Hamma iş joyida bölsa, MUAMMO QAYeRDAN ÇIQADI?
Tahlil. Tanqid. Taklif
Yer yuzidagi 200 dan ortiq davlatlarda turli xalqlar, turfa toifaga mansub millatlar yaşaşadi. Har bir davlatning öziga xos qonun- qoidalari, öz xalqi mentalitetiga mos turmuş tarzi bor. Ana şu turmuş tarzining inson baxt-saodati, tinç va farovonligini taʼminlovçi tamoyillar asosiga qurilişi hamma narsadan muhim. Lekin dunyodagi barça davlatlarda ham tabiatning eng oliy mahsuli – insonning baxt-saodatini kafolatlovçi tamoyillar mavjud, deb bölmaydi. Vaholanki, öta şiddat bilan rivojlanib borayotgan bu köxna dunyoda hamon qorni nonga töymaydigan, egni yupun, boşpanaga, mehrga zor millionlab keksalar, bolalar, ösmir-yoşlar bor. Qarang, ayni paytda dunyo xalqlarining 61 millionga yaqin farzandlari mutlaqo öqiş-yozişni bilişmaydi. Ona sutiga töymaslik, yaxşi yeb-içmaslik, turli xil kasalliklarga çaliniş oqibatida har yili dunyoda salkam 11 million bola 5 yoşga yetmay nobud bölişadi. Eng yomoni, 10 millionga yaqin bolalar mutlaqo oğir şaroitlarda yaşaşadi.
Biz yuqorida qayd etganimiz, turli davlatlarda tamoman noçor holatda yaşayotgan dunyo bolalarining turmuş tarzini tahlil qilib ötirmoqçi emasmiz. Balki ayrimlari 50-100, hatto 200 yillik ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy davlat tuzumi tarixiga ega davlatlardagi ğamxörlikka muxtoj bolalar hayotidan tubdan farq qiluvçi nihoyatda yoş, bor-yöği 23 yillik mustaqil davlat tuzumiga ega Özbekiston davlati bolalarining baxt-saodatini taʼminlaşga xizmat qiluvçi, faqat va faqat ezgulikka yöğrilgan mustahkam qonuniy asoslar yaratib qöyilganligini, bu qonun hujjatlari millatimiz bolalari, ösmir yoşlari hayotida amaliy isbotini topayotganini faxrlanib aytgimiz keladi.
Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosatini belgilovçi önlab meʼyoriy-huquqiy hujjatlar yaratilganki, ularning barçasida baxtiyor bolalik, soğlom va barkamol avlod kelajagi töliq kafolatlangan. Xususan, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator moddalari, 22 ta Qonun, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 16 ta Farmonlari va 10 ta qarorlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarorlari, 32 ta turli mazmundagi idoraviy hujjatlarning barçasi mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodning dunyoga kelgan kunidan to ulğayib, maʼlum kasb-korli, öqimişli, ziyoli, işbilarmon va tadbirkor şaxs sifatida şakllanguniga qadar davlat tomonidanbeqiyos ğamxörliklar bilan qamrab olinganidan yaqqol dalolatdir.
Agar eʼtibor bergan bölsangiz, muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda sözlagan maʼruzasida "Soğlom bola yili” davlat Dasturi doirasida mamlakatimizda amalga oşirilgan keng kölamli işlar mazmuniga alohida töxtalib, har tomonlama yetuk va barkamol avlodni voyaga yetkazişdek xayrli maqsadlar uçun "barça manbalar hisobidan 4 trillion 795 milliard söm va 260 million AQŞ dollaridan ziyod mablağ sarflanganini” mamnuniyat bilan taʼkidlagan edilar. Bu – bizning mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosati naqadar katta ustuvor yönaliş ekanligidan dalolatdir. Bunday ğamxörliklardan bahramand yoşlar Özbekiston şarafini eng nufuzli bellaşuvlarda, sport musobaqalari va sanʼat festivallarida munosib himoya qilişmoqda. Birgina 2014-yilda 10 nafar özbekistonlik öquvçi-yoşlar xorijiy davlatlarda ötkazilgan yirik xalqaro musiqa va sanʼat festivallarida eng yuqori – "Gran pri” sovrinini, 60 nafari esa birinçi örinlarni egallaşdi. Xalqaro fan olimpiadalari, jahon miqyosidagi köplab sport musobaqalarida mamlakatimiz yoşlari mislsiz yutuqlarni qölga kiritişmoqda. Birgina sport sohasida 2014-yilda 44 ta medal sohiblari bölişdi, şulardan 9 tasi oltin, 14 ta kumuş va 21 ta bronza medal Özbekiston nomiga yozib qöyildi.
Yoşlarning bunday muvaffaqiyatli odimlari haqida yuzlab, minglab misollar keltirişimiz mumkin. Lekin yoşlarimizning barçasi ham davlatimizning yuqoridagi kabi ğamxörliklari va eʼtiboriga munosib yaşaşyaptimi? Öqişda, işda va hayotda zamon bilan hamnafas qadam taşlab, yuqoridagi kabi katta yutuqlarga erişayotgan tengdoşlaridan ibrat olişga harakat qilişayotirmi? Yoşlarga oid Davlat siyosatini amalga oşiriş borasida özini özi boşqariş organlarida, mahallalarda qanday işlar amalga oşirilmoqda? Joylardagi "Mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmalari, voyaga yetmaganlar bilan işlaşiş komissiyalari, militsiya tayanç punktlari uçastka nozirlari yoşlarning uyuşmagan qatlami bilan işlaşişda qanday tajribaga ega? Kasb-hunar kollejlarida öquvçi-yoşlar bilan işlaşişning öziga xos tizimi yaratilganmi? Gap mana şunda!
Biz yuqorida mamlakatimizda yoşlarga doir davlat siyosatini amalga oşiriş borasida yaratilgan qonuniy asoslar xususida bekorga batafsil töxtalganimiz yöq. Sababi, yoşlarning hayotda öz örinlarini topişlari, el-yurtga munosib farzand, kelajak vorislari sifatida özlarini namoyon etişlari uçun keragidan ortiq imkoniyat eşiklari lang oçib qöyilgan bölişiga qaramay, bu imkon eşiklarini öz qöllari bilan "yopib”, öz taqdiriga (va demakki, yurt taqdiriga!) befarq yaşayotgan yoşlarimiz borligi, afsuski sir emas.
Fikrimizni aniq dalillar asosida davom ettirsak: tuman içki işlar bölimi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarga köra 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar örtasida sodir etilgan turli mazmundagi jinoyat va huquqbuzarliklar 2012-yilda 11 tani taşkil etgan. Körilgan profilaktik çora-tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida olib borilgan tarğibot-taşviqot işlarining samarasi ölaroq 2013-yilda bu körsatkiç 4 taga kamaygan, yaʼni 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar örtasidagi jinoyatçilik 7 tani taşkil etgan. Ammo bu raqam 2014-yilda qariyb 2,5 baravardan oşib, 18-30 yoşlilar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar soni19 taga ösgan.
Tumandagi har bitta OFY va MFYda bittadan xalq osoyiştaligini saqlaş, huquqbuzarliklarning oldini olişga masʼul bölgan militsiya tayanç punkti nozirlari faoliyat yuritişadi. Xöş, joylardagi militsiya tayanç punktlari nozirlari öz hududlarida yoşlar bilan qanday işlaşayotir?
Uzoqqa bormay, faqat ötgan 2014-yilda profilaktik hisobda turgan yoşlar bilan boğliq jinoyatlar geografiyasiga bir nazar taşlab köraylik: bevosita yoşlar iştirokida sodir etilgan 19 ta jinoyat va huquqbuzarliklarning 9 tasi Manğit şahri mahallalariga töğri keladi. Şundan 4 tasi Böston mahallasi, qolgan 5 tasi esa Oybek, Navoiy, Çordara, Boyovul hamda Beruniy nomli mahalla yoşlari tomonidan, 10 ta jinoyat va huquqbuzarlik esa Xolimbeg, Dörman, Bobur, Qangli, Tölqin va Örta qalʼa ovullarining yoşlari tomonidan sodir etilgan. Jinoyat va huquqbuzarliklarning katta uluşi Manğit şahri mahallalari hisobiga töğri kelayotgani ğoyat açinarli. Çunki, Manğit şahri – tuman markazi. Eng asosiysi, şaharda yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun yaratib qöyilgan şart-şaroitlarhavasga munosib. 40 tadan ortiq sport-soğlomlaştiriş inşootlari, "Yoşlik” kinoteatri, bolalar sport majmuasi, kompʼyuter öquv markazlari şahar mahallalarida yaşovçi yoşlar uçun hamişa oçiq.
Şu yerda haqli bir savol tuğiladi: - Xöş, joylardagi yoşlar bilan işlaşişda masʼullar - özini özi boşqariş organlari qoşidagi voyaga yetmaganlar bilan işlaşiş komissiyalari, "Mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmalari yuqoridagi şart-şaroitlardan unumli foydalanayotirmi?
Biz uşbu savolga javob topiş maqsadida Manğit şahrining Böston mahallasi hududida olib borilayotgan profilaktika tadbirlarining holati bilan tanişdik. Bu yerda yoşlar tarbiyasiga masʼullar tomonidan olib borilayotgan işlarning barçasi aʼlo! Yoşlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadlarini ifoda etuvçi işlar rejasi aniq va puxta işlab çiqilgan: ijtimoiy şeriklik asosida ötkazilgan tadbirlar röyxati, maʼruzalar, suhbatlar, oşkora muloqotlar, sport musobaqalari – bu röyxat ançagina uzun. Hujjatlarning dalolati şundaki, barça iş risoladagiday. Eng muhimi, hujjatlarda qatʼiy tartib, intizom aks etib turibdi! Lekin amalda-çi? Amalda 2014-yilda yoşlar tomonidan sodir etilgan 19 ta jinoyatning 4 tasi Böston mahallasiga töğri kelgani açinarli.
Yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişda 2010-yil 12 avgustda qabul qilingan "Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi töğrisida”gi Qonun muhim ahamiyatga ega. Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7 oktyabrdagi 274-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan "Fuqarolar yiğinining voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça komissiyasi töğrisida NAMUNAVIY NIZOM”da voyaga yetmaganlar bilan işlaşiş, ularning taʼlim maskanlarida munosib taʼlim-tarbiya olişlari uçun ota-ona tomonidan yetarli şart-şaroitlar yaratib beriş, voyaga yetmaganlarning ota-onalari, taʼlim-tarbiya maskanlari va fuqarolar yiğinlari masʼullari bilan içki işlar bölimlari xodimlarining va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari vakillarining özaro hamkorlikda olib borişi zarur bölgan profilaktik tadbirlari, burç va vazifalari, aniq, bandma-band körsatib berilgan. Uşbu qonun hujjatlariga köra har bir voyaga yetmagan bola yoki ösmir uçun ota-ona, ularning örnini bosuvçi (vasiy) hamda taʼlim-tarbiya muassasasi, IIBning voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi nozirlari tomonidan huquqiy şart-şaroitlar yaratib berilişi, şu barobarida uning ijtimoiy xavfi bor hatti-harakatlar sodir etilişining oldini oliş çoralari körilişi joiz.
Bu borada tumanimizda yoşlar bilan işlaşişda ibratga loyiq işlar amalga oşirilayotganligini qayd etmay ötolmaymiz. Çunonçi, tuman madaniyat va sport işlari bölimi tasarrufidagi madaniyat va aholi dam oliş markazining yoşlar bilan işlaşiş böyiça malakali mutaxassislari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, "Barkamol avlod” bolalar markazlari bilan fuqarolar yiğinlari masʼullari hamda IIB profilaktika nozirlarining hamkorligidagi tadbirlarda har yili minglab yoşlar iştirok etişadi. Tuman madaniyat va aholi dam oliş markazida taşkil etilgan 14 ta tögarakda 100 nafardan ziyod ösmir-yoşlar öz iqtidorlarini namoyon etişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratib berilgan. Eʼtibor bering, 100 nafar. Bu tumanimizdagi 82 ta umumtaʼlim maktablarida va 9 ta örta maxsus taʼlim maskanlarida tahsil olayotgan minglab ösmir-yoşlar uçun yetarlimikan? Qolaversa, iqtidorli bolalarni öz bağriga olgan mazkur tögaraklarning asosiy qismi tuman markazida faoliyat olib borişini inobatga olsak, qişloq ösmirlarining qobiliyatlarini amalda namoyon etişlari, ularning iqtidorlarini rivojlantiriş uçun bu kamlik qilmaydimi?
Şunday deymiz-u 2012-2014-yillarda voyaga yetmaganlar – maktab, kasb-hunar kollejlarining öquvçi-yoşlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ham asosiy qismi Manğit şahri hisobiga töğri kelayotganini hisobga olsak, nazarimizda voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi böyiça olib borilayotgan işlar Manğit şahri mahallalariga nisbatan ovul fuqarolar yiğinlaridabirmunça yaxşi yölga qöyilganini seziş qiyin emas.
Eʼtibor bering, 2012-yilda tuman böyiça voyaga yetmaganlar tomonidan faqat 2 ta jinoyat sodir etilgan va bu jinoyatning ikkitasi ham Manğit şahri mahallalarida yaşovçi ösmirlar iştirokida yuz bergan. 2013-yilda qayd etilgan 6 ta jinoyat işining 3 tasi ham Manğit şahrining ösmirlari hisobiga töğri keladi. 2012-2014-yillar davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jami 10 ta jinoyat işining 7 tasi Amudaryo qişloq xöjalik va kasb-hunar kolleji, qolganlari Amudaryo agrobiznes, Dörman qişloq xöjalik hamda Amudaryo transport kasb-hunar kollejlarining voyaga yetmagan öquvçilari tomonidan amalga oşirilgan.
Biz yuqorida "Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni hamda Özbekiston Respublikasining yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş maqsadlarini ifoda etuvçi eng muhim huquqiy asoslar haqida batafsil töxtalib, voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldiriş yoxud ularning ijtimoiy xavfi bor hatti-harakatlar sodir etişining oldini olişda masʼul bölgan şaxslarni birma-bir sanab ötgan edik. Bunda, yana takror aytamiz, taʼlim-tarbiya muassasalarining örni ham öta muhim va katta!
Agar yuqoridagi voyaga yetmagan ösmirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning turi, qanday, qay holatda sodir etilgani yoki ijtimoiy xavfi xususida töxtaladigan bölsak, ertalab farzandini öqişga kuzatib qolgan ota-ona uning öqişdan soat neçada çiqişi-yu, soat neçada uyga qaytişiga qiziqmaganining yoki öquvçisi nima sababdan surunkali ravişda dars qoldirayotgan guruh rahbari – kollej öqituvçisining öquvçi taqdiriga qançalik loqayd munosabatda bölayotganining sababini bilib oliş aslo qiyin emas. Yaʼni, muammoning asl sababi – loqaydlik.Ota-ona farzandining qayerga borib, qayerdan kelayotganini, öqituvçi öquvçisining darsdan böş vaqtida nima bilan maşğulligini bilişmaydi. Ösmir yaşaydigan mahalla tinçligiga masʼul militsiya tayanç punkti noziri yoki "Mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmasi sardori, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy masalalar böyiça maslahatçilar-çi? Kollej öquvçisi nima sababdan dars paytida bekorçi işlar bilan maşğul? Ösmir nega har kuni kollejga bormayapti; sababi nimada? Qiziqmaydi yoki ösmir jinoyatga qöl urib bölganidan keyingina "tezlik bilan işga kirişib ketişadi”. Ana, muammo qayerda?
Nega, nima uçun jinoyat sodir bölişining oldini olişga intilişdan köra, jinoyat yuz berib bölgandan keyin qilinadigan harakatlar köproq? Axir u IIB xodimimi, yiğin oqsoqoli yoki "Mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmasi rahbarimi, mahalla maslahatçisimi, kollej öqituvçisimi – kim bölişidan qatʼiy nazar barçamizning qiladigan eng asosiy işimiz – yomonlikning payini qirqib, yaxşilikka yöl oçiş emasmi? Bizningça şunday!
Qölimizda "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi tomonidan ğoyat puxtalik bilan işlab çiqilgan, tumanda 2014-yilda yoşlarga oid Davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar dasturi. Birma-bir, erinmasdan varaqlaymiz: uzoqni közlab, nihoyatda zukkolik bilan tuzilgan dasturdan ğoyat keng qamrovli tadbirlar, seminarlar, hamkor taşkilotlar bilan olib boriladigan işlar örin olgan. Ularning barçasida yoşlarning jöşqin hayoti aks etib turibdi. Yangi, "Keksalarni eʼzozlaş yili”ga monand belgilangan istiqbolli rejalar undan-da salmoqli. Yana bir hujjat – Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida yoşlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş böyiça olib borilayotgan işlar bayoni: taʼlim-tarbiya bilan uzviy boğliq profilaktik tadbirlar haqidagi maʼlumotnoma.
Kördik, barça işlar, profilaktik tadbirlar, kelajakni közlab tuzilgan iş rejalari – hammasi risoladagidek! Iş şunday bölsin-da! Ammo... yoşlar tarbiyasi borasidagi muammolar qayerdan çiqayapti?
Gap - mana şu"ammo”da, azizlar.
Çunki rasmiy hujjatlar öz vazifasini yuz foiz aʼlo bajarayotganini kördik. Lekin amalda esa... Yuqorida qayd etganimizday, voyaga yetmaganlar örtasida ham, 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar örtasida ham jinoyatlar (hatto ijtimoiy xavfi yuqori bölgan jinoyatlar), huquqbuzarliklar ösişda davom etayotgani açinarli. Xalqimizda asrlar sinovidan ötgan bir ibora bor: "Duşmaningdan emas, atrofingdagi loqayd odamdan qörq!”
Demak, biz körganimiz, suriştirib bilganimiz – voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasidagi jinoyatlar ham loqaydlikning, bir-birimizga beparvoligimizning mevasi emasmi? Yuriş-turişi özgarib qolgan mahallamiz bolasini salgina tergab qöysak, uning salbiy harakatlaridan avvalo ota-onani, mahalla-köyni xabardor etib, şu bolaga intizomiy çora körsak – nimasi yomon? Axir bu nainki öşa ösmir uçun, balki şu ösmirning ota-onasi, oilasi, qolaversa, jamiyatimiz uçun koni foyda emasmi, azizlar? Bizningça, şunday!
Robiya YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
amunews.uz veb-sayti muxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶