XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video)
1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida eʼlon qilindi. Shundan buyon mazkur sana dunyo boʻylab nishonlab kelinadi.
Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, ularga zarur sharoitlar yaratish va ular uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu sana yurtimizning barcha hududlarida keng nishonlanadi. Shu kuni xasta, boquvchisini yoʻqotgan, yolgʻiz kishilar holidan xabar olinadi. Ularga homiy tashkilotlarning dori-darmonlari, tibbiy vositalar, tayanch-ortopediya moslamalaridan iborat sovgʻalari topshiriladi. Turli tadbirlar, xayriya marafonlari, kontsertlar, badiiy koʻrgazmalar tashkil etiladi.
Shunday tadbirlardan biri 3-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi “Bek” toʻyxonasida boʻlib oʻtdi. Bayram tadbiriga toʻyxona maʼmuriyati homiylik qildi. Tadbirda tumandagi nogironlar jamiyati aʼzolari, koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi.
Shu oʻrinda aytish kerakki, 3-dekabr kuni dunyo boʻylab Xalqaro nogironlar kunining oʻtkazilishi nogironlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga kelgan muammolarga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish, nogironligi boʻlgan shaxslar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan.
Bu kun aholining koʻmakka muhtoj qatlami, imkoniyati cheklangan insonlarga moddiy va maʼnaviy yordam berish, ular jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun koʻmaklashishga chorlash, bir-birimizga mehr-muruvvat koʻrsatishga undash ramzi sifatida nishonlanib kelinadi.
Shu maqsadda tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, hokimlik masʼullari va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Tuman hokimi nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimiz bilan samimiy suhbat qurib, ularga bayram sovgʻalari ulashdi.
Yurtimizda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularni moddiy taʼminlash maqsadida nogironlik nafaqalari beriladi. Aytish joizki, tumanimizda joriy yil 1-dekabr holatiga jami nogironlik boʻyicha nafaqa oluvchilar soni 4 ming 29 nafar boʻlib, shundan bolalikdan nogiron boʻlgan ijtimoiy nafaqa oluvchilar 1 ming 753 nafarni tashkil qiladi.
Shuningdek, 1-guruh nogironlari 368 nafarni, 2-guruh nogironlari 1 ming 765 nafarni, 3-guruh nogironlari esa 143 nafarni tashkil etadi.
Tuman byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi xodimlari tuman boʻyicha yakka yolgʻizlar, yotib qolgan pensionerlar va 1-2-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatlarini alohida shakllantirib, ushbu toifa faqarolarga nafaqa pullarini birinchi navbatda uylariga yetkazib berilishi yuzasidan Xalq baqnki bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
Bayram tadbirida nogironligi boʻlgan shaxslarga tuman kasaba uyushmalari kengashi tomonidan ham qimmatbaho sovgʻalar berildi. Qolaversa, mamalakatimizda nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ajratilgan 5 ta nogironlik aravachalari, 5 dona hassa, 5 ta eshitish moslamalari oʻz egalariga topshirildi.
Bu kabi tadbirlar jamiyatda ezgulik, mehr-muruvvat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy faol hayotga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy isbotidir.
Charos APSLONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶