Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov Axmadoviç 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Şahrixon tumanida tuğilgan.
1994 yildan qöşiqçilik sanʼati böyiça öz ijodiy faoliyatini boşlagan.
2002 yildan buyon "Özbeknavo” estrada birlaşmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.
Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navröz umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol iştirok etib kelmoqda.
Respublikamizning barça viloyatlarida özining yakkaxon konsert dasturlarini namoyiş etgan.
2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida "Oydin keçalar” deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa, Xalqlar döstligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006 yil 12-13-14-15-16-17 aprel kunlari "Sening darding...”, 2007 yil 7-14 aprelda "Diydor şirin”, 2008 yil aprelda "Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda "Yaproğimiz azim çinorning”, 2009 yil 4-24 aprelda "Muştarak manzil”, 2010 yil 5-23 aprel kunlari "Qadamlar hikmati” deb nomlangan konsert dasturlarini öz muxlislariga taqdim etdi.
Honandaning şu kungaça 11 ta audio, 8 ta video kasseta va disk töplamlari yozilib, sotuvga çiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyğur nomidagi sanʼat oliygohining talabasi böldi. Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqiçida tahsil olmoqda.
2007 yil Oliy mukofotlardan biri "Özbekistonda xizmat körsatgan artist" unvoni bilan taqdirlandi. 2010 yilda elu yurtning yuksak mukofoti "Özbekiston Xalq artisti” unvoniga sazovor böldi. 2010 yil мusiqa va tele video аsarlari nominasiyasi "M&TVA 2010” taqdimotining "Yilning eng yaxşi erkak xonandasi” mukofotini qölga kiritdi.
2010 yil men uçun juda ham omadli keldi. Hayotimda özim kutmagan voqealar sodir böldi. Olgan mukofotlarimda hammangizning hissangiz bor. 2011 yil sizlarga ham kutilmagan omadlarni olib kelsin. Hamişa baxtimga omon bölinglar, aziz muxlislarim!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶