12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:00
👁 5,727

ÖQUVÇINING DARS QOLDIRIŞIGA KIM JAVOBGAR?

ÖQUVÇINING DARS QOLDIRIŞIGA KIM JAVOBGAR?

Jurnalist suriştiruvi

Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan dastlabki kunlardanoq maʼnaviy qadriyatlarimiz hamda milliy manfaatlarimizga asoslangan yuksak taraqqiy etayotgan zamonaga munosib taʼlim tizimini yaratiş, yuksak maʼnaviyatli, bilim va salohiyati ilğor, jismonan baquvvat yoş avlodni tarbiyalab, voyaga yetkaziş masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişiga aylandi. Juda katta umummilliy ahamiyat kasb etuvçi taʼlimni isloh qilişdek kelajakka daxldor vazifani bajariş, kadrlar tayyorlaşning yangi tizimini birpo etiş, mustaqil Vatan kelajagi bölgan barkamol avlodni tirbiyalaşdek şarafli işni amalga oşirişda muhtaram Prezidentimiz mislsiz taşabbus körsatganini bugun nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo ziyolilari yaxşi bilişadi. Çunki millat kelajagi uçun yuksak maʼnaviyatli, barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalaş maqsadida mamlakatimizda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinçi bölib "Taʼlim töğrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlaş milliy Dasturi, taʼlim tizimini ifoda etgan hamda taʼlimning özbek modeliga xos bölgan davlat taʼlimi standartlari işlab çiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Şuningdek, ösib kelayotgan yoş avlodning xohiş- istaklari, orzu-intilişlarini amalda namoyon etişlari, emin-erkin, özlari xohlagan yönalişlar böyiça tahsil olib, kasb-hunar egallaşlarini kafolatlovçi qonuniy asoslar yaratildi. Yaʼni, "Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi, "Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi, "Vasiylik va xomiylik töğrisida”gi qonunlar qabul qilindi. Bularning barçasi mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim va madaniyatni rivojlantiriş, yoş avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalaş, intellektual salohiyatni inson kapitaliga aylantiriş izçillik bilan amalga oşirilayotganidan dalolat beradi. Bir söz bilan aytganda, taʼlim tizimi sohasidagi davlat dasturlari, yuqorida biz sanab ötgan Qonunlar va qonun osti hujjatlari uşbu jabhani sifat jihatidan yangi bosqiçga kötardi va pirovarida öquvçi-yoşlarga xalqaro meʼyorlarga muvofiq ravişda bilim beriş imkonini yaratdi.

Şuni alohida qayd etiş joizki, bugungi kunda mamlakatimizda taʼlimga yönaltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortiğini taşkil etmoqda. 2013-yilda Jahon intellektual mulk taşkiloti tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalari şuni körsatmoqdaki, Özbekiston ayni paytda jahondagi 141 ta mamlakat orasida taʼlim tizimini rivojlantiriş böyiça beşinçi örinni egallab turibdi. Bu­ - sohada amalga oşirilayotgan işlar hamda ularning hayotiy samaralari jahon hamjamiyati tomonidan yuksak eʼtirof etilayotganining amaliy tasdiğidir.

Xöş, barçamizning qalbimizga ğurur va iftixor bağişlovçi bunday yuksak eʼtirofga javoban hamma joyda ham samarali işlar olib borilayotirmi? Mamlakatimizda joriy etilgan 12 yillik barça uçun majburiy va bepul taʼlim imkoniyatlaridan yoşlarimiz unumli foydalanişyaptimi? Yuqorida biz sanab ötgan Qonunlar asosida öz farzandining taʼlim olişi, xohlagan yönalişi böyiça mutaxassislikka ega bölişlari uçun ota-onalar tomonidan zarur şart-şaroit yaratib berilayotirmi? Öquvçi-yoşlarning umumtaʼlim fanlariga oid bilimini oşiriş bilan birga aniq mutaxassislik va kasb-hunarga ega bölişlarini taʼminlaş maqsadida kasb-hunar kollejlari öqituvçilari öz zimmalaridagi masʼuliyatni çuqur his qilişayotirmi? Öquvçi-yoşlar-çi? Ular Davlatimiz tomonidan yaratilib berilgan jahon andozalariga mos şart-şaroitlardan unumli foydalanişmoqdami?

Biz yuqoridagi savollarga javob topiş, kasb-hunar kollejlari öquvçi-yoşlarining tahsil oliş va kasb-hunar egallaşga intilişlarini örganiş maqsadida tumanimizdagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji hamda Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejlarida bölib, öqituvçi va öquvçi-yoşlarning davlatimiz ğamxörligiga qanday munosabatda ekanliklari bilan qiziqdik.

Dastlabki kuzatişlarni Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji hayoti bilan tanişişdan boşladik. Avvalo şuni aytiş kerakki, kollejda 7 ta yönaliş böyiça 46 ta guruh bölib, mazkur guruhlarda 1381 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya olişadi. Öquvçilarning özlari xohlagan yönalişlarda taʼlim olişlari, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borişlari uçun barça şaroitlar muhayyo. Eng zamonaviy öquv-amaliyot anjomlari bilan jihozlangan auditoriyalar, sport va tantanalar zali, şinam va ozoda yotoqxona, 42183 ta kitob fondiga ega "Ziyo net” taʼlim tarmoğiga ulangan axborot-resurs markazi, nazariy maşğulotlar uçun laboratoriya, lingafon va kompyuter xonalari öquvçi-yoşlar xizmatida. Kollejda ana şu şart-şaroitlar oğuşida davlat ğamxörligiga munosib tahsil olayotgan yoşlarning borligidan quvondik. Sportçi-yoşlar erişayotgan ayrim yutuqlar, xususan, voleybol sporti böyiça kollejlararo ötkazilgan musobaqada tumanda 2-örinni, futbol böyiça 1-örinni egallaganlari tahsinga loyiq. Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida nemis tili fanidan Muhtaram Qöçqorova, frantsuz tili fanidan Sveta Şamilovalar ğoliblikni qölga kiritişib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma olişganini eşitib, quvondik. Lekin 1381 nafar öquvçi tahsil oladigan kollej uçun bular yetarlimi?

Vaholanki, kollej öquvçisi öz ustida işlaşi, öqib-izlanişi uçun keragidan ortiq şart-şaroit yaratilganligini biz yuqorida qayd etdik. Biroq biz kollejda, 16-mart kuni tahsil davom etayotgan guruhlarda bölganimizda buning tamoman aksini körib, dilimiz xira tortdi. Çunonçi, 3-14-sonli maşinalarga texnik xizmat körsatiş guruhida 27 nafar öquvçidan 22 nafari, qişloq xöjaligini elektrlaştiriş va avtomatlaştiriş yönalişidagi 6-14-sonli guruhda 30 öquvçidan 15 nafari, 8-14- guruhda 30 öquvçidan 22 nafari, 14-14- guruhda 30 öquvçidan 26 nafari, 13-14 guruhda 30 öquvçidan 28 nafarigina darsda qatnaşayotganligining guvohi böldik.

­- Öquvçilarning davomatini yaxşilaş böyiça tinimsiz harakatlar qilayapmiz, ­- deydi kollej "Kamolot”YoIH boşlanğiç taşkiloti yetakçisi R.Tursunboyev. – Tuşuntiriş-tarğibot işlari, ota-onalar bilan muloqotlar ötkaziş, hududiy militsiya tayanç punkti profilaktika noziri hamda OFYlar huzuridagi "Mahalla posboni” sardorlari, voyaga yetmaganlar bilan işlaşiş komissiyasi masʼullari iştirokidagi suhbatlar oz bölsa-da öz samarasini bermoqda.

Öqiş ikki smenada olib boriladigan kollejdagi davomat ahvoli ikkinçi smenada tamoman past ekanligini qayd etmay ilojimiz yöq. 4-12- sonli zootexniya mutaxassisligi guruhidagi Nazokat Qöçqorovaning darsida bor-yöği 6 nafargina öquvçi qatnaşayotgan bölsa, 12-12-sonli tikuvçilik mutaxassisligi guruhida 33 nafar öquvçidan 13 nafari, 10-12-sonli umumquriliş işlari ustasi yönalişidagi guruhda esa 28 öquvçidan 8 nafarigina darsga kelişgan. Biz özimiz kirgan guruhlardagi öquvçilarning zimmalaridagi masʼuliyatni qay-darajada his qilişlarini biliş maqsadida partalarni oralab, ularning yozuv daftarlari bilan qiziqqanimizda şu narsa ayon böldiki, öquvçilarning ayrimlari kollejga bilim oliş, kasb-hunarli böliş maqsadida emas, balki şunçaki diplomli böliş-u, "tezroq kollejni tugatiş” uçun kelişadi, degan xulosaga keldik. Çunki özimiz birma-bir varaqlab körganimiz, 80-85 foiz öquvçilar qölidagi yozuv daftarlarining deyarli barçasi umuman kollej öquvçisi uçun belgilangan tartib-qoidaga javob bermaydi. Yozuv daftarlarining boşida matematika, örtasida kasb taʼlimi, biologiya, ona tili, oxirida esa...öquvçining şaxsiy tuyğulari. Bu holatdan öquvçidan köra, töğrisi, biz uyaldik.

Biz qaysi guruhda bölmaylik, öquvçilarga umumiy bir savol bilan murojaat qildik:

­- Kollejning axborot-resurs markazi imkoniyatlaridan kim foydalanayotir?

- Jimlik.

Savolga javob topiş maqsadida 42183 ta kitob fondiga ega axborot-resurs markazi rahbari Nodira Davlatboyevaning iş faoliyati bilan tanişdik. Afsuski, axborot-resurs markazi rahbaridan özimizni qiziqtirgan savollarga yetarli javob ololmadik.

Bundan şunday xulosa çiqadiki, N.Davlatboyeva yo öz vazifasini yaxşi tuşunmaydi yoki kollej öquvçilari uçun markazda qoniqarli xizmat körsatiş yölga qöyilmagan.

Şu yerda eʼtiboringizni bir narsaga qaratmoqçimiz. "Taʼlim töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasida "...kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar böyiça işlaş huquqini beradigan hamda bunday iş yoki taʼlimni navbatdagi bosqiçda davom ettiriş uçun asos böladigan örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi berişi” kafolatlangan. Demak, kollej bitiruvçisi xohlasa, özi tanlagan mutaxassislik böyiça işlaşi, xohlasa, taʼlimning keyingi yönalişida ­– oliy öquv yurtida öqişni davom ettirişi mumkin. Lekin uşbu Qonunda kafolatlangan ilm oliş, kasb-kor egallaş, öz bilimini mustahkamlaş huquqidan samarali foydalaniş örniga Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejining ayrim öquvçilari ota-onalariga ergaşib çet davlatlarga çiqib ketişganligi yanada açinarli. Xususan, kollejning 1-12-sonli agronomiya yönalişi guruhidan bir nafar, 3-12-sonli fermer xöjaligi iş yurituvçisi yönalişi guruhidan bir nafar öquvçi ota-onalari rahnamoligida Rossiya Federatsiyasiga işlaş uçun çiqib ketişgan. Natijada "Taʼlim töğrisida”gi Qonun talablari buzilgan va kollejning 6 nafar guruh rahbariga kollej pedagogika Kengaşi tomonidan ogohlantiriş va hayfsan berilgan. Körilgan çora-tadbirlarga qaramasdan kollejda öquvçilar davomati böyiça hamon közlangan natijalarga erişilmayotgani ğoyat açinarli.

Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejidagi ahvol esa yanada jiddiy. Sababi, biz kollejda bölgan 17-mart (2015-yil) sanasida 8 ta yönaliş böyiça 20 ta guruhda tahsil olayotgan 573 nafar öquvçidan, işonsangiz, 73 nafarini ham uçrata olmadik.

­- Öquvçilar Navröz bayramiga tayyorgarlik körişayapti,- izoh berdi kollejning "Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkiloti yetakçisi Rasul Tojiboyev.

Hayron böldik. Öquv xonalari jim-jit. Öqituvçilar xonasi böm-böş! Dars jadvaliga eʼtibor berdik: 1-smenada 11 ta guruh öquvçilari tahsil olarkan. Axir 573 nafar öquvçining barçasi bayramga tayyorlanişmayotgandir, degan taxmin bilan avval birinçi, keyin ikkinçi qavatdagi öquv xonalariga boş suqdik. Gulasal Yodgorova dars ötayotgan 5-14-sonli guruhda 26 öquvçidan 19 nafari darsda iştirok etişayotganlarini körib, har guruhdan 5-6 nafar öquvçi Navröz – umumxalq bayrami tadbiriga tayyorlanayotgan tögarakda ekan-da, deb ham öyladik. Ammo 2-13-sonli avtotransport vositalariga texnik xizmat körsatiş yönalişidagi guruhda 31 nafar öquvçidan 7 nafari, 3-13-sonli maişiy xizmat texnikalari va kassa apparatlarini taʼmirlaş yönalişidagi guruhda 22 öquvçidan atigi 2 nafar öquvçi darsga kelganligini qanday izohlaşni ham bilmadik. Bu ham mayli, 2 nafar bölsa ham, masʼuliyatni his qilib, öquv xonasida öqituvçisini kutib ötirişgan ekan, 6-13- töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş yönalişidagi va 5-13- suv-gaz taʼminoti va kanalizatsiya yönalişidagi guruhlarga bitta ham öquvçi darsga kelmaganligini qanday izohlaş mumkin?

Xöş, kollejda nega jim-jitlik? Öquvçi masʼuliyatsizmi yoki öqituvçi? Yoki öqiş va öqitiş jarayonida muammo bormi?

­- Öquvçilarning köpçiligi juda olisdan qatnaşadi, -deydi kollej direktorining kasbiy taʼlim böyiça örinbosari Ozod Avezov.

­- Axir barça öquvçi olis masofadan qatnamas, -qiziqdik, -öqişni istagan bola uçun, farzandining kasb-korli bölişini xohlagan ota-ona uçun masofa muhim bölmasa kerak?

­- Fikringiz töğri, biz öquvçilar davomatini yaxşilaş maqsadida qança köp yelib-yugursak-da, foydasi kam bölayotir,- davom etdi O.Avezov. –Bu borada joylardagi OFY va MFY raislariga nomma-nom xatlar jönatdik. Lekin baʼzan xafa bölib ketadigan tomonlari ham bor. OFY va MFYlarning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilari kollejga kelib: "qani, bizning xududdan kollejda qaysi bola öqiyapti?” deb söraşadi. Men bir özim kollejdagi 573 nafar öquvçining qaysi ovul yoki mahallada turişini beş qölday bilaman-u, mahalla maslahatçisi yoki "Mahalla posboni” sardori öz mahallasining bolasi qaysi kollejda öqişini bilmaydi.

Nazarimizda O.Avezov haq gapni aytdi. Haqiqatan ham özini özi boşqariş organlari bilan taʼlim-tarbiya muassasalarining hamkorligi kollejlarda öquvçilar davomati bilan boğliq muammolarni hal etişda muhim ahamiyat kasb etadi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19 iyundagi 175-sonli "Barkamol avlodni tarbiyalaşda oila instituti va fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining taʼlim muassasalari bilan özaro hamkorligini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining 2-bandida: "Oila, mahalla, taʼlim muassasalari hamkorligini yanada kuçaytiriş, ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi örni, majburiyati, masʼuliyati va farzandlar bilan özaro munosabatlarini mustahkamlaşga kömaklaşiş, taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya sifatini örganiş va ularni yanada takomillaştirişga oid çora-tadbirlarni amalga oşiriş” oila-mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligi Jamoat Kengaşining muhim vazifasi ekanligiga alohida ahamiyat berilgan. Demak, kollej öquvçisining qay darajada tahsil olişi, kasb-kor egallaşi va jamiyatda öz munosib örnini topişi uçun birinçi galda öquvçining özi, qolaversa, ota-ona, mahalla va taʼlim muassasasi birday masʼul.

Şunday deymiz-u, tuman IIB tomonidan bizga taqdim etilgan maʼlumotlarga qaraganda birgina 2015-yilning yanvar oyi davomida Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi kasb-xunar kollejidan 2, Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-xunar kollejidan 9 nafar, Amudaryo agrobiznes kasb-xunar kollejidan 6, Amudaryo qişloq xöjalik kasb-xunar kollejidan 4 nafar, jami 35 nafar kollej öquvçisining ota-onalari öz farzandlarining surunkali ravişda darsga qatnaşmaganligi uçun Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining tegişli moddalari böyiça jarima jazosiga tortilişgan.

Şu yerda haqli bir savol tuğiladi: Farzandlarimiz boşini silab, xohlaganingça öqi, izlan, hunarli böl, olim-u fuzalo böl, deb jon kuydirayotgan Yurtboşimizning, davlatimizning ğamxörligiga javob şumi? Axir farzandimiz öqisa, barkamol şaxs sifatida şakllansa, eng avvalo kimning obrösi? Oilaning, ota-onaning , Vatanning obrösi, şarafi emasmi? Bu şaraf sohibi böliş esa öz qölimizda, şunday emasmi, azizlar?

Kimgadir farzandini kollejda öqitiş uçun avtotransptort, yana kimgadir oiladagi moddiy yetişmovçilik muammo bölib körinadi. Lekin farzandining kelajagini öylagan ota-ona uçun bularning heç biri tösiq böla olmaydi. Şunday bölsa-da kollejlarda davomat bilan boğliq muammoni hal etişda maʼlum maʼnoda avtotransport masalasi bilan boğliq muammoga töxtalişni lozim topdik.

Eʼtibor bering: Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji öquvçilarining 60 nafari Bobur nomli, "Oq oltin”, "Tölqin” hamda Kuyuk köpir ovullaridan 22-28 çaqirim masofadan kollejga qatnaşadi. 102 nafar öquvçi esa Xitoy, Dörman, Xolimbeg, Qiliçboy hamda Böz yop ovullari hududidan 26-30, ayrimlari 30-35 çaqirim joydan qatnab öqişadi. Qolgan öquvçilar- 5-15 çaqirim joydan qatnovçi öquvçilar bir amallab velosipedda öqişga kelib-ketişini hisobga olsak, kollej öquvçilarining yarmidan köproği ançayin olis masofadan öqişga kelişadi.

­- Agar kollejimiz uçun yotoqxona qurilişi masalasi hal etilganida balki yaxşi natijalarga erişarmidik, - deydi kollej direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosari Muzaffar Qurbonboyev.

­- Menimça, avtotransport masalasi muhimroq, - öz fikrini bildirdi "Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkiloti yetakçisi Rasul Tojiboyev. ­– Tumanimiz hududlariga avtobuslar qatnovi yölga qöyilsa, yaxşi bölardi.

Taʼlim-tarbiya işlariga masʼul bölgan direktor muovini va yoşlar yetakçisining yuqoridagi fikrlari kimningdir nazarida öylab topilgan bahona bölib tuyular. Ammo bu fikrlarda jon bor. Balki kollej yotoqxonasi qurilişi va avtotransport masalasi hal bölsa, albatta öquvçilarning darsga davomatidagi muammolar barham topar.

Bizning niyatimiz esa xolis ­–ösib kelayotgan yoş avlodning nainki ota-onasining, balki özining, ona Vatanining qadr-qimmatini oşiradigan, el-yurtga şaraf keltiradigan insonlar sifatida şakllanişini taʼminlaşga kömaklaşiş, muammolarni hal etişda fidoyilar qatorida turiş. Ana şudir – bizning niyatimiz, azizlar. Yuqoridagi muammolar xususida esa mutasaddilar, masʼullar döppini yerga qöyib bir öylab körsalar yomon bölmasdi. Yana bir gap, kollej öqituvçilari ham (ayniqsa, Amudaryo maişiy xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji) taʼlim tizimi xodimlari uçun davlatimiz tomonidan yaratib qöyilgan şart-şaroitlarga javoban qatʼiyatliroq bölişsa, yanayam yaxşi bölardi. Har oyda beminnat olib turgan oylik maoşlarini halollab, taʼlim-tarbiya sohasida ilğorlik pillapoyalaridan ötib qabul qilişsa, bundan uluğ, bundan savobli iş bölmasdi. Axir dunyoning heç bir mamlakatida Özbekistondagiçalik Öqituvçi va murabbiylarga buyuk ehtirom körsatilmaydi. Ana şu şarafga munosib mehnat qilmoq kerak, şunday emasmi?

Robiya YÖLDOŞEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

amunews.uz veb-sayti maxsus muxbirlari.

(Foto - http://www.uzbekistonovozi.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026