Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov Axmadoviç 1974-yil 7-mayda Andijon viloyati, Şahrixon tumanida tuğilgan.
1994-yildan qöşiqçilik sanʼati böyiça öz ijodiy faoliyatini boşlagan.
2002-yildan buyon "Özbeknavo” estrada birlaşmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.
Ozodbek Nazarbekov 1994-yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navröz umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol iştirok etib kelmoqda.
Respublikamizning barça viloyatlarida özining yakkaxon konsert dasturlarini namoyiş etgan.
2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida "Oydin keçalar” deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005-yil 15-16-aprelda esa, Xalqlar döstligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006-yil 12-13-14-15-16-17-aprel kunlari "Sening darding...”, 2007-yil 7-14 aprelda "Diydor şirin”, 2008-yil aprelda "Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda "Yaproğimiz azim çinorning”, 2009-yil 4-24-aprelda "Muştarak manzil”, 2010-yil 5-23-aprel kunlari "Qadamlar hikmati” deb nomlangan konsert dasturlarini öz muxlislariga taqdim etdi.
Honandaning şu kungaça 11 ta audio, 8 ta video kasseta va disk töplamlari yozilib, sotuvga çiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyğur nomidagi sanʼat oliygohining talabasi böldi. Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqiçida tahsil olmoqda.
2007-yil Oliy mukofotlardan biri "Özbekistonda xizmat körsatgan artist" unvoni bilan taqdirlandi. 2010-yilda elu yurtning yuksak mukofoti "Özbekiston Xalq artisti” unvoniga sazovor böldi. 2010-yil musiqa va tele video asarlari nominasiyasi "M&TVA 2010” taqdimotining "Yilning eng yaxşi erkak xonandasi” mukofotini qölga kiritdi.
2010-yil men uçun juda ham omadli keldi. Hayotimda özim kutmagan voqealar sodir böldi. Olgan mukofotlarimda hammangizning hissangiz bor. 2011-yil sizlarga ham kutilmagan omadlarni olib kelsin. Hamişa baxtimga omon bölinglar, aziz muxlislarim!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶