Temir yöl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlaşdilar
Yurtimizda 2017-yildan buyon avgust oyining birinçi yakşanbasi Temir yöl transporti xodimlari kuni sifatida keng nişonlanib kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizda zamonaviy infratuzilmaga ega bölgan, aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini tölaqonli taʼminlay oladigan yaxlit temir yöl tarmoqlari kirib bormagan bironta ham hudud yöq hisobi. Uşbu keng kölamli tarmoqning tarixiga nazar taşlasak, Amudaryo tumanida ham 1968-1969-yillarda Jumurtov toğ-kon hududida dastlabki temir yöl tarmoği qurilib, Jumurtov stantsiyasi taşkil etilgan edi. Mazkur stantsiya uzoq yillar davomida mintaqa sanoatiga xizmat qildi. U 1985-yildan boşlab Urganç lokomotiv deposi tarkibida, 2000-yildan esa Qönğirot lokomotiv deposi tarkibida faoliyat olib bordi. 2008-yilga kelib Jumurtov stantsiyasi faoliyati tugatildi, bu yerda mehnat qilgan fidoyi xodimlar esa “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Qoraözak stantsiyasida öz faoliyatlarini davom ettirdilar va ularning aksariyati aynan şu maskandan pensiyaga çiqdilar.
Joriy yilning 2-avgust kuni Temir yöl transporti xodimlari kuni munosabati bilan özlarining ilk kasbiy faoliyatlarini Jumurtov stantsiyasida boşlagan, 1970-yillardan eʼtiboran uşbu şarafli sohaga kirib kelib, to nafaqaga çiqqunlariga qadar maşinist vazifasida mehnat qilgan sobiq hamkasblarning diydorlaşuv keçasi bölib ötdi. Öz hayotining eng gözal yillarini va butun kuç-ğayratini temir yöl transporti sohasiga bağişlagan faxriylar bugungi kundagi ulkan yangilanişlar, yuksak taraqqiyot va özlari işlagan davr örtasidagi keskin ijobiy farq haqida mamnuniyat bilan söz yuritdilar. Albatta, bunday samimiy uçraşuvlar şirin xotiralarni yodga soliş bilan birga, bugungi kunning qadriga yetişga ham undaydi.
Suhbat davomida sönggi yillardagi eng yirik va tarixiy loyihalardan biri — Amudaryo ustidan ötuvçi temir yöl va avtomobil yöli qöşma köprigining foydalanişga topşirilişi alohida eʼtirof etildi. Uşbu inşoot nafaqat xalqimiz uçun asr yangiligi böldi, balki Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining har tomonlama ravnaq topişida öta muhim strategik ahamiyat kasb etdi. Uzunligi 423 metrni taşkil qiluvçi uşbu muhtaşam köprik bilan bir qatorda, Xorazm viloyatining Şovot hamda Qoraqalpoğistonning Qoraözak bekatlarini özaro boğlovçi 85 kilometrlik temir yöl tarmoği va 3 ta eng zamonaviy qulayliklarga ega vokzal binolari barpo etildi. Buning natijasida uşbu yönaliş böyiça temir yöl masofasi 180 kilometrga, yuk taşiş tezligi esa 6 soatga qisqargani soha faxriylari tomonidan yuqori baholandi.
Şuningdek, faxriy temiryölçilar Jumurtov stantsiyasining 2025-yildan boşlab öz faoliyatini qayta tiklaganini alohida olqişladilar. Bu loyiha Qoraözak konlari va Jumurtov toğ-kon mahsulotlarini poyezdlarda taşiş imkoniyatini kengaytirişi bilan nihoyatda ahamiyatlidir.
Xalqimizda “yöl maşaqqatini yölçi biladi” degan teran maʼnoli ibora bor. Umrini pölat izlar ustida, maşaqqatli va şarafli yöllarda ötkazgan sobiq hamkasblar temir yöl transporti sohasining bugungi yoş mutaxassislariga kelgusi işlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Uşbu fayzli va bayramona uçraşuv davomida faxriylar tadbirni yuqori saviyada taşkil etgan hamkasblariga çin dildan minnatdorçiligini bildirdilar.
Bayram bahona diydor körişgan, sohadagi eng sönggi yangiliklardan xabardor bölib, tökin dasturxon atrofida yoşlik xotiralarini esga olgan döstlar davrasi uzoq vaqt davom etdi va barçaning qalbiga çeksiz jöşqinlik hamda kötarinki kayfiyat bağişladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶