Amudaryo tumanida ijtimoiy xodimlar uçun maxsus öquv-seminar taşkil etildi
Jamiyatning eng muhim asosi bölgan oilalar va fuqarolarning farovonligini taʼminlaş, ularni ijtimoiy jihatdan qöllab-quvvatlaş bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga manzilli kömak körsatiş maqsadida köplab tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Ana şunday ezgu maqsadlar yölida taşkil etilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari joylarda aholining haqiqiy suyançiğiga aylanib ulgurdi. Uşbu markazlarning asosiy kuçi va tayançi bölgan ijtimoiy xodimlarning kasbiy mahoratini doimiy ravişda oşirib boriş esa körsatilayotgan xizmatlar sifatini kafolatlaydigan muhim omildir.
Şu maqsadda Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida mahallalarda kompleks xizmat körsatuvçi ijtimoiy xodimlar uçun maxsus öquv-seminar treningi taşkil etildi. Uşbu tadbir xodimlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştiriş, ularning kasbiy salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgani bilan ğoyat ahamiyatli böldi.
Tadbirda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oşiriş markazi mutaxassislari bevosita iştirok etib, özlarining boy tajribalari bilan örtoqlaşdilar. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ijtimoiy xodimlarga metodologik hamda kasbiy qöllab-quvvatlaş böyiça qator muhim tavsiyalar berildi.
Maʼlumki, ijtimoiy xodimning işi nafaqat huquqiy va iqtisodiy bilimlarni, balki çuqur psixologik tayyorgarlikni ham talab etadi. Şu bois, trening davomida ijtimoiy xodimlarning xizmat faoliyatida oilalar bilan samarali işlaş mexanizmlarini takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratildi. Har bir xonadonning öziga xos muhiti, dunyoqaraşi va muammolari mavjud. Bunday şaroitda fuqarolar bilan töğri va samimiy muloqot örnatiş, ularning işonçini qozoniş va dardlarini tinglay oliş mahorati hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Maşğulotlarda oilaga kiriş jarayonida kasbiy yondaşuvni töğri qöllaş, etika qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda muomala madaniyatini şakllantiriş masalalari çuqur tahlil qilindi. Aholining muammolarini örganişda yuzaki yondaşuvlardan voz keçib, masalaning tub ildizini aniqlaş va unga töğri yeçim topişda zarur böladigan bilim va könikmalar yanada mustahkamlandi. Nazariy maʼlumotlarni şunçaki taqdim qiliş bilangina kifoyalanmasdan, ularni real hayotiy vaziyatlarda qanday qöllaş mumkinligi atrofliça körib çiqildi. Şuningdek, seminar davomida iştirokçilar uçun interaktiv usuldagi amaliy maşğulotlar taşkil etilib, bu jarayon xodimlarning özaro tajriba almaşişi uçun öziga xos maydon vazifasini ötadi.
Mavzu yuzasidan qizğin savol-javoblar ötkazilib, ijtimoiy xodimlar özlarining kundalik iş jarayonlarida duç kelayotgan murakkab vaziyatlar, yeçimini kutayotgan masalalar böyiça mutaxassislardan aniq va asosli javoblar oldilar. Tajribali trenerlar tomonidan berilgan yöl-yöriqlar xodimlarga kelgusi faoliyatida dasturilamal bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Amudaryo tumanida bölib ötgan mazkur öquv-seminar treningi joylardagi ijtimoiy himoya tizimining yanada samarali işlaşiga, mahallalarda körsatilayotgan kompleks xizmatlarning sifati va kölami kengayişiga xizmat qiladi. Bu kabi tizimli öquv maşğulotlarining muntazam ravişda ötkazib borilişi yurtimizda yaşovçi heç bir inson, heç qaysi oila davlat va jamiyat eʼtiboridan çetda qolmasligini, ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillari hayotda tölaqonli öz ifodasini topişini taʼminlaydi. Muhimi, öz ustida işlab, malakasini oşirgan har bir xodim ertaga köplab oilalarning farovonligiga öz hissasini qöşadi va aholining real muammolarini hal etişda kamarbasta böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶