Möynoq ekologiya muzeyida Vatan himoyaçilari kuniga bağişlab tadbir taşkil qilindi
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni Orolböyining eng çekka hududlarida ham özgaça kötarinkilik, faxr va iftixor ruhida nişonlanmoqda. Ana şunday maʼnaviy yuksak ruhdagi tadbirlardan biri bayram arafasida Qoraqalpoğiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali — Möynoq ekologiya muzeyida taşkil etildi. Uşbu maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv yoş avlod bilan harbiy xizmatçilar örtasida jonli muloqot maydoniga aylanib, vatanparvarlik ğoyalarini tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etdi.
“Çöqqilarda hilpirasin Vatan bayroği” mavzusida ötkazilgan tadbir nafaqat bayram tantanasi, balki yoşlar uçun öziga xos vatanparvarlik darsi vazifasini ötadi. Unda Möynoq tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining “Jasorat” maxsus sinf öquvçilari hamda hududda joylaşgan strategik ahamiyatga ega Maxsus muhandislik quriliş boşqarmasi va ixtisoslaştirilgan tabiatni tiklaş bataloni harbiy xizmatçilari iştirok etdilar. Bu esa tadbir mazmuniga yanada salmoq va amaliy ruh bağişladi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasining davlat madhiyalari sadolari ostida boşlandi. Davlat madhiyasi — mustaqillik, erkinlik va milliy ğurur ramzi sifatida yoş avlod qalbida Vatanga bölgan muhabbat va sadoqat tuyğularini mustahkamlaydi. Madhiya yangragan onlarda iştirokçilarning yuzlarida faxr, közlarida esa kelajakka işonç aks etdi. Zero, madhiya har bir fuqaroni Vatan taqdiriga daxldor ekanini his ettiruvçi muqaddas qöşiqdir.
Tadbirning aynan Möynoq ekologiya muzeyida ötkazilişi esa çuqur ramziy maʼnoga ega. Bu maskan bir tomondan Orol dengizining oğriqli tarixi va inson faoliyatining tabiatga taʼsirini yodga solsa, ikkinçi tomondan, tadbirda iştirok etgan “Tabiatni tiklaş bataloni” harbiy xizmatçilari bugungi kunda Orolning qurigan tubida “yaşil qoplama”lar barpo etib, ekologik falokat oqibatlariga qarşi mardonavor kuraş olib borayotganliklarini namoyon etdi. Bu esa “Vatan himoyasi” tuşunçasi faqat qurol bilan emas, balki mehnat, masʼuliyat va fidoyilik bilan ham amalga oşirilişini yaqqol körsatdi.
Bayram dasturi davomida maktabning “Jasorat” sinfi öquvçilari öz isteʼdodlarini namoyon etdilar. Ular ijro etgan Vatanni madh etuvçi jangovar ruhdagi qöşiqlar, milliy raqslar va sahna çiqişlari yiğilganlarga kötarinki kayfiyat bağişladi. Öquvçilarning harbiyça intizomi, özlariga bölgan işonçi va çiqişlardagi jipsligi ularning kelajakda harbiy sohani tanlaşga bölgan qiziqişi yuqori ekanligidan dalolat berdi.
Uçraşuvning eng qiziqarli qismi harbiylar va öquvçilar örtasida taşkil etilgan viktorina böldi. Özbekiston tarixi, buyuk sarkardalarimiz hayoti va harbiy xizmatga oid savollar yoşlarning bilim saviyasini sinovdan ötkazdi. Qiziqarli bahs-munozaralarga boy bölgan savol-javoblar jarayonida faol iştirok etgan öquvçilar va harbiylar muzey maʼmuriyati tomonidan rağbatlantirildi.
Uşbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yoşlarda Milliy Armiyamizga bölgan faxr tuyğusini yanada oşiriş, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaş hamda harbiy xizmatning şarafli va masʼuliyatli burç ekanligini çuqur his etişlariga xizmat qildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶