Amudaryo tumanida 251 öquvçi “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi saralaşida qatnaşdi
Raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan hozirgi şaroitda axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta egallagan mutaxassislarga bölgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Bu holat ayniqsa taʼlim tizimida yoşlarni raqamli könikmalarga erta örgatiş zaruratini kun tartibiga qöymoqda. Şu bois yurtimizda iqtidorli yoşlarni erta aniqlaş, ularga zamonaviy bilimlarni çuqur örganiş uçun şaroit yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Ana şunday taşabbuslardan biri bölgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi maktab öquvçilarini IT yönalişlari va çet tillariga yönaltirişga xizmat qiladi. Mazkur loyihaga qabul uçun Amudaryo tumanida ham saralaş imtihonlari taşkil etilib, unda bilimga çanqoq yoşlar öz kuçini sinab kördi.
Saralaş jarayonida Amudaryo tumanidan jami 251 nafar öquvçi iştirok etdi. Sinovlar 9 ta sinfxonada taşkil qilinib, barça test jarayonlari belgilangan tartibda va qatʼiy nazorat ostida olib borildi. Bu esa imtihon natijalarining xolis va işonçli bölişini, har bir iştirokçiga teng şaroit yaratilişini taʼminladi.
Imtihon davomida öquvçilar tanqidiy va mantiqiy fikrlaş, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yeçiş böyiça bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdi. Topşiriqlar nafaqat nazariy bilimni, balki olingan maʼlumotni amalda qöllay oliş qobiliyatini ham aniqlaşga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.
Qayd etiş joizki, imtihon jarayonlarini taşkil etiş va nazorat qiliş işlariga Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan IT markazlari mentorlari hamda umumtaʼlim maktablari öqituvçilari jalb etildi. Soha mutaxassislarining bevosita iştiroki saralaşning talab darajasida, xolis va şaffof ötişiga xizmat qildi.
Saralaş natijalariga köra, yuqori natija qayd etgan öquvçilar “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi iştirokçisiga aylanadi. Ular mutaxassislar rahbarligida zamonaviy IT yönalişlari va xorijiy tillarni çuqur örganiş imkoniyatiga ega bölib, kelgusida öz qiziqişlarini kasbga aylantiriş yölida muhim qadam qöyadi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” — yoşlarning bilim va salohiyatini röyobga çiqariş, ularni zamonaviy kasblarga yönaltiriş hamda kelajakda IT sohasida malakali mutaxassislar sifatida şakllantirişga xizmat qiluvçi muhim loyihalardan biridir. Loyiha nomi buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan boğliq bölib, uning ilmiy merosiga munosib avlodni tarbiyalaş ğoyasini ifodalaydi.
Tumanda ötkazilgan uşbu saralaş iqtidorli yoşlarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaş borasidagi tizimli işlarning amaliy ifodasidir. Bugun imtihon sinfxonasida öz kuçini sinagan öquvçilarning eng iqtidorlilari ertaga tuman va respublika uçun zarur bölgan zamonaviy mutaxassislar safini töldiradi, bu esa hududning intellektual salohiyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶