14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 00:40
Jamiyat 👁 9,133

SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR

SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR

14-YaNVAR—VATAN HIMOYaChILARI KUNI

Kasblar ichida eng mashaqqatlisi va eng sharaflisi – bu ona Vatan himoyachisi boʻlishdir. Ona Yurt sarhadlarida sobit turib, oʻz kindik qoni tomgan tuproq daxlsizligini taʼminlash, xalq osoyishtaligi, tinch va farovon hayoti uchun daxldorlik tuygʻusi bilan yashash esa Vatan oʻgʻlonlariga xos. Shu bois, Mustaqil Oʻzbekistonimiz tarixidagi yorqin sahifa – 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki Qurolli kuchlar safida muqaddas burchini oʻtab qaytgan askarlar, harbiy xizmatga borish uchun shaylanayotgan minglab mard va navqiron yigitlarning, mehnatsevar va oliyjanob xalqimizning eng aziz va sharafli bayrami sifatida har yili keng nishonlanadi. Chunki xalqimiz va vatanparvar farzandlari uchun Ona Yurt himoyasi qanchalik ezgu va muqaddas boʻlsa, Milliy Armiyamiz qudratini hamda ana shu qudratli Armiyani sharaflash, qalblarida Vatanga cheksiz sadoqat tuygʻulari bilan bu aziz kunni bayram qilish bebaho qadriyatdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bugungi kunda jannatmakon yurtimizning buyuk kelajagi, xalqimizning ertangi umidi, istiqbolli rejalar va xayrli ishlarimizning davomchisi boʻlmish yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy kasbga yoʻnaltirish, qalblarida mamlakat kelajagi uchun fuqarolik masʼuliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi yetakchi institutga aylandi. Bu soʻnggi yillarda mamlakatimizda “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarda oʻz aksini topmoqda. Xalq Milliy Armiyaning har tomonlama qudrati va yordamini hayotning barcha sohalarida chin dildan his etmoqda.

Chunki mamlakatimizning barcha jabhalarini qamrab olayotgan islohotlar, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish borasidagi saʼy-harakatlar yurtimizda harbiy kasbning obroʻ-eʼtiborini, armiya va xalq yakdilligini, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuygʻusini hamda Vatan himoyachisi boʻlishdek oliyjanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy vatanparvarlik mavzusidagi ishlar mazmun-mohiyatida ham Qurolli Kuchlarimiz jangovar qobiliyatini oshirish, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, qoʻshinlarni zamonaviy qurol-aslahalar, harbiy texnika va aloqa vositalari bilan taʼminlash hamda takomillashtirish, kasbiy mahorati yuqori darajada shakllangan, oʻz burchiga sodiq, vatanparvar, mard va jasur harbiylarni tarbiyalash, chinakam Vatan himoyachisi boʻlishga qodir yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdek ezgu va sharafli maqsad mujassam.

Xususan, oʻtgan 2024-yilda Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga asosan 2002 nafar amudaryolik yoshlar roʻyxatga olindi va mutaxassislar tomonidan qatʼiy nazorat asosida saralash ishlari amalga oshirildi. Jismonan va aqlan yetuk, harbiy xizmatga layoqatli yigitlar qoʻshinlarni butlash uchun muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga yuborildi.

Shunisi quvonarliki, har ikkala yoʻnalishdagi harbiy xizmatga yuborilgan yigitlarning barchasi oʻzlari xizmat burchlarini ado etayotgan harbiy qismlarda namunali xulq-atvorlari, jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlaridagi epchilliklari hamda qatʼiyatlari bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlishmoqda.

Mudofaa ishlari boʻlimi bilan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining Chaqiriqqa qadar boʻlgan tayyorgarlik boʻyicha harbiy taʼlim rahbarlarining oʻzaro hamkorligi natijasida birgina 2024-yilda umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilaridan iborat 2002 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirokida Nukus dala-oʻquv maydonida amaliy oʻq otish mashgʻulotlari amalga oshirilib, ularning merganlik qobiliyatlari, harbiy kasbga nisbatan qiziqish va intilishlari sinovdan oʻtkazildi.

Shuningdek, amudaryolik yoshlar orasidan Qurolli Kuchlar qoʻshinlari uchun noyob mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 21 nafar harbiy xizmatga majbur fuqarolar dala-oʻquv maydonida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazildi. Oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda 18-27 yoshgacha boʻlgan 9400 nafar chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari bilan mahallabay tizimda xonadonma-xonadon yurib, chaqiriluvchilarning oilaviy ahvoli, sogʻligi, intellektual salohiyati va harbiy kasbga boʻlgan qiziqishlari oʻrganib chiqilib, targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Natijada 2025-yilgi chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga saralanib, tanlovlarga jalb etilayotgan jismonan yetuk va barkamol yoshlar har qachongidan ham koʻp. Oʻtgan 2024-yilda “Temurbeklar maktabi”ga 4 nafar, Oliy harbiy taʼlim muassasasiga 3 nafar yoshlar oʻqishga qabul qilingan boʻlsa, 2025-yilda amudaryolik yoshlar orasida Ona Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli kasbni egallash ishtiyoqidagi yoshlar safi yanada oshishi kutilmoqda. Ayni paytda 98 nafar amudaryolik mard va jasur oʻgʻlonlar mamlakatimizning turli hududlarida oʻzlarining Vatan oldidagi muqaddas burchlarini sharaf bilan ado etishmoqda. Shuningdek, 263 nafar yoshlar muddatli harbiy xizmatni va 650 nafar yoshlar esa safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatini oʻtashga shaylanishmoqda.

Shu kunlarda, yaʼni 2024-yilning 15-dekabr sanasidan 2025-yilning 15-yanvar kuniga qadar mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani singari Amudaryo tumanida ham “Yangi Oʻzbekiston Armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida Qurolli Kuchlar faxriylari, ziyolilar, sportchilar, harbiy xizmatchilar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida umumtaʼlim maktablari, harbiy qismlar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida, aholining keng qatlamlari orasida madaniy-maʼrifiy, harbiy vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazilmoqda. Oʻtkazilayotgan tadbirlarda xalqimiz jipsligi, Yangi Oʻzbekiston Armiyasidan faxrlanish tuygʻusi baralla aks etmoqda.

Yoshlar qalbida davlatimiz suvereniteti, hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayoti va xavfsizligini taʼminlashdek sharafli kasb egalari boʻlish kabi ezgu orzular yanada mustahkamlanmoqda. Chunki harbiy kasbga mehr – ona Vatanga mehr va sadoqat, xalqning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashga boʻlgan daxldorlik hissining uygʻunligidir.

Ana shunday mehr va daxldorlik tuygʻusi bilan yashayotgan vatanparvar yoshlar tufayli sarhadlarimiz mustahkam, hayotimiz osuda va xalqimiz osoyishta. Ana shu osoyishtalik va tinchlikni taʼminlab sarhadlarimizda sobit turib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida oʻz xizmat burchlarini sharaf bilan ado etayotgan ona Vatan himoyachilarini, zahiradagi harbiy xizmatchilarni va butun xalqimizni Qurolli Kuchlarimizning shonli 33-yilligi bilan chin dildan muborakbod etaman! Tinchligimiz, aziz xalqimizning jipsligi mangu, Vatan himoyachilari kuni bayrami barchaga muborak boʻlsin!

Shuhrat Mamatov, Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019