IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video)
Mamlakatimizda shaharlar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu yoʻnalishdagi ishlarni izchil amalga oshirish maqsadida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari doirasida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi shahar va tumanlarda joylashgan mahallalardagi ichki koʻchalarning holatini yaxshilash va taʼmirlash yuzasidan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilinmoqda. Tumanimizda ham shunday oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Oʻquv mashgʻulotlari Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Obod qishloq davlat dasturi toʻgʻrisida”gi hamda “Obod mahalla davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonlari ijrosini taʼminlash va qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash maqsadida tashkil qilindi.
Mashgʻulotlardan asosiy maqsad – hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasini barpo qilish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirishdir.
Mashgʻulotlar doirasida asosiy eʼtibor joriy yilning 22-dekabr kuni oʻtkaziladigan saylov jarayonida aholiga yengilliklar yaratish, bu borada shahar va tumanlarda joylashgan eng uzoq hamda borish qiyin boʻlgan saylov uchastkalari hududidagi ichki xoʻjalik yoʻllari holatini yaxshilashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Amudaryo tumanidagi mashgʻulotlar unda ishtirok etuvchi masʼullar yigʻilishi va maxsus texnikalar namoyishi bilan boshlanib, amaliy ishlar tumanning olis hududlari, xususan Xolimbeg va Kuyuk koʻpir ovullarida davom ettirildi.
Aytish kerakki, yoʻl xoʻjaligi ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega. Nafaqat iqtisodiyot rivoji, balki aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat koʻratishiga bogʻliq.
Shu maqsadda tuman hokimligi va Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan tashkil qilingan amaliy mashgʻulotlar davomida Xolimbeg ovuli hududida joylashgan 17-sonli maktab binosiga va Kuyuk koʻpir ovulida joylashgan 19- va 14-sonli maktablar binolariga olib boruvchi yoʻllar shagʻal tosh yotqizildi.
Oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlarga jami 37 ta texnika va 103 nafar fuqarolar safarbar qilindi. Bundan tashqari, qish mavsumida aholining isitish vositalariga talabi ortishi inobatga olinib, mashgʻulotlar davomida aholiga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, tumanda favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va bunday holatlar yuz berganda harakat qilish boʻyicha samarali tizimi yaratilgan. Aholi punktlarida kommunal xizmatlarni kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha zarur ishlar asalga oshirildi. Bu jarayonda favqulodda vaziyatlar boʻlimi tumandagi barcha kommunal xizmatlar tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha shtab tashkil etildi va mazkur shtab samarali faoliyat olib bormoqda.
Bu kabi tadbirlardan asosiy maqsad aholi uchun qulayliklar yaratish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻlib hisoblanadi.
Charos APSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶