06.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
06.10.2026, 09:14
Adabiyot 👁 8,757

Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi

Sheʼriyat tilini tushungan odam soʻz qadrini ham, yurt qadrini ham teran anglaydi. Shu bois kutubxonalarda oʻtkaziladigan adabiy kechalar maʼnaviy tarbiyaning taʼsirchan shakllaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. Ular shoirning bilan kitobxonni yuzlashtiradi. Ayniqsa, oʻz yurtidan yetishib chiqqan shoirning ijodi muhokama etilsa, taʼsir kuchliroq boʻladi.

Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlangan sheʼriyat kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda shoira Zulfiya Ollayorova, taʼlim sohasi faxriysi Pardagul Urazboyeva, kutubxona xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi. Kecha samimiy muloqot ruhida tashkil etildi.

Tadbir shoirning ijodiy merosini keng targʻib qilish, uning kitoblarini kitobxonlar orasida ommalashtirish, yosh avlodda sheʼriyat va badiiy adabiyotga qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Shu bois dasturga kitob taqdimoti va sheʼrxonlik qismlari kiritildi.

Kitob taqdimoti davomida Poʻlat Xudoyberganovning hayoti va ijodiy faoliyati, milliy adabiyot ravnaqiga qoʻshayotgan hissasi haqida soʻz yuritildi. Shoir asarlaridagi insoniylik, Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, ezgulik va mehr-oqibat gʻoyalari xususida fikr almashildi. Ishtirokchilar qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Kechaning eng taʼsirli qismi sheʼrxonlik boʻldi. Kutubxona foydalanuvchilari va xodimlari shoirning sheʼrlarini ifodali oʻqib eshittirdi. Satrlardagi maʼno va ijroning taʼsirchanligi tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi. Shuningdek, mehmonlar kitobxonlikning inson maʼnaviy hayotidagi oʻrni, yoshlarni kitobga oshno qilish borasida qimmatli tavsiyalar bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Poʻlat Xudoyberganov 1956-yil 26-may kuni Amudaryo tumanidagi Qilichboy qishlogʻida tavallud topgan. U 1978-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining sirtqi boʻlimini tamomlagan va mehnat faoliyatini shu dargohning Kimyo-biologiya fakultetida boshlagan. Aynan oʻsha yillarda uning jurnalistikaga boʻlgan qiziqishi namoyon boʻldi.

Oliygohning “Pedagog” gazetasi bosh muharriri, ustozi Mamasoli Jumaboyev bilan hamkorlikda professor-oʻqituvchilar hayoti va talabalar faoliyatiga oid turkum maqolalar yozdi, ilk sheʼrlari ham matbuot nashrlarida chop etila boshladi. Mustaqillikning dastlabki yillarida u Oʻzbekiston radiosiga ishga taklif etildi. Bu yerda koʻp yillar qishloq xoʻjaligi mavzusidagi eshittirishlarga mualliflik qildi.

Shu bilan birga, shoir Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati bilan hamkorlik qildi. 2000-yildan 2017-yilgacha “Assalom, Oʻzbekiston!” telekoʻrsatuvida muxbir boʻlib ishlab, “Ibrat”, “Taʼlimning fidoyilari”, “Yuz bilan yuzlashganlar” dasturlarini tayyorladi. 2017–2019-yillarda esa “Avtohamroh” jurnalida faoliyat yuritdi.

Ijodkorning 2006-yilda “Vatan deyman”, 2009-yilda “Muhabbatsan”, 2012-yilda “Qadri baland qadrdonlarim”, 2018-yilda “Qilichboy, ona qishlogʻim”, 2021-yilda “Orzularim bir olam” nomli sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. 2021-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan. 2020-yildan buyon Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida va 354-sonli maktabda toʻgarak rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Qayd etish joizki, bunday kechalar yoshlarni shoirning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish bilan bir qatorda kitobga mehr qoʻygan yoshlar safini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Shu bois, kutubxonada shoir va yozuvchilar bilan suhbatlar, yangi nashrlar taqdimoti hamda maʼrifiy yoʻnalishdagi tadbirlar bundan keyin ham uzluksiz ravishda tashkil etilishi maʼlum qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026