06.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
06.10.2026, 10:28
Jamiyat 👁 9,498

Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar

Yoshlar — jamiyatning ertangi kuni, yurt taraqqiyotining eng katta harakatlantiruvchi kuchidir. Ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, sport bilan muntazam shugʻullanishi va oʻz isteʼdodini namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi masʼullar tomonidan Toʻlqin ovulida yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuv ayni maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taʼlim olishi, sport bilan shugʻullanishi, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishi, iqtidor va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tashrif 33-sonli umumtaʼlim maktabidagi sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Bu yerda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, oʻquv xonalarining holati, mavjud infratuzilma, sport inshootlari hamda oʻquvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar koʻzdan kechirildi.

Bugun taʼlimga yaratilayotgan har qanday imkoniyat ertangi kun uchun kiritilgan sarmoyadir. Shu bois maktablarda oʻquvchilar bilimini oshirish bilan bir qatorda, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish ham dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.

Uchrashuvda maktabda faoliyat yuritayotgan basketbol toʻgaragiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Basketbol maydonida shugʻullanayotgan yoshlarning ishtiyoqi, jamoaviy harakatlari va sportga boʻlgan qiziqishi bunday mashgʻulotlar yoshlar hayotida naqadar muhim oʻrin tutayotganini koʻrsatdi. Zero, sport bilan band boʻlgan yoshning vaqti mazmunli oʻtadi, unda intizom, iroda, masʼuliyat va gʻalabaga intilish kabi fazilatlar shakllanadi.

Shu jihatdan ham, hududlarda turli sport toʻgaraklarini koʻpaytirish, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib ular uchun zarur sharoitlarni yaratish nafaqat sportni rivojlantirish, balki barkamol avlodni tarbiyalashning muhim yoʻnalishlaridan biri.

Tashrif doirasida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan boks sport maktabi faoliyati ham koʻzdan kechirildi. Bu yerda muntazam shugʻullanayotgan yosh sportchilar bilan samimiy muloqot oʻtkazilib, ularning mashgʻulotlari, erishayotgan natijalari va kelgusidagi maqsadlari oʻrganildi.

Boks — yosh sportchidan nafaqat jismoniy kuch, balki qatʼiyat, sabr-toqat, oʻzini boshqara bilish va kuchli iroda talab qiladigan sport turi. Ringda har bir jang sportchining mahorati bilan birga uning ruhiy tayyorgarligini ham sinovdan oʻtkazadi. Shu bois boks bilan shugʻullanayotgan yoshlarning har bir yutugʻi ortida mashaqqatli mehnat va tinimsiz izlanish mujassam.

Tashrif doirasida boks boʻyicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari ham tashkil etildi. Unda yosh bokschilar oʻz mahorat va irodalarini namoyish etib, gʻoliblik uchun murosasiz bahslarga kirishdilar. Musobaqa yoshlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni yanada katta marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

Taʼkidlash joizki, bugun yoshlar faqatgina eʼtibor va imkoniyat kutayotgan qatlam emas. Ular oʻz gʻoyalariga, tashabbuslariga va aniq maqsadlariga ega boʻlgan faol avloddir. Muhimi, ana shu tashabbuslarni eshitish, qoʻllab-quvvatlash va ularni amaliy loyihalarga aylantirish uchun imkoniyat yaratishdir. Yoshlar uchun yaratilgan har bir imkoniyat — kelajak uchun qoʻyilgan mustahkam poydevordir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026