Farovon mahallasi: Kambağallikni qisqartiriş va tadbirkorlikni rivojlantiriş yölida amaliy işlar qilinmoqda
Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan. Uşbu ezgu maqsadlarning amaldagi ijrosini Amudaryo tumanidagi Farovon mahallasi misolida yaqqol köriş mumkin. Bu yerda “Mahalla yettiligi”, xususan, hokim yordamçisi Muqaddas Beknazarova boşçiligida aholining daromad manbalarini kengaytiriş böyiça tizimli va manzilli işlar olib borilmoqda. Faqatgina qoğozlardagi raqamlar emas, balki aholining real muammolarini içidan örganiş va ularga amaliy kömak beriş mahalladagi faoliyatning asosiy mezoni etib belgilangan. Bu borada ayniqsa yoşlar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga alohida urğu berilmoqda.
Joriy yilning ötgan 6 oyi davomida fuqarolarning murojaatlari, tadbirkorlik qiliş istagi va ehtiyojlari çuqur tahlil qilinib, aniq manzilli çora-tadbirlar işlab çiqildi. Öz biznesini boşlaş istagida bölganlarga biznes-reja tuziş va hujjatlarni rasmiylaştirişda yaqindan yordam körsatildi. Natijada 58 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning barçasi soliq.uz elektron platformasi orqali rasmiy röyxatdan ötkazildi va doimiy bandligi taʼminlandi.
Aholi, ayniqsa yoşlar va xotin-qizlarga tikuvçilik, çorvaçilik, issiqxona xöjaligi, savdo, parrandaçilik va xizmat körsatiş kabi serdaromad sohalarni rivojlantiriş böyiça kredit mablağlari ajratilib, köplab oilalarning moliyaviy barqarorligi taʼminlanmoqda. Şu bilan birga, bandlikni taʼminlaş yönalişida aholini, ayniqsa yoşlarni kasb-hunarga öqitişga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Joriy yilning ötgan davri mobaynida 31 nafar fuqaro, jumladan, 5 nafar yoşlar turli kasb-hunar kurslarida öqitilib, maxsus sertifikatlarga ega böldi. Şuningdek, aholi orasida kooperatsiyaning afzalliklari va davlat subsidiyalari haqida keng qamrovli tarğibot işlari olib borilmoqda.
Yaratilayotgan bunday şart-şaroitlar joylarda yangi biznes subʼektlarining paydo bölişiga mustahkam zamin yaratmoqda. Masalan, Farovon-3 köçasida istiqomat qiluvçi yoş tadbirkor Jahongir Rahimboyev davlat kömagidan unumli foydalanib, "JAHONGIR OLTINOY" masʼuliyati çeklangan jamiyatini davlat röyxatidan ötkazdi. Aholi ehtiyojidan kelib çiqib taşkil etilgan uşbu veterinariya dorixonasi bugungi kunda çorvadorlarga zarur dori vositalari va ozuqa qöşimçalarini uzluksiz yetkazib bermoqda. Kelgusida tadbirkor öz xizmat turlarini yanada kengaytirib, qöşimça iş örinlari yaratişni maqsad qilgan.
Xuddi şunday, mahallaning taşabbuskor yoşlaridan yana biri Yorqinoy Yerimbetova yakka tartibdagi tadbirkor sifatida öz tikuvçilik tsexini oçdi. Bugungi kunda samarali faoliyat yuritayotgan uşbu maskanda xotin-qizlar uçun milliy va zamonaviy liboslar, töy liboslari biçib-tikilmoqda. Yorqinoyning kelajakdagi rejalari katta bölib, u zamonaviy uskunalar xarid qiliş orqali mahalladagi işsiz ayollarni doimiy iş bilan taʼminlaşni niyat qilgan.
Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni manzilli qöllab-quvvatlaş tizimi ham eʼtiborga molik. Hududdagi jami 998 ta oila töliq xatlovdan ötkazilib, ularning 54 tasi ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Şulardan 23 tasi davlat taʼminotidagi, 25 tasi kambağal va 6 tasi kambağallik çegarasidagi oilalardir.
Reyestrga kiritilgan barça oilalarning şaroitidan kelib çiqqan holda individual dastur işlab çiqilib, bugungi kunga qadar 35 nafar fuqaroning muammolari ijobiy hal etildi. Şuningdek, kambağal oilalar aʼzolarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida 3 nafar fuqaroga asbob-uskuna xarid qiliş uçun salkam 15 million söm miqdorida ssuda mablağlari ajratib berildi.
Olib borilgan mana şunday tizimli va keng qamrovli işlar natijasida Farovon mahallasida kambağallik darajasi 2,5 foizga tuşirilişiga erişildi. Bu körsatkiçlar şunçaki statistika emas, balki odamlarning hayotdan rozi bölib, ertangi kunga işonç bilan intilayotganining amaldagi ifodasidir.
Hududda tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini yuksaltiriş borasidagi işlar kelgusida ham uzluksiz davom ettiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶