Takroriy ekinlardan möl hosil oliş yölida
Dehqonçilik ilmi va yerga bölgan yuksak eʼtibor yurtimiz qişloq xöjaligida ulkan marralarni zabt etişga, eng asosiysi, xalqimiz dasturxonining tökinligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda. Joriy yilda ham Amudaryo tumani ğallakorlari yer bilan tillaşib, kontraktatsiya şartnomalarini ortiği bilan bajarişga erişdilar va möl xirmon bunyod etdilar. Öz navbatida har bir qariç yerdan unumli va oqilona foydalaniş maqsadida ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlar ekilib, tekis nihol olişga erişildi. Uşbu maydonlarga takroriy ekin sifatida asosan sabzavot, poliz mahsulotlari, moş va çorva mollari uçun töyimli ozuqalar ekilgan.
Tumanning Dörman ovuli hududida faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklarining 229 gektar, şuningdek, Xolimbeg ovulidagi fermer xöjaliklarining 194 gektar ğalladan böşagan maydoniga ham turli xil takroriy ekinlar ekilgan. Bu jarayonda tuman fermerlar kengaşi masʼullari ham çetda turmay, takroriy ekin ekkan fermer xöjaliklariga taşrif buyurib, dehqonlarga yaqindan kömak bermoqdalar. Ular tomonidan yerdan unumli foydalanişning mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşdagi örni va fermer xöjaliklarining moliyaviy körsatkiçlarini, iqtisodiy daromadlarini yaxşilaşdagi ahamiyati haqida keng tuşunçalar hamda tegişli tavsiyalar berib borilmoqda.
Agrar soha mutaxassislarining taʼkidlaşiça, takroriy ekinlarning qişloq xöjaligidagi ahamiyati juda katta. Eng avvalo, bu usul yerdan maksimal darajada samarali foydalaniş, yaʼni bir maydonning özidan yil davomida kamida 2-marta hosil oliş imkonini beradi. Qolaversa, bu jarayon aholini yil davomida yangi, sarxil va sifatli sabzavot, poliz hamda çorva ozuqa mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlaş orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaydi.
Agrotexnik nuqtai nazardan esa, dukkakli ekinlar ekilganda tuproq tarkibi sof azot bilan boyib, uning strukturasi yaxşilanadi va unumdorligi ortadi. Natijada, fermer va dehqon xöjaliklari uçun mömaygina qöşimça iqtisodiy foyda keltiradi. Odatda, takroriy ekin sifatida vegetatsiya davri nisbatan qisqa bölgan va issiqsevar ösimliklar tanlanadi. Don va dukkakli ekinlardan moş, loviya, jöxori va çorva ozuqasi uçun makkajöxori va boşqa ozuqa ekinlari şular jumlasidandir.
Ayni kunlarda yoz mavsumida turli xil haşarotlar va zararkunandalarning faolligi yuqori darajada bölgani uçun fermerlar va mutaxassislar tomonidan ekinlarning holati doimiy ravişda nazorat qilinib, kasalliklarga qarşi öz vaqtida kimyoviy va biologik işlov berilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, dehqonlarimizning bugungi maşaqqatli mehnati, yerga berilayotgan mehr va töğri qöllanilayotgan agrotexnik tadbirlar kuzga borib yurtimiz bozorlarida tökin-soçinlikni taʼminlaydi va iqtisodiyotimizning yanada yuksalişiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶