastlabki qadamlar 114 gektar yer maydonida faqatgina dehqonchilik qilish, yerga urugʻ qadab, hosil olishdan iborat boʻlgan. Biroq, yillar davomida toʻplangan boy tajriba, tinimsiz izlanish va albatta, fidokorona mehnat natijasida xoʻjalik faoliyati yil sayin kengayib, rivojlanib bordi. Bugungi kunga kelib esa, ushbu xoʻjalik oddiy dehqonchilik doirasidan chiqib, keng koʻlamli, koʻp tarmoqli yirik fermer xoʻjaligi maqomiga koʻtarildi.

Ayni paytda xoʻjalikda nafaqat anʼanaviy dehqonchilik, balki chorvachilik, asalarichilik hamda polizchilik kabi koʻplab muhim yoʻnalishlarda ham qizgʻin ishlar olib borilmoqda. Fermerning dalalarida yetishtirilayotgan sarxil qovun, tarvuz va boshqa turli xil poliz ekinlari toʻgʻridan-toʻgʻri aholining dasturxoniga tortiq qilinmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, mahalliy bozorlarimizning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan kundalik ehtiyojini qondirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga hamda narx-navoning barqarorligini saqlashga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshmoqda.

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Ana shu maqsadga erishishning eng maqbul yoʻli — ilgʻor innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, qolaversa, ilm-fan yutuqlaridan, tadbirkorlarning innovatsion gʻoyalaridan samarali foydalanishdir. Paxtachilik mamlakatimizda qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi va bu sohada katta malaka, tajriba hamda oʻziga xos maktab yaratilgan.

Garchi soʻnggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq joylarda aholi bandligi bilan bogʻliq muammolarni hal etish maqsadida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini koʻpaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli paxta ekiladigan maydonlar 15-16 foizgacha kamaygan boʻlsa-da, omilkor dehqonlarning sohaga innovatsion yondashuvlari natijasida mamlakatimizda paxta hosildorligi kamaymadi. Aksincha, ilm-fan va yangi innovatsion agrotexnologiyalarni qoʻllash paxta urugʻchilik tizimini takomillashtirish, mehnat samaradorligini oshirish hisobiga yalpi paxta hosilini yuqori koʻrsatkichlarga yetkazishga erishilmoqda.

Bu borada Amudaryo tumanida ham oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Xususan, yerning mahalliy sharoitidan kelib chiqib, turli kasalliklarga chidamli urugʻlik mahsulotlarini tanlash va ekish orqali paxtadan har yili yuqori hosil olishga erishilmoqda. Ayniqsa, “Yoqubboy Ashirov” fermer xoʻjaligida paxta va gʻalla urugʻchiligi yoʻnalishida yuqori natijalarga erishilmoqda.

Fermer xoʻjaligining muvaffaqiyat sirlaridan asosiy omili — bu zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etishdir. Xoʻjalik ixtiyorida bugungi kunda eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari jamlangan. Ogʻir yer qazish ishlarini bajaruvchi qudratli ekskavatorlardan tortib, hosilni nest-nobud qilmasdan yigʻib oluvchi murakkab paxta terish mashinalarigacha boʻlgan turli xil texnikalar mavjudligi ish unumdorligini keskin oshirmoqda.

Xususan, oʻtgan yili xoʻjalik tomonidan zamonaviy va yuqori unumdorlikka ega boʻlgan paxta terish mashinasining xarid qilinishi, qoʻl mehnatini kamaytirish va hosilni qisqa muddatlarda sifatli yigʻib-terib olish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadam boʻldi. Yangiliklarga intiluvchan va hamisha oʻz faoliyatiga innovatsion gʻoya va tashabbuslarni joriy etish orqali paxta va gʻalla urugʻchiligi sohasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan fermer tumandagi urugʻlik paxta va gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida tinimsiz harakat qilmoqda. Shu bilan birga paxta va gʻalla hosildorligini oshirishga munosib hissa qoʻshish niyatida Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib, xitoylik urugʻshunoslar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga davlatimiz tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda 3 milliard soʻmlik imtiyozli kredit oldi. Unga qoʻshimcha 3 milliard soʻm oʻz mablagʻi hisobiga Xitoy davlatidan paxta, gʻalla va boshqa donli ekinlar urugʻlarini mahalliy sharoitda qayta ishlaydigan zavod uskunalarini olib keldi hamda “Amu sara urugʻlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonaga asos soldi. Bu bilan Yoqupboy Ashirov sanoatchi fermerga aylandi.

Amudaryo tumanida tengsiz boʻlgan mazkur urugʻchilik korxonasi tumandagi fermer xoʻjaliklari uchun sifatli urugʻlik mahsulotlarini yetkazib berish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda sifat va samaradorlikka erishishlariga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Bu yoʻnalish nafaqat tuman, balki butun Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida qishloq xoʻjaligi sohasini yangi bosqichga olib chiqish uchun xizmat qiladigan istiqbolli loyihadir.

Ayni paytda korxona joriy paxta yigʻim-terim mavsumi oldidan 100 foiz toʻliq quvvat bilan ishlashga shay qilinib, urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklaridan yangi paxta hosilini qabul qilish va qayta ishlash, sara urugʻlarni ajratib olishga tayyor qilib qoʻyildi. Korxonaning barcha tsexlari, ayniqsa, paxtadan sara urugʻlarni ajratib olish mexanizmlari benuqson ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Korxona ishchilari va mutaxassislari maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazilib, ularga mehnat qonunchiligi va texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.

Biz ijodiy jamoamiz bilan korxonada boʻlganimizda urugʻlik sifatini nazorat qilish uskunalari, laboratoriya jihozlari, paxtani qabul qilish, tola sifati boʻyicha toifalarga ajratishga qaratilgan barcha tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiyalar ishlash uchun shay holatga keltirilganining guvohi boʻldik. Bundan ham muhimi, mazkur korxonada faqat qishloq yoshlari mehnat qilishib, zamonaviy texnologiyalarni mahorat bilan boshqarishmoqda.

Fermer Yoqubboy Ashirov mamnuniyat bilan taʼkidlaganidek, bularning barchasi muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlarga qaratayotgan yuksak eʼtibor va ragʻbatlari tufaylidir. Ana shu eʼtibor va ragʻbat tufayli tumanning eng chekka hududi hisoblanmish Yuqori qishloq mahallasiga sanoat kirib keldi, koʻplab mahalla yoshlarining doimiy va mavsumiy ish bilan bandligi taʼminlandi. Ayni paytda korxona mehnat jamoasi hududdagi urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklaridan dastlabki hosilni qabul qilib olishga jiddiy taraddud koʻrmoqda. Bunday tayyorgarlik va fidokorona mehnat zamirida juda katta maqsadlar, ezgu niyatlar yotibdi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik fermerlarga, umuman olganda, zahmatkash xalqimizga nima berdi? Javob esa aniq va ravshan. U avvalambor, insonga erkin va farovon hayot kechirish, halol mehnat qilish uchun cheksiz imkoniyat taqdim etdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, tashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun mustahkam zamin va qulay sharoit yaratdi. Aynan shu imtiyozlardan foydalanib, yangi yirik loyihalarni amalga oshirish imkoni paydo boʻldi. Eng ilgʻor, zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalarni yurtimizga olib kirish hamda amaliyotga tatbiq etish uchun keng yoʻl ochildi.

Yoqubboy Ashirov misolida koʻradigan boʻlsak, bu yaratilgan beqiyos imkoniyatlar uning oddiy mexanizatorlikdan tortib, bugungi kundagi yirik va muvaffaqiyatli tadbirkorgacha boʻlgan sharafli yoʻlni bosib oʻtishiga xizmat qildi. Bugun uning rahbarligidagi fermer xoʻjaligida yerga mehr bilan urugʻ qadab, moʻl hosil yetishtirishdan boshlab, chorva mollarini boqish, asalari parvarishlash, xalqimiz sevib isteʼmol qiladigan poliz mahsulotlarini yetishtirish va, eng muhimi, zamonaviy texnologiyalar asosida urugʻlarni qayta ishlashgacha boʻlgan koʻplab muhim yoʻnalishlar muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa, shunchaki, fermer xoʻjaligining shaxsiy yutugʻi emas, balki davlat tomonidan yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanib, halol va fidokorona mehnat orqali qanday ulkan natijalarga erishish mumkinligini koʻrsatuvchi yorqin va ibratli namunadir.

Mustaqillik — bu cheksiz imkoniyat, mehnat va izlanish esa — bu uzluksiz taraqqiyotni taʼminlaydigan beqiyos kuchdir. Bularning barchasi tadbirkor va fermerlarni el-yurt dasturxoniga fayzu baraka olib kirish va jonajon vatanimiz iqtisodiyotining qudratiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishdek oliy maqsad sari undayveradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021