“Manğit savdo kompleksi” MÇJga qaraşli bozor faoliyatidan lavha (+video)
Keyingi yillarda tumanimizda aholiga xizmat körsatilayotgan bozorlarimizni tartibga soliş böyiça qator amaliy işlar qilindi. Turli xil isteʼmol mollari, ehtiyoj uçun zarur narsalar savdosiga ixtisoslaştirilgan tumanimizdagi “Manğit savdo kompleksi” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli buyum bozorida ham şaroitlar yaxşilandi. Savdo majmuasi talab darajasidagi turğun savdo dökonlariga ega böldi, şoxobçalar tartibga keltirildi.
Tuman hokimining tegişli qarori asosida 2009-yilda “Manğit buyum va sanoat mollari bozori” sifatida taşkil etilgan bozor 2010-yilda “Manğit savdo kompleksi” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga aylantirildi. Şundan söng, “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori va “Özbekiston Pespublikasi bozorlarida savdo faoliyatini taşkil etiş qoidalari töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tizimli işlar amalga oşirildi.
Bozor infratuzilmasini yaxşilaş maqsadida elektr energiyasi taʼminotining sifati yaxşilandi. Kuzatuv kameralari örnatilib, qöriqlaş xizmati yölga qöyildi. Bozor hududi obodonlaştirilib, çiqindilarning vaqtida olib ketilişi taʼminlandi. Yonğin xavfining oldini oliş maqsadida yonğinga qarşi vositalar bilan jihozlangan maxsus şkaf örnatildi va 50 metr kub hajmdagi suv saqlaş hovuzi qurildi.
Savdo majmuasi joylaşgan hudud 2,12 gektar yer maydoniga ega. Bozor hududida 270 ta turğun savdo şoxobçasi mavjud. Majmuada çinni buyumlar, maişiy texnika jihozlari, kiyim-keçak, oyoq kiyimlar, matolar, atir-upa va galanteriya mahsulotlari savdo qilinadigan dökonlar tartib bilan joylaştirilib, xaridorlarga qulaylik yaratildi. Hozirgi kunda 200dan ortiq tadbirkorlik subʼektlari tomonidan aholiga xizmat körsatiladi. Undan taşqari hududda oşxonalar, tikuvçilik tsexlari ham faoliyat körsatadi. Har bir savdo şoxobçasi nazorat maşinasi va tölov terminali bilan jihozlangan. Majmua maʼmuriyati tomonidan tuman Davlat soliq inspektsiyasi, Içki işlar bölimi profilaktika inspektori hamkorligida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini oliş böyiça reydlar taşkil qilib boriladi. Şuningdek, favqulodda hodisalardan ogoh bölişlarini taʼminlaş va tozalikka muntazam amal qilinişini yölga qöyiş maqsadida Yonğin xavfsizligi bölimi, Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari iştirokida ham taşviqot tadbirlari ötkazilib turiladi. Şuningdek, xaridorga kassa çeki beriş, hisob-kitobni plastik kartoçkalar vositasida olib boriş, ijara munosabatlari kabi masalalar ham muntazam nazorat ostida.
Bir söz bilan aytilganda, turli körinişdagi qonunbuzilişlarning oldini oliş va barham berişga, savdo va xizmat körsatiş madaniyatining yuksalişiga, isteʼmolçi haq-huquqlari himoyasi amaliyotiga munosib uluş qöşib borişga ham harakat qilinmoqda.
Savdo majmuasida yaratilgan şaroit va qulayliklardan tadbirkorlar ham, isteʼmolçilar ham nihoyatda mamnun. Körsatilayotgan xizmatlar köngildagidek bölganligi sababli tadbirkorlar şartnomada belgilangan tölovlarni öz vaqtida amalga oşirişga intilişadi. “Manğit savdo kompleksi” masʼuliyati çeklangan jamiyati zimmasidagi daromad rejasi doim ortiği bilan bajarilib kelindi. Mazkur yilning 6 oyligi yakuni uçun belgilangan 218 mln. sömdan ortiq bölgan rejani 218 mln. 117, 4 ming sömga ortiği bilan, yaʼni 100,5 foizga uddalandi. Mahalliy byudjet uçun belgilangan112 mln. 639 ming söm reja esa 112 mln. 900 ming sömga, yaʼni 100, 2 foizga oşirib bajarildi.
Ötgan davrlar mobaynida daromadlar hisobidan kiriş va içki hududdagi yölakçalar yölak toşlari yotqizilib tekislandi. Yoğingarçilik paytida kölmaklar paydo bölişining oldini oliş maqsadida talab darajasidagi kanalizatsiya tarmoqlari qurildi. Çiqindilar uçun alohida maydonça ajratilib, yölakçalarga 30 tadan ziyod maxsus idişlar qöyildi. Bozorning taşqi tomonidagi yöllar ham taʼmirlanib, toş yotqizildi va tungi çiroqlar örnatildi. Tuman hokimining qarori asosida savdo majmuasi tasarrufidagi 300 metr kv. yer maydonida avtomobillar uçun maxsus töxtaş joyi taşkil etildi hamda pulli xizmat körsatiş yölga qöyilib, nazorat kassa maşinasi, tölov terminali bilan jihozlandi.
Savdo majmualari, bozorlar aholi turmuş farovonligini aks ettiruvçi öziga xos ijtimoiy-iqtisodiy markaz hisoblanadi. Bozorning obodligi, tökin-soçinligi elning obodligidan, töqligidan nişona. Yurt körki bölgan bozorlarimizda xizmat körsatiş sifatining yaxşilanişi daromad va tuşumlar köpayişiga, iqtisodiyot yanada ösişiga olib keladi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶