“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqiçi ötkazildi
Qoraqalpoğiston Respublikasida yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning harbiy-amaliy könikmalarini rivojlantiriş, jismoniy va maʼnaviy barkamolligini oşirişga qaratilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqiçi yuqori saviyada ötkazildi. Mudofaa vaziri kubogi uçun taşkil etilgan mazkur nufuzli bellaşuvda umumtaʼlim maktablarining eng faol va iqtidorli öquvçilari öz bilim, mahorat va jasoratini namoyon etdi.
Musobaqada tuman bosqiçlarida faxrli birinçi örinni egallagan 17 ta jamoa iştirok etdi. Ular umumtaʼlim maktablarining 10–11-sinf öquvçilaridan iborat “Vatan tayançi” otryadi aʼzolaridir. Yoşlar 7 ta jamoaviy va 3 ta yakka tartibdagi, jami 10 ta murakkab hamda masʼuliyatli şart asosida özaro bellaşdi. Har bir şart iştirokçilardan nafaqat jismoniy çidam va çaqqonlikni, balki tezkor fikrlaş, jamoaviy hamjihatlik va yurtga sadoqat kabi muhim fazilatlarni ham talab qilişi bilan ahamiyatli böldi.
Bellaşuvlar davomida saf qöşiğini ijro etiş, arqon tortiş, turnikda tortiniş, press maşqlari, harbiy estafeta va öq otiş böyiça sinovlar taşkil etildi. Bu şartlar yoşlarning jismoniy tayyorgarligi, intizomi va matonatini sinaş bilan birga, ularda harbiy muhitga xos masʼuliyat va irodani ham şakllantirdi. Şu bilan birga, “Temur tuzuklari bilimdoni” şarti orqali iştirokçilar milliy tarix, harbiy meros va ajdodlar jasoratiga oid bilimlarini sinovdan ötkazdilar.
Musobaqaning yana bir muhim jihati şundaki, unda yoşlarning amaliy tayyorgarligiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, birinçi tez tibbiy yordam körsatiş, AK-74 qurolini soçiş va yiğiş kabi sinovlar iştirokçilarning nazariy bilimi amaliyot bilan uyğun ekanini körsatdi. Zamonaviy tafakkur va innovatsion yondaşuvni aks ettirgan robototexnika körgazmasi esa musobaqaga alohida ruh bağişlab, yoş avlodning texnologiyalarga bölgan qiziqişi va salohiyatini yaqqol namoyon qildi.
Bellaşuvlar jarayonida har bir jamoa özining jipsligi, qatʼiyati va vatanparvarlik tuyğusini körsatib, ğalaba sari intilişini namoyon etdi. Maydonda hukm surgan soğlom raqobat, şijoat va jöşqin kayfiyat yoşlarning qalbida yurtga sadoqat, xalq va Vatan oldidagi masʼuliyat hissini yanada mustahkamladi.
Tadbir yakunida ğoliblar va faol iştirok etgan jamoalar Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qömondoni, Yoşlar ittifoqining Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi, Yoşlar işlari agentligi hamda hududiy “Vatanparvar” taşkiloti tomonidan munosib taqdirlandi. Eng yuqori natijani qayd etib, faxrli birinçi örinni qölga kiritgan jamoaga qömondon kubogi topşirildi va ular Mudofaa vazirligi bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Mazkur musobaqa yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni jismonan baquvvat, maʼnan yetuk va yurt taqdiriga daxldor avlod sifatida voyaga yetkaziş yölida muhim ahamiyat kasb etdi. Zero, Vatan kelajagi uni sevuvçi, himoya qilişga tayyor va bilimli yoşlar qölidadir. Bu kabi musobaqalar esa Yangi Özbekistonning işonçli tayançi bölgan vatanparvar yoşlarni tarbiyalaşda muhim örin tutadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶