14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 01:48
Fan va taʼlim 👁 143

3298 nafar 11-sinf bitiruvchilari, 14 ta oltin va 5 ta kumush medal: tuman maktablarida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" jarangladi

3298 nafar 11-sinf bitiruvchilari, 14 ta oltin va 5 ta kumush medal: tuman maktablarida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" jarangladi

Taʼlim – har qanday jamiyat taraqqiyotining poydevori hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularga jahon standartlari darajasida bilim berish va munosib shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Ushbu ezgu maqsadlarning yorqin ifodasini Amudaryo tumani misolida ham yaqqol koʻrish mumkin. Joriy 2025-2026 oʻquv yili tuman taʼlim tizimi uchun ulkan oʻzgarishlar, yuksak marralar va esda qolarli yutuqlarga boy boʻldi. Tumandagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chalingan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” sadolari nafaqat navbatdagi oʻquv yilining yakuni, balki yangi hayot ostonasida turgan koʻplab yoshlar uchun porloq kelajak sari tashlangan muhim qadamning debochasiga aylandi.

Joriy oʻquv yilida Amudaryo tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinfini jami 3298 nafar oʻquvchi yoshlar tamomlamoqda. Shulardan 14 nafar bitiruvchi oltin hamda 5 nafar bitiruvchi kumush medal sohibi boʻlishdi. 25-may kuni barcha taʼlim dargohlarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari “Yuksak maʼrifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori!” degan ezgu shior ostida koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Tantanali marosimlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Shuningdek, barcha maktablarga tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari tashrif buyurib, davlatimiz rahbarining tabrigini yetkazdi va yoshlarga “Oq yoʻl” tilab, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Tumandagi peshqadam taʼlim dargohlaridan boʻlgan 40-sonli maktabda oʻtkazilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ishtirok etib, yoshlarni muborakbod etdi. Taʼkidlanganidek, tuman taʼlim tizimida joriy yilda erishilgan yutuqlar salmogʻi juda yuqori. Asosiy fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 6 nafar oʻquvchi sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida Amudaryo tumani 6-oʻrinni egalladi. “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasida 20-maktab oʻquvchisi Shahrizoda Nurimbetova Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 1-oʻrinni egallab, mamlakat bosqichiga yoʻllanma oldi. Sport sohasida ham natijalar quvonarli. Futbol boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasida 37-maktab jamoasi respublikada 1-oʻringa chiqib, final bosqichiga yoʻl oldi. Xorijiy tillarni oʻrganish koʻrsatkichlari ham keskin oshgan boʻlib, ingliz tili boʻyicha 370 nafar, umumtaʼlim fanlari boʻyicha esa 1300 nafar oʻquvchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi. Eng eʼtiborlisi, 4 ta fandan sertifikat olib, maksimal 189 ball toʻplagan 41 nafar oʻquvchi muddatidan oldin oliy taʼlim muassasasi talabasi degan sharafli nomga sazovor boʻldi.

2025-yilgi investitsiya dasturi doirasida Choykoʻl ovulidagi 59-maktabda loyiha qiymati 4 mlrd 687 mln soʻmlik 180-oʻrinli yangi 2 qavatli bino va sport zali qurib bitkazilgan boʻlsa, Boʻzyop ovulidagi 68-maktabda 5 mlrd 950 mln soʻm mablagʻ evaziga 330-oʻrinli 3 qavatli bino va sport zali foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, OPEK dasturi asosida Olmazor mahallasi hududida 120-oʻrinli bino uchun 5 mlrd 561 mln soʻm, Farovon mahallasi hududida 90-oʻrinli binoga 4 mlrd 930 mln soʻm, Arna boʻyi mahallasi hududida 150-oʻrinli bino uchun 5 mlrd 801 mln soʻm va Doʻstlik mahallasida 240-oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun 8 mlrd 610 mln soʻm yoʻnaltirildi. Umumiy qiymati 24 mlrd 902 mln soʻmlik 4 ta zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish ishlari yakunlandi.

2026-yilgi istiqbolli rejalarga muvofiq, 30-, 39- va 65-maktablarda jami 1410-oʻrinli binolarni rekonstruksiya qilish ishlari, 37-maktabda kapital taʼmirlash, 32-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida 90-oʻrinli binoni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Beshtom va Oq oltin mahallalarida jami 150-oʻrinli 2 ta yangi bogʻcha, shuningdek xalqaro bank mablagʻlari hisobidan 57- va 64-maktablar hamda 17-maktabgacha taʼlim tashkilotida yangi qurilishlar jadal olib borilmoqda.

Tumandagi ilgʻor taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan 40-sonli maktabning 11-sinfini bu yil 143 nafar, 9-sinfini esa 162 nafar oʻquvchi tamomlamoqda. Quvonarlisi, 13 nafar bitiruvchi 188 va 189 ball bilan allaqachon talabalikka qabul qilingan boʻlsa, maktab boʻyicha 142 nafar oʻquvchi 300 ga yaqin sertifikatlarni qoʻlga kiritgan. Maktab jamoasi “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida tumanda 1-oʻrinni olib 100 mln soʻm, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3-oʻrinni egallab 150 mln soʻm yutuqqa ega boʻldi.

Maktabning fidoyi ustozlari ham yuqori natijalar qayd etmoqda. Huquq fani oʻqituvchisi Iroda Yaxshimurotova “Yilning eng yaxshi huquq fani oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 1-oʻrinni egallab, mamlakat miqyosida “Eng yaxshi taqdimot egasi” nominatsiyasiga loyiq koʻrildi va hozirda “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 3-bosqichida ishtirok etmoqda. Ona tili fani oʻqituvchisi Iqboloy Yusufova esa “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili fani oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston bosqichida 1-oʻrinni, Oʻzbekiston Respublikasida esa 3-oʻrinni egalladi. Matematika fani oʻqituvchisi Sherzod Ashirov va tarix fani oʻqituvchisi Jahongir Otanazarovlarning har birining  60 nafardan oʻquvchilari turli fanlar boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan.

Fan olimpiadalarida maktabning 12 nafar oʻquvchisi tuman boʻyicha gʻolib deb topildi. Maktab qoshidagi “Turon” teatr studiyasi respublikada “Eng faol jamoa” nomini oldi. “Iqtidor maktab” ansambli tumanda 2-oʻrinni egalladi. Taʼlim dargohi “Aʼlo maktab” loyihasida 418 ball toʻplab, faxrli 2-oʻrinda bormoqda. Maktabda 31 nafar oliy toifali va 35 nafar 1-toifali oʻqituvchi mehnat qiladi. Ularning 8 nafari vazir jamgʻarmasi nomzodlari boʻlsa, 11 nafar oʻqituvchi 70 foizlik ustamaga ega. Maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova menejerlik sertifikati boʻyicha eng yuqori ball toʻplab, Malayziyada malaka oshirib qaytdi. Bunday yuqori koʻrsatkichlar, zamonaviy shart-sharoitlar va tinimsiz izlanishlar orqali qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar tuman taʼlim tizimining nurli kelajagidan dalolat beradi.

25-may kuni barcha maktablarda jaranglagan soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari ostida 3 ming nafardan ziyod oʻgʻil-qizlar mustaqil hayot sari yoʻl olgan boʻlsa, qolgan oʻquvchilar yozgi taʼtilga kuzatildi. Bitiruvchilarga nufuzli oliy oʻquv yurtlarining talabalari boʻlib, ilm choʻqqilarini zabt etish va kasb-hunar egallab, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishdek baxt nasib qilishini tilaymiz. Ularning oʻrnini bosib kelayotgan quyi sinflar oʻquvchilarining esa yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazib, yangi oʻquv yilida yanada yuksak marralarni qoʻlga kiritishlariga tilakdoshmiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019