28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:40
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,374

Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video)

Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video)

Har sohada ilgʻor va birinchilar qatorida boʻlgan amudaryoliklar qishloq xoʻjaligida ham har yili yuksak marralarga erishib kelmoqda. Davlatga pilla va gʻalla topshirish rejalarini ortigʻi bilan bajargan tuman fermerlari ayni kunlarda yana bir dovondan oshish arafasida turibdi. Tuman paxtakorlarining yil davomida qilgan fidokorona mehnatlari natijasida moʻl hosil yetishtirildi. Yigʻim-terim ishlarining uyushqoqlik bilan tashkil qilingani natijasida tuman fermerlari mamlakatimizning sarbaland “oq oltin” xirmoniga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib, shu kungacha rejadagi 32 ming 250 tonna paxtaning 28 ming tonnadan ortigʻini yigʻib-terib olib, kontraktatsiya shartnomasini salkam 90 foizga bajardilar. Bu marra toʻliq ado etilib, mehnat zafariga erishilishiga sanoqli kunlar qoldi.

Bugun tumanning qaysi dalasiga bormang, qizgʻin mehnat jarayonining guvohi boʻlasiz. Tuman boʻyicha fermer xoʻjaliklarining 7 ming 700 nafarga yaqin pudratchilari va 13 ming 900 nafarga yaqin tashabbuskor, koʻngilli terimchilarning gʻayrat-shijoatlari tufayli sarbaland paxta xirmonlari qad rostlamoqda.

Mana shunday halol va mehnatkash, uddaburon va qatʼiyatli fermerlarni, ilgʻor terimchilarni ragʻbatlantirish maqsadida deyarli har kuni tadbirlar, uchrashuv va kontsert dasturlari tashkil qilinmoqda. 6-oktyabr kuni ham ana shunday tadbir oʻtkazilib, unga tumanning Toʻlqin, Kuyuk koʻpir ovullari va Namuna mahallasida faoliyat yuritayotgan fermerlar, ilgʻor terimchilar taklif qilindi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev qatnashib, paxta yigʻim-terimida ishtirok etayotgan pudratchi va hasharchilarga tuman hokimligi nomidan minnatdorchilik izhor qildi. Faol terimchilar qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Hududdagi fermer xoʻjaliklari ichida eng yuqori hosildorlikka erishgan Kuyuk koʻpir ovulidagi “Sardor suvchi” fermer xoʻjaligining raisi Oʻrinboy Matyakubovga esa tuman hokimi Cobalt avtomashinasi sovgʻa qildi.


Darhaqiqat, mehnatning eʼtirof etilishi va ragʻbatlantirilishi kishini yanada samarali ishlashga undaydi. Bundan tashqari, tumanning barcha fermer xoʻjaliklarida tashkil qilingan otryadlarda terimchilar uchun zarur sharoitlar yaratilib, dala boshida issiq ovqat tashkil qilingani, terimchilarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun kontsert dasturlari namoyish qilinayotgani pudratchi va hasharchilar uchun ayni muddao boʻlmoqda.

Terim pullarining oʻz vaqtida, dala boshida tarqatilayotgani esa ularning moddiy manfaatdorligini oshirmoqda.


Aytish kerakki, bu yil tumanda ilk bor paxtani klaster usulida yetishtirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tabdirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi 2018-yilning sentyabr oyidan boshlab klaster usulida paxta yetishtirishni yoʻlga qoʻydi.

Klasterga Amudaryo tumanidagi 9 ta muqobil mashina-traktor parklari xizmat koʻrsatuvchi 185 ta fermer xoʻjaliklari biriktirilgan. Mazkur fermer xoʻjaliklarining 7 ming 146 gektar maydoniga ekilgan paxtadan 17 ming 472 tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Buning uchun yil boshidan mazkur fermer xoʻjaliklariga barcha resurslar, jumladan, urugʻlik chigit, yoqilgʻi moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimlik zararkunandalariga qarshi kurashish vositalari hamda barcha xizmatlar uchun toʻlovlar korxona tomonidan amalga oshirildi. Natijada klasterga qarashli fermer xoʻjaliklarida moʻl hosil yetishtirildi. Ayni kungacha 9 mlrd soʻmdan ortiq naqd pul mablagʻi terim puli sifatida tarqatilgani hamda ilgʻor terimchilarning ragʻbatlantirib borilayotgani yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda yigʻishtirib olib, yuqori navlarga topshirish orqali klaster tarkibidagi fermer xoʻjaliklarining va albatta, korxonaning daromadlari yuksalishiga zamin yaratadi.

Gʻ.Yeshniyozov

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026