Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarşi profilaktika işlari davom etmoqda
Farzandlarimiz salomatligi – jamiyatimizning eng muhim boyligi va kelajagimiz poydevoridir. Ayniqsa, yoş avlodni turli yuqumli xastaliklardan asraş, ularning soğlom muhitda voyaga yetişini taʼminlaş bugungi kun tibbiyotining eng dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Şu maqsadda Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan keng kölamli profilaktik tadbirlar izçil amalga oşirilmoqda. Uşbu çora-tadbirlar asosan tumandagi umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanayotgan, şuningdek, aholi orasidagi 10 yoşgaça bölgan bolalar örtasida turli xil parazitar yuqumli kasalliklar, xususan, gijja xastaliklarining oldini olişga qaratilgandir.
Mazkur jarayonlarni tizimli va samarali taşkil etiş maqsadida tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan maxsus reja-grafik tasdiqlangan. Uşbu hujjat tuman tibbiyot birlaşmasi hamda Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi bilan özaro hamkorlikda işlab çiqilgan bölib, unga köra hududda joylaşgan barça taʼlim muassasalari qamrab olingan.
Xususan, umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf öquvçilari, maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari, şuningdek, ambulator va statsionar şaroitda davolanayotgan bolalar orasida gijja kasalliklarini erta aniqlaş va ularni davolaş böyiça muntazam laborator tekşiruvlari yölga qöyilgan. Jumladan, yaqinda tumandagi 51- va 5-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotlarida ham jajji tarbiyalanuvçilar salomatligini asraş maqsadida xuddi şunday maxsus skrining va profilaktika tadbirlari taşkil qilindi. Uşbu skrining natijalariga köra, gelmint tuxumlari aniqlangan uyuşgan va uyuşmagan bolalar, şuningdek, ular bilan yaqin muloqotda bölgan tengdoşlarini davolaş çoralari körilmoqda. Malakali tibbiyot xodimlari tomonidan bemor bolalarga ularning yaşaş manzillari, maktab sinflari va boğça guruhlarida maxsus dori preparatlari tarqatilib, davolaş muolajalari nazoratga olingan.
Gijja kasalliklariga qarşi kuraşiş tadbirlariga yetarli darajada tajribali tibbiyot xodimlari jalb etilgan bölib, işlar qatʼiy grafik asosida, yuqori masʼuliyat bilan olib borilmoqda. Biroq, kasallikni yengiş uçun faqatgina tibbiy muolajalarning özi kifoya qilmaydi. Şu boisdan, taʼlim va tarbiya muassasalarida, mahallalarda uyma-uy yurgan holda ota-onalar va bolalar örtasida keng qamrovli tuşuntiriş va tarğibot işlari ham olib borilyapti. Mutaxassislar tomonidan aholiga şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qiliş, xususan, qöllarni sovunlab yuviş, tirnoqlarni doimiy ravişda kalta qilib yuriş, içki kiyim va çoyşablarni muntazam almaştiriş va ularni töğri zararsizlantiriş muhimligi tuşuntirilmoqda.
Parazitologik tekşiruvlarning asosiy maqsadi faqatgina xastalikni qayd etiş emas, balki aholi, ayniqsa, bolalar orasida tarqalişi mumkin bölgan infektsiyalarni erta bosqiçda aniqlaş, ularning zanjirini uziş va hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlaşdir. Bolalar kunning asosiy qismini jamoaviy muhitda ötkazişi inobatga olinsa, bunday joylarda bitta kasallangan bola orqali boşqalarga tez yuqiş xavfi yuqori böladi. Şuning uçun ham laboratoriya tekşiruvlarida turli biologik namunalar olinib, ularda gijja tuxumlari, liçinkalari va boşqa turdagi parazitlarning şakllari çuqur tahlil qilinmoqda.
Şu örinda, maktabgaça taʼlim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga sözsiz rioya qilinişi juda katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaş joiz. Xonalarni muntazam ravişda tozalaş va şamollatiş, bolalarning qöl yuvişi uçun barça zarur şaroitlarni yaratiş, içimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlaş, şuningdek, öyinçoqlar va kundalik buyumlarni toza saqlaş kabi oddiy, ammo öta muhim qoidalar parazitar kasalliklarning oldini olişda eng asosiy vosita bölib xizmat qiladi.
Xulosa örnida şuni alohida qayd etiş kerakki, yuqumli kasalliklar, xususan, gijja xastaliklariga qarşi kuraşişda faqatgina tibbiyot xodimlarining mehnati va laboratoriya tekşiruvlari bilan çeklanib bölmaydi. Bu jarayonda har bir ota-onaning, umuman olganda, butun aholining tibbiy madaniyati va şaxsiy gigiyena qoidalariga qançalik amal qilişi hal qiluvçi örin tutadi.
Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari esa parazitar kasalliklarni öz vaqtida aniqlaş, laboratoriya tahlillarini sifatli hamda belgilangan standartlar asosida amalga oşiriş, eng muhimi, kasallik öçoqlarini bartaraf etib, aholi salomatligini himoya qiliş yölida öz xizmatlarini uzluksiz davom ettirmoqdalar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶