Mehnat migrantlarining xavfsizligi yuzasidan ularning oilalarida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda
Bugungi globallaşuv davrida mehnat migratsiyasi butun dunyo böylab odatiy holga aylangan. Insonlar öz turmuş şaroitini yaxşilaş, yangi imkoniyatlar izlaş yoki kasbiy malakasini oşiriş maqsadida xorijiy mamlakatlarga yöl olmoqda. Bu jarayon bizning jamiyatimizni ham çetlab ötgani yöq. Xususan, bugungi kunda Amudaryo tumanining 13 ming nafardan ortiq aholisi turli maqsadlar, asosan mehnat qiliş va daromad topiş ilinjida çet davlatlarda bölib turibdi. Ammo, har qanday safarning öz masʼuliyati va xatarlari mavjud bölib, bu borada fuqarolarimizning xavfsizligi va huquqiy himoyasi doimiy eʼtibor markazida bölişi şart. Quvonarlisi şundaki, joriy yil boşidan buyon 9 mingdan ziyod yurtdoşlarimiz öz yaşaş manzillariga, oilasi va yaqinlari bağriga soğ-omon qaytib kelgan. Bu körsatkiçlar ortida minglab insonlarning taqdiri, ularning ijtimoiy holati va albatta, jamiyatdagi barqarorlik masalasi yotibdi.
Aholining tinçligi va osoyiştaligini taʼminlaş nafaqat davlat idoralarining, balki butun jamiyatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, xorijda yurgan yurtdoşlarimizning turli yot va buzğunçi ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişining oldini oliş bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Axborot almaşinuvi tezlaşgan, turli xil oqimlar va firibgarlik tarmoqlari keng quloç yozgan bir paytda, uzoq ölkalarda mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz baʼzan özlari bilmagan holda turli xavf-xatarlarga duç kelişlari mumkin. Ana şunday noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida Amudaryo tumani Içki işlar bölimi xodimlari tomonidan tizimli va keng kölamli profilaktika işlari amalga oşirilmoqda.
Xususan, huquq-tartibot idoralari vakillari tumanda yaşab, hozirda çet davlatlarga vaqtinça işlaş maqsadida çiqib ketgan fuqarolarning xonadonlariga taşrif buyurib, ularning yaqin qarindoşlari, oila aʼzolari bilan muntazam ravişda samimiy suhbatlar ötkazib kelmoqda.
Uşbu yuzma-yuz ötkazilayotgan profilaktik suhbatlar davomida asosiy eʼtibor musofirlikda bölib turgan fuqarolarning holidan xabar olişga, ularning yaşaş va mehnat şaroitlari qanday keçayotganini örganişga qaratilmoqda. Oila aʼzolariga çet eldagi yaqinlari bilan doimiy ravişda aloqada bölib turiş, ularning kayfiyati va qanday insonlar bilan muloqot qilayotganiga eʼtiborli böliş kerakligi tuşuntirilmoqda.
Şuningdek, muloqotlar jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan har qanday şubhali vaziyatlar, boşqa kutilmagan holatlar yoki muammolar paydo bölganda zudlik bilan tegişli huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga xabar beriş zarurligi alohida taʼkidlanmoqda.
Bundan taşqari, odam savdosi, firibgarlik qurboniga aylanib qoliş yoki boşqa turdagi huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça huquqiy tuşuntiriş va tarğibot işlari olib borilmoqda. Maqsad bitta – har bir fuqaroning hayoti va soğliğini asraş, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda jamiyatda jinoyatçilikning barvaqt oldini olişdir.
Şunga köra, mutasaddi idoralar Amudaryo tumanining barça aholisini yana bir bor ogohlikka çaqiradi. Hurmatli yurtdoşlar, agarda siz yoki yaqinlaringiz çet davlatlarga işlaş maqsadida jönab ketişni rejalaştirayotgan bölsangiz, eng avvalo öz xavfsizligingizni taʼminlaş çoralarini köring. Işga joylaştirişni vaʼda qilayotgan notaniş şaxslarning va yolğonçi vositaçilarning quruq sözlariga kör-körona işonmang. Çet elga faqatgina qonuniy yöllar bilan, kafolatlangan şartnomalar asosida çiqişga harakat qiling. Özgalarning işonçiga kirib, nafaqat özingizning, balki butun oila aʼzolaringizning tinçligini xavotirga qöymang.
Davlatimiz va uning huquq-tartibot idoralari doimo yordamga tayyor. Har qanday murakkab vaziyatda ham qonuniy kömakka tayaniş mumkinligini unutmang, zero, Sizni öz uyingizda va yaqinlaringiz intizor bölib kutişmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶