DUGONALAR, BORMISIZ, OMONMISIZ?!
Ayol – jamiyat tayançi, körki va ezgulik sari yönaltirib turuvçi qudrat sohibasi. Ayol – u eng avvalo ona, oila bekasi, rafiqa, malakali mutaxassis, rahbar, ilm-fan fidoyisi. Kördingizmi, bugungi zamonaviy Ayolning zimmasida qançalik zalvorli yuk bor! U ana şu zalvorli yukni yelkasida tutibgina yaşamaydi,balki har lahzada ayollik masʼuliyatini yurak-yuragidan his etib, faqat va faqat oldinga dadil intilib yaşaydi. Dadillik unga kuç beradi, ezgu orzu-umidlar röyobi uçun doimiy faol harakatda bölişga undaydi.
Xöş, bugungi davr ayolining hayotga qaraşlari qanday? Uni qanday muammolar bezovta qilayotir? Yoş ayol-qizlarimizning ijtimoiy faolligini yanada oşiriş borasida qanday muammolar bor?
Biz bugungi "Dugonalar, bormisiz, omonmisiz?!” deb nomlangan davra suhbatimiz iştirokçilari bilan aynan yuqoridagi savollarga javob topişga harakat qildik.
Robiya YÖLDOŞEVA, jurnalist:
– Assalomu alaykum, avvalo tahririyatimizga xuş kelibsizlar.
Suhbatimizni boşlaşdan oldineʼtiboringizni bir fikrga qaratmoqçiman. Yaʼni, bugungi davr ayoli bilan keçagi kun ayoli örtasidagi farq, ularning dunyoqaraşi, jamiyatda özini tutişi, şaxs sifatida şakllanişida jiddiy muammolar yuzaga kelayotganday...
Şirin YaNGIBOYeVA, Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi örinbosari, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati:
– Fikringizga qöşilaman. Lekin barçaga, ayniqsa, jamiyatimizdagi faol ayollarga nisbatan bunday fikr bilan qaraş notöğri böladi. Avvalo, keçagi kun ayoli biqiq bir şaroitda yaşadi, ijod etib, mehnat qildi. Sobiq tuzumning qoliplaştirilgan siyosati taʼsirida qança-qança iqtidorli ayol-qizlarimiz tumanimiz markazi – Manğitdan nariga ötişgani yöq. XXI asr özbek ayoli tamoman özgardi: u ilm-fanda, sportda va sanʼatda, barça sohalarda ilgarilab ketdi. Huquqiy ongi ösdi, dunyoqaraşi kengaydi. Bu – ayolning şaxs sifatida şakllanişida muhim ahamiyat kasb etadi, albatta. Lekin ana şu şakllaniş jarayonida siz aytmoqçi bölgan muammolar ham yuzaga kelganini yaşira olmaymiz. Avvalo, keçagi kun ayoli bilan bugungi zamonaviy ayolning özini tutişiga bir eʼtibor bering-a! Farq katta, töğrimi? Bu–ayniqsa ayollarimizning köça-köyda, oilada özini tutişlarida, kiyiniş madaniyatida yaqqol seziladi. Eng yomoni, köpçilik ayollarimizning özlariça "zamonaviy” bölaman, deb "ommaviy madaniyat” ga ruju qöyayotganlari.
Gulasal MATYoQUBOVA, 10-sonli umumtaʼlim maktabi direktori, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati:
– Men ham şuni aytmoqçi edim. Nazarimda nuroniy yoşga yetgan keksa onaxon va momo-buvilarimiz amal qilgan ayollik saltanatining barça ayollar uçun öta muhim bölgan sabr-qanoat, mehr-oqibat, şarqona odob-ikromlilik tamoyillariga munosib fazilatlar köpçilik ayol-qizlarimiz uçun begona. Hayotiy misol, maktab rahbari sifatida öquvçilarning har xil jimjimador, qimmatbaho taqinçoqlarga berilib, moda ketidan quvişiga qarşi yuqori sinf öquvçi-qizlari bilan suhbatlar ötkazaman. Aynan mening suhbatimda iştirok etgan, tanbeh eşitgan ayrim öquvçi-qizlarning onalari köpçilik hollarda qizlariga tanbeh beriş örniga mendan xafa bölişadi. Qizlari köça-köyda oçiq-soçiq, beöxşov kiyinib, soçlarini yoyib yurişsa yaxşimi? Axir ösmir va baloğot yoşidagi qizlarning tor şim kiyişi oqibatida tos suyak zararlanmaydimi? Buni zamonaviy tibbiyot ham tasdiqlab turibdi-ku! Doimiy ravişda tor şim, tor yubka kiygan qizlar ertaga turmuş qurib, ona bölganlarida qançalik qiynalişini bir öylab körsalar yomonmi? "Ommaviy madaniyat”, deb bong uramiz. "Ommaviy madaniyat”ga intiliş oqibatida köpçilik ayollarimiz öz qizlariga ibrat böliş örniga ana şu törga ongliravişda ilinib qolişayotir. Qarang, özim köp bora guvoh bölgan holat: köçaning u yuzi bilan bu yuzida ketayotgan ikki nafar yoşgina kelinçak bir-biri bilan söraşyapti:
– Ayva, Dili, kak delo?
– Ayva, zör. Davay, Zulfi, noçda kel, podrujkalarim kelişadi.
Söng ikkalasi bir-biriga qöllarini labiga tekkizib, ğoyibona "öpiç” yuborişadi.
Ana xolos, deyman. Bu qanday söraşiş, bu qanday muomala-munosabat?
Keçagi ayol şunday qilarmidi? Yöq, albatta: özbek ayoliga xos salomlaşiş odobi, ibo va hayo mujassam edi uning feʼlida. Heç qaçon özbek ayoli son va tirsaklarini, avrat joylarini oçib libos kiymagan. "Ommaviy madaniyat” qayerdan paydo böladi? Eng avvalo tarbiyasizlikdan. Saviyasi pastlik odamni şu köyga soladi.
Zulhijja XUDOYoROVA, milliy kuraş böyiça jahon çempioni, 2-sonli BÖSM ning sport murabbiysi:
– Şirin opa, sizXXI asr özbek ayoli tamoman özgardi, barça sohalar böyiça ilgarilab ketdi, dedingiz. Men ham şu fikrdaman. Lekin eşitib, tahlil qilib ötirsam, Gulasal opaning kuyib-pişib gapirganiça bor. Haqiqatan ham biz kompyuterlar, yuksak texnologiyalar asriga qadam qöymasimizdan avval (bolaligim esimga tuşadi-da) ayollarimizning el içida özlarini tutişlari boşqaça, gözal edi. Ayniqsa, ularning liboslari! Har xil fasondagi atlas va şoyi köylaklari, ikki yo bir örim qilib orqasiga taşlab olgan sunbul soçlari yoki boşiga çambarak qilingan soçlari ustidan nafis örab olgan römollari ayollarimizga yanada gözallik, joziba bağişlardi. Endi köça-köyda soçi uzun qizni körsak, xuddi möʼjizaga duç kelganday bölamiz. Axir zamonaviy böliş degani Gulasal opa aytganlariday, ona tilimizni buzib, rusça-inglizça sözlarni çala-çulpa nutqimizga qöşib gapiriş yoki qizlarimiz kökrak va kindigini oçib, tor şim, tor yubka kiyiş, degani emas-ku!
Baʼzan kollej öquvçilari bölgan qizlarning kafe va oşxonalarda örtaga pul yiğib, böş vaqtlarini bölmağur ötirişlarga sarflaşayotganiga guvoh bölaman. Böş vaqt nima özi? Böş vaqt – çegaralanmagan imkoniyat-ku axir! Bu imkoniyatdan baloğat yoşidagi va bu yoşdan ötgan qizlarimiz, barça ayollar unumli foydalansalar, yomon bölmasdi. Boşqalar qanday fikrda, bilmadim-u, mening nazarimda ayol zotining böş vaqti bölmasligi kerak. Heç bölmaganda biçiş-tikişni örgansin, bu–oila iqtisodiga yordam. Sport bilan şuğullansin, bu maşğulot ayolning mustahkam soğligi uçun kafolat. Şuni bilamanki, har ikkala maşğulot ham ayol şaxsining ijobiy tomonga şakllanişida muhim omil böladi. Qolaversa, mamlakatimizda ayollar sportini rivojlantiriş borasida Prezidentimiz rahnamoligida juda keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Tumanimizda ham ayollar xohlagança şuğullanişlari uçun sport inşootlarimiz eşiklari lang oçib qöyilgan. Ayol oilaviy tarzda sport tögaraklariga qatnaşişi ham mumkin. Bunga ozgina hafsala qilinsa, bas. Agar ayol böş ötirsa, u sovuqqon böla boşlaydi. Muomalasi, hayotga qaraşi borgan sari salbiy tomonga özgarib boraveradi.
Roza GULMONOVA, tuman DSENM şifokori:
– Zulhijja hammamizdan yoş bölsa ham juda kuzatuvçan, fikri teran qiz ekan. Tan oliş kerak, sportçilar har tomonlama, hatto fikrda ham soğlom bölişadi. Haqiqatan ham bugungi davr ayoli har sohada ilgarilab ketdi-yu, nazarimda quyoşga intilib ösgan daraxt ildizi tufayli rivoj topayotganini sezmagani kabi ayollarimiz zamonaviylaşaman, deb maʼnaviy ildizini unutib qöyayotganlari yöqmi? Sababi, şifokorman, xalq orasida köproq bölaman. Baʼzan kir suvlarini uyi eşigidan turib köçaga "şaloplatib” tökayotgan qiz-u kelinlarimizni, hatto katta yoşdagi ayollarni köraman. Yoz oylarida oqar suv böylarida, Manğit arna, Böz suv, Qipçoq arna kanallarida kir yuvayotgan, hatto şu kanallarga çelak töla axlatni ağdarib ketayotgan kelinpoşşalarni juda köp kuzatganman. Endi keçagi ayolning hatti-harakatlari bilan zamonaviy ayollarimizning qilayotgan işlariga bir baho bering-u, xulosa çiqaring. Xöş, bizning onalarimiz şunday nomaʼqulçiliklarni qilganmi? Albatta, yöq! Ular biz qizlarini, yaʼni hozirgi davr ayollarini yonlariga ötqazib qöyib nasihat qilardilar:
–Oqar suvga tupurma, kör bölasan. Özingdan kattaning oldidan kesib ötma, odobsizlik böladi. Soçingni kessang, baxting kesiladi. Yaxşi muomala, çiroyli salomlaşiş – insonning bezagi, – deb qayta-qayta uqtirardilar. Bunday öylab qarasam, ayb özimizda. Biz avvalo ayol, ona va mutaxassis yoki rahbar sifatida öz maʼnaviy ildizimizni unutib qöyayotirmiz. Qizlarimizga onalarimiz bizga bergan ögitlarini takror-takror uqtiramizu özimiz aynan şu ögitlarga juda kam amal qilamiz. Özimizça "zamonaviy, madaniyatli ayol böliş”ni istab, yoşimiz 30-35 dan ötganida soçimizni kesamiz. Qaysidir xorij davlatining yorliği bilan bozorimizda paydo bölgan ğalati biçimdagi tor va oçiq köylakni kiyamiz. Har oyda (şundaylar afsuski, oramizda köp) heç bölmaganda bir marta tumanimizdagi nomdor kafe yoki oşxonalarda "sinfdoş ziyofat”, "qurdoş ziyofat”, "qarindoş ziyofat” degan ötirişlarga çiqamiz. Hatto ayrim ayollarimiz bunday ziyofatlar dasturxoniga spirtli içimliklar ham qöyişadi va ... tatib körişadi.
Robiya YÖLDOŞEVA, jurnalist:
– Rozajonning gapida jon bor. Yaxşisi, bir hayotiy misol keltiray: tahririyatimizga kelgan yoşgina kelinçak özi yaşaydigan ovul oqsoqolidan şikoyat qildi:
–Uç oydan beri farzandimga nafaqa tayinlaşmayapti, yordam bering, – dedi u.
–Xöp, yordam beramiz, Sizga nima sababdan nafaqa tayinlaşmayotganini suriştiramiz.
Şunday deb kelinçak aytgan OFY raisi bilan telefon orqali boğlanib, vaziyatni tuşuntirdim. Maʼlum bölişiça ayolning eri bir neça yil şartnoma asosida Koreya davlatida işlab qaytibdi. Yangi imorat qurib, yengil maşina olibdi. Hozirgi kunda şaharlararo yönalişlar böyiça kirakaşlik qilarkan. Bu oila kam taʼminlangan bolali ayollar uçun beriladigan nafaqaga umuman muxtoj emas ekan. Men ayolga buni yotiği bilan tuşuntirsam, nima deydi deng: "Özimning bordi-keldilarim, "taşkil”larim (ziyofat demoqçi) uçun kerak opa, erim "yiğiştir, bularing uçun pul bermayman”, deyapti”, deydi-da! Qarang! Ayol-ning oilasi öziga töq, hamma tomonlama yaxşi taʼminlangan ekan.
– Eringga rahmat, juda töğri aytibdi, - dedim ayolga. – Yaxşisi, ering aytganiday, "taşkil” degan muammoni yiğiştirib, ikki nafar bolaning tarbiyasiga qara.
Kördingizmi, ayrim ayollarimiz töqlikka şöxlik qilib, xudbinlaşib bormayaptimi? Davlat tomonidan kam taʼminlangan oilalarga farzandlarini ijtimoiy himoyalaş maqsadida ajratilgan mablağlar hisobidan nafaqa "töğrilab”, har xil köngiloçar ötirişlar qilişni xohlayotgan ayollar, töğrisi, meni keçirsinlar-u öz qobiğiga öralib, özidan narini körmaydigan boqimandalarga aylanib qolişayotir. Kimdir öğil-qizim yaxşi yeb-içsin, yaxşi öquv yurtlarida öqib, ilmli bölsin, deb yugurib-yeladi, tadbirkorlik bilan şuğullanadi. Yana kimlardir davlatning ğaznasiga köz tikib, şaxsiy rejalar tuzadi, öğil-qiziga yaxşi tarbiya beriş örniga böy yetgan qizini yo öğlini ergaştirib "qarindoş ziyofat”, "qurdoş ziyofat” qabilidagi ötirişlarga boradi. Tağin bu kabi ziyofatlarni nomdor kafe yoki oşxonalarda, hatto ayrim töyxonalarning xilvat xonalarida ötkazişadi.
Tamara YuSUPOVA, tadbirkor, "Tamara-Feruza” xususiy korxonasi rahbari:
– Mustaqilligimizning dastlabki yillarida xalqimiz hayoti qançalik oğir keçganini bugungi 25-30 yoşdagi biz tengi ayol-qizlarimiz juda yaxşi bilişadi. Lekin ozgina bölsa-da yuragida oriyati bor ayol-qizlarimiz birovga, ayniqsa davlatimizga boqimanda bölişdan köra mehnat qilişni afzal körişadi. Men tuni bilan bozorbop, hammabop kiyim-keçaklar tikib, ertasiga sotuvga olib çiqqan, öz mehnati bilan özgalar mehrini qozongan çevarlarni bilaman. Ular misqollab topgan davlati soyasida el-yurt hurmatiga munosib, öz oilalarida havasga loyiq turmuş tarzini qurişgan.
Baʼzan hayron qolaman, çöntagida puli kamaygan ayol Alloh marhamati bilan dunyoga keltirgan farzandini boqiş, yedirib-içiriş uçun eng maqbul yöl – davlatdan nafaqa oliş, deb öylaydi. Bunday holatni men minnat qiliş, deb tuşunaman. Nima, OFY dan nafaqa tayinlanmasa, bolangni oç qöyasanmi, undan köra oila iqtisodini kötariş yöllarini izla, intil,degim keladi.
Esimda: Toşkent şahridagi maşhur "Maşhura” firmasi maʼmuriyati va tuman xokimligining qöllab-quvvatlaşi tufayli tumanimizda bundan 10-yil avval "Maşhura” firmasining filialini taşkil qilganman. 25 million sömlik bank krediti asosida öz xususiy korxonamning işini yölga qöydim. Yoş qiz-kelinçaklarni iş bilan taʼminladim. Öz qiziqişlarim tufayli yiliga yuzlab ayol-qizlarga çevarlikning nozik sirlari yuzasidan maşğulotlar olib borişimga töğri kelgan. Işonasizmi, baʼzan bu maşğulotlarga qaynona bölib qolgan onaxonlar ham qatnaşardilar. Öşa paytdatuman markazidagi maişiy xizmat körsatiş uyidan taşqari, ovullarning har birida bitta-bittadangina tikuvçilik tsexlari bor edi, xolos. Bu tsexlar özini-özi qoplay olmas, mijozlari sanoqligina bölardi. "Maşhura” firmasining filialida tahsil olgan sobiq şogirdlarimning köpçiligi öz biznes loyihalarini işlab çiqib, xususiy korxona egalari sifatida şakllanganlariga şaxsan özim guvohman. Bugun amudaryolik Maşhuralarning sanoğiga yetolmaysiz. Biri-biridan özib işlaşyapti ular. Demak, işlasa, harakat qilsa bölar ekan-ku! Bugungi davr ayoli qölini qayerga uzatsa, yetadi. Onalarimiz yaşagan yaqin ötmiş davridagiday çeklaşlar, kamsitişlar yöq. Birgina bizning tumanimizda 2014-yilning özida 104 nafar ayol-qizga tadbirkorlik faoliyatlarini yölga qöyişlari uçun 1 milliard sömlik imtiyozli kreditlar berilgani haqida tuman gazetasida öqib qoldim. Qarang, davlatimizda ayol-qizlar qançalikkatta ğamxörliklar bilan qamrab olingan. Ana şu ğamxörlikka munosib ham böliş kerak-da!
Yulduz TURSUNBOYeVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi:
– Tamara opam juda yaxşi fikr aytdilar. Haqiqatan ham mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy faolligini oşiriş maqsadlarini ifoda etuvçi barça qonuniy asoslar yaratilgan. Oddiygina misol, kollej va akademik litseylarni bitiruvçi yoşlarga özlari xohlagan yönalişlarda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişlari uçun kam foizli kreditlar ajratilayotganligining özi mustaqil hayot ostonasiga qadam qöyayotgan yoşlar, ayniqsa, qizlarning jamiyatda öz örnini topişlari uçun juda katta ğamxörliklardir. Lekin baʼzan özim bilan tengdoş qizlarning avvalo kasb-korli, xunarli yoki bilimli bölişni öylamay, erta turmuş qurişga şoşilayotganlaridan xafa bölib ketaman. Nuroniy yoşdagi momo va buvilarimiz "qiz bolaning hayosi-davlati, hunari – baxti”, – deb bekorga aytişmagan. Onam doim: "epli böl qizim, eping – ziynating”, deb ögit beradilar. Epli böliş degani faqat işni döndirib qöyiş emas, balki har tomonlama yetuklikka yetişiş hamdir. Mening fikrimça, zamonaviy ayol – bilimdon, epli, kasb-korli, eng muhimi, şarqona muomala madaniyatini egallagan şaxs bölişi kerak. Kimga qanday, bilmadim-u özim bilan tengdoş qizlarning moda ketidan quvib, quloğiga telefonni yoki nauşniklarni yopiştirib, köça-köyda oçiq-soçiq kiyinib yurişlarini ahmoqlik deb hisoblayman. Köpinça şunday qizlar bizning mentalitetimizga tamoman yot bölgan "Valentin kuni” kabi bölmağur tadbir yoki uçraşuvlarni nişonlab yurişadi. Internet olamidagi buzğunçi ğoyalar bilan töldirib taşlangan turli xil saytlarga kirib, "ommaviy madaniyat”ning yoqimsiz jihatlarini özlariga odat qilib olişadi. Ayniqsa, kiyiniş bobida. Hayron qolaman, oçiq-soçiq holda köçaga çiqib ketayotgan qiziga ota-onasi, ayniqsa, onasi: "yöqot, bu kiyimingni!”, demaydimi? Menimça, onalarimiz aynan şu libosni qiziga ravo körib, falon sömga olib bergani va kiyişga yöl qöygani uçun uyalişlari kerak. Lekin ayrim hollarda qizlarning bunday oçiq-soçiq liboslarni dugonasinikiga kirib kiyib çiqiş hollari bor. Qizining köçada qanday kiyimda yurganini baʼzi onalar bilişmaydi.Tarbiyaviy işlarni oiladan boşlaş lozim.
Şirin YaNGIBOYeVA:
- Bir holat mening judayam dilimni oğritadi. Robiya opa, siz yuqorida fuqarolar yiğinidan farzandi uçun nafaqa olib, öz şaxsiy "bordi-keldi”larini "hal” qilmoqçi bölgan yoş kelinçak haqida kuyunib gapirdingiz. Haqiqatan qöliga pul tuşgan yoş kelinçaklar öşa pulga yaxşi yeb-içiş, farzandiga yaxşi yediriş-içirişdan köra köproq yangi fasondagi liboslar kiyişni xuş körişadi. Hatto erkaklar bilan bir dasturxon atrofida ötirib spirtli içimlikiçişni madaniyatlilik belgisi, deb hisoblaydiganlar ham yöq emas. Baʼzan bayram va tadbirlarga soçlarini silliq tarab, römol örab kelgan ayollarga bepisand qaraguvçilarni köramiz. Köziga yasama kiprik yopiştirib, soçlarini har xil ranglarga böyab, yuzlariga haddan ziyod upa-elik çaplab taşlab, badanini börttirib libos kiygan kelinçaklar aslida uyalişlari kerak. Jamoat oldida tirsak va sonlarini oçib yurişlik - eng madaniyatsiz, maʼnaviyatsiz ayolning işi. Bu ham mayli, ayrim yoşlarimiz oila hayotiga tayyor bölmasdan erta turmuş qurişadi-yu turmuş çorrahalaridagi salgina zarbaga doş bera olmay, esankirab qolişadi. Aql bilan iş tutiş, oilasini saqlab qoliş uçun harakat qilişdan köra ajraşişni maʼqul körişadi. Sababini sörasangiz, juda oddiy – kelin qaynonadan, qaynona kelindan norozi. Baʼzi hollarda kuyov bilan xulq-atvorlari töğri kelmay qoladi. Nima, şuning uçun ajraşib ketiş şartmi? Örtada farzand bölsa, yanayam yomon. Axir erkak ham odam, qaynona ham ona. Erkak kişiga mehr-muhabbat, qaynonaga esa çiroyli muomala kerak. Yoş kelinçaklarimizning juda köpçiligi oddiygina ana şu qoidaga böysungilari kelmaydi. Oilada öz hukmini yuritgisi keladi. Aytmoqçimanki, Yulduzxon aytganiday, tarbiyaning tamal toşini biz eng avvalo oilada qöyişimiz kerak.
Robiya YÖLDOŞEVA:
–Demak, bugungi davr ayollarining ijtimoiy faolligini oşiriş, bu boradagi muammolarni hal etişning barça omillari töğri tarbiyada. Tarbiya esa albatta, oiladan boşlanadi. Bekorga xalqimiz: "Quşuyasida körganini qiladi”, degan hikmatni yaratmagan. Ayolning har jihatdan barkamol, yetuk şaxs sifatida şakllanişi uçun eng asosiy mezon – oilada yaratiladi, oila maskanida rivojlanadi.
Aziz mehmonlar! Bizning bugungi davra suhbatimizni "Dugonalar, bormisiz, omonmisiz?!” deb nomlaşimizdan maqsad – dugonalarni, faol ayol-qizlarimizni bir joyga jamlab, ular bilan tez-tez suhbatlar ötkazib turiş, şu orqali yoş ayol-qizlarimizga yöl-yöriqlar körsatiş, muammolarni hal qiliş borasida birgalikda fikrlaşiş va harakat qilişdan iborat edi. Bugungi suhbatimiz ana şunday xayrli işlarimizning deboçasi böldi, desam aslo yanglişmayman.
Sermazmun va maroqli suhbatlaringiz uçun taşakkur, aziz dugonalar!
Suhbatdoş: jurnalistRobiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶