28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:53
👁 5,131

FAQAT OLDINGA INTILIB…

FAQAT OLDINGA INTILIB…

Istiqbolga intilgan yoshlar

Shogirdlari bilan xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Chirchiq shahriga kelgan Jasurbek ertalab musobaqa boʻlib oʻtadigan maydonda odatdagi badantarbiya mashqlarini bajarmoqchi boʻldi. U sport liboslarini kiyib, maydonga tushganida bu yerda viloyatlardan, qoʻshni Respublikalardan kelgan sportchilar allaqachon mashgʻulotlarni boshlab yuborishgan edi. Ular orasida oʻz shogirdlarini koʻrib quvonib ketdi. Ayniqsa, Jaloliddin Aminov bilan Jasur Poʻlatovlarning turnikka tortilish, turnikda aylangan holda oyoqlarini tikka koʻtarib turish mashqlarini juda oson va chaqqonlik bilan bajarishlarini koʻrib, ularning intilishlaridan koʻngli toʻldi va:

- Ertaga musobaqalar boshlanadi. Musobaqa oldidan muskullarni ortiqcha zoʻriqtirish yaramaydi, -dedi u shogirdlarining harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatarkan. Soʻng ular bilan birgalikda boks sporti mashgʻulotlari uchun moʻljallangan ring maydonchasiga oʻtib, shogirdlarining musobaqaga tayyorgarlik holatlarini sinovdan oʻtkazdi. Ayniqsa, Jaloliddinning dadil harakatlari, raqibiga chap berish, ortiqcha kuch ishlatmay jang qilish uslubidan quvondi. Shunday boʻlsa-da, shogirdlariga:

– Yaxshi bokschi hech qachon qizishmasligi kerak, -dedi bosiqlik bilan. –Ayniqsa, jang paytida bokschi qanchalik kuchli boʻlmasin, salgina qiziqqonlik qilsa, nafaqat pand yeydi, balki oʻzi erishishi mumkin boʻlgan imkoniyatni boy berib qoʻyadi. Bosiqlik – boks sportining eng muhim qoidasi.

Hamisha ustozining maslahatlariga amal qilib oʻrgangan shogirdlari koʻplab musobaqalarda vazminlik va bosiqlik xislati oʻzlariga gʻalaba keltirganini yaxshi bilganlari uchun murabbiyning har bir oʻgit va maslahatiga amal qilishga intilishadi. Buni Jasurbek Nurimbetovning oʻzi ham yaxshi bilgani uchun shogirdlariga musobaqadan oldin qanday ovqatlanish zarurligini tushuntirdi.

Jasurbek shogirdlari bilan nonushtaga kirganlarida koʻpchilik sportchilar allaqachon tamaddi qilib boʻlishgandi.

– Shoshilmasdan, madaniyatli tarzda yeb-ichish ham badanga quvvat beradi, ham kayfiyatni koʻtaradi, qani, osh boʻlsin, bolalar,-dedi u kulib.

Jasurbek Nurimbetov 12-yildirki, shogirdlari bilan shunday tarzda shugʻullanadi. Ularning yeb-ichishi, yurish-turishi, oʻzlarini qaysi davrada qanday tutishlarigacha eʼtibor beradi.

– Bokschi degani ringga chiqib, raqibi bilan olishish degani emas, -deydi u. –Boks sporti ham oʻziga xos sanʼat. Bu sanʼatni egallash uchun sportchida kuch va qobiliyatdan tashqari sabr-toqat va madaniyat ham boʻlishi kerak. Bokschi sherday olishishning uddasidan chiqsa-yu, unda goʻzal xulq-atvor, muomala madaniyati, sabr-toqat boʻlmasa, befoyda. Shuning uchun ham Jasurbek shogirdlarini har gal musobaqalarga tayyorlaganida ana shu talablardan kelib chiqib ish tutadi. Natijalari esa hamisha kutilganidan ziyoda boʻladi. Shogirdlari gʻoliblik shohsupasiga koʻtarilgan paytda buni yurak-yuragidan his qiladi u.

Jasurbek Nurimbetov oʻz hayo-tini boks sporti bilan bogʻlaganida hali juda yosh-14 yashar oʻsmir edi. Esida, ilk musobaqada ishtirok etib, yuz-koʻzi koʻkarib kelganida rahmatlik onasi yigʻlab yuborgandi. Otasi Jumamurod aka Yerimbetov:

– Qoʻyaver, onasi, boks ­­­­­- eng kuchlilar va chidamlilar sporti, Jasurbek toʻpolonchi bola boʻlib emas, sportchi boʻlib jarohat olgan. Chidasin, toblansin, -dedi oʻgʻliga dalda boʻlib.

Otasi aytganiday, Jasurbek yillar davomida chiniqish mashqlarida, turli hil musobaqalarda qatnashib, toblandi. Goh yengdi, goh yengildi. Lekin hech qachon ortga qaytmadi, oldinga intildi. Boks sporti uni oʻta mulohazakorlik bilan ish tutishga, chidamli va irodali boʻlishga oʻrgatdi. Oʻziga nisbatan talabchanlikni, bosiqlikni, har qanday vaziyatda ham oʻzini madaniyatli tutishni oʻrgatdi unga boks sporti. Oʻz ustida tinimsiz ishlash, izlanish uning doimiy shioriga aylandi. Oʻrta maktabni tugatguncha u oʻz vazn toifasida Qoraqalpogʻiston miqyosidagi eng kuchli bokschiga aylandi. Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetini tugatgach esa tumandagi 1-sonli BOʻSMda murabbiy sifatida yosh bokschi shogirdlari bilan mashgʻulotlar oʻtkaza boshladi. U oʻz murabbiylik faoliyati davomida tumanimiz boks sporti sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Uning shogirdlari orasida boks sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionlari, xalqaro turnirlar gʻoliblari, sport ustalari va sport ustaligiga nomzodlar bor. Oʻzbekiston chempioni va sport ustasi Obid Usmonov, sport ustaligiga nomzod, koʻplab nufuzli muobaqalar sovrindorlari Nurbek Ochilov, Chinor Oʻrozboyev, Bobur Ismoilov, Ramazon Qoʻchqorov, Ruslan Eshimbetov hamda eng kuchlilar turniri finalchisi, xalqaro turnir gʻolibi Jasur Poʻlatov hamda bir necha xalqaro turnirlar gʻolibi Jaloliddin Aminovlarning nomi bugungi kunda mamlakatimizdagi boks sporti muxlislariga juda yaxshi tanish.

Ayniqsa, Jasurbek Poʻlatov bilan Jaloliddin Aminovdan Jasurbekning umidi katta. Ertaga boʻladigan xalqaro turnirda ularning gʻolib boʻlishiga ishonib bu yerga kelgan. Jasurbek shogirdlari bilan shu kuni jismoniy mashqlardan koʻra koʻproq maʼnaviy mashgʻulotlar bilan shugʻullandi. Ularning ruhiyatini koʻtaradigan suhbatlar oʻtkazdi. Chirchiq shahrining bahavo joylarini sayr qilishdi.

Ertasiga xalqaro turnir oʻtkaziladigan maydonga barvaqt kelib, shogirdlarining irodasini sinovdan oʻtkazdi. Ring maydonchasi muxlislar bilan gavjum. Musobaqalar boshlangan. Navbat qoraqalpogʻistonlik sportchilarga yetganida Jasurbek Nurimbetov biroz hayajonlandi. Shogirdi Jasur Poʻlatovning mohirona jangidan quvonib turganida Jaloliddin Aminovning nomi sport arenasida qayta-qayta jaranglay boshladi. 2014-yilning noyabr oyida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan, besh kun davom etgan ushbu nufuzli xalqaro turnirda Jaloliddin Aminov faxrli 2-oʻrinni, Jasurbek Poʻlatov esa 3-oʻrinni egallashdi. Oradan sal oʻtib, Toshkent shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida Jaloliddin Aminov yana kumush medal sohibi boʻldi va shu musobaqadan soʻng tumanimizning ikki nafar sportchisi–Jaloliddin Aminov bilan Jasurbek Poʻlatov Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilindilar. Shunisi eʼtiborga molikki, mazkur musobaqada 1999-yilda tugʻilgan yosh sportchi Jaloliddin Aminov 63 kilogramm vazn toifasida Oʻzbekistonda birinchi raqamli bokschi sifatida tan olingan Toshkent shahrilik Temur Merjanov ustidan katta farq bilan gʻalaba qozondi va hakamlar hayʼati tomonidan oʻz vazn toifasidagi eng kuchli bokschi deb tan olindi.

–Men Jaloliddinning kelajagiga ishonaman, -deydi Jasurbek Nurimbetov. –U faqat oldinga intilishni yaxshi koʻradi. Qolaversa, Jaloliddin endi 15 yoshga qadam qoʻydi. Yoshiga nisbatan juda irodali. Iroda esa sportchining oʻz jismiga kuch yigʻishida juda muhim. U 15 yoshgacha 19 ta jang oʻtkazib, shundan 17 tasida gʻalabaga erishgan. Eng muhimi, gʻalabani ham, magʻlubiyatni ham tan oladigan mardlik bor unda. Nihoyatda tarbiyali.

Jasurbek oʻz shogirdlari haqida faxrlanib, ishonch bilan soʻzlaydi. Ayni paytda hali yosh boʻlishiga qaramay, boks sporti boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoasi katta murabbiyi lavozimida faoliyat olib borayotgan Jasurbek Nurimbetov oʻzi uchun qadrdon boʻlib qolgan 1-sonli BOʻSMdan ham qoʻl uzgani yoʻq. Bu yerda boks sporti bilan shugʻullanishni istagan koʻplab oʻsmir yoshlarga mahorat va toblanish mashgʻulotlarini oʻtkazishdan aslo charchamaydi. 2015-yilda Xorazm viloyatida, Urganch shahrida boʻlib oʻtadigan «Umid nihollari» sport musobaqalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoasi bokschi-yoshlarini tayyorlash, terma jamoa tarkibini kuchli sportchilar hisobiga mustahkamlashdek masʼuliyatli vazifa ham yosh va umidli murabbiy Jasurbek Nurimbetov zimmasiga yuklatilgan.

– Sport-mening hayotim mazmuni, –deydi u mamnuniyat bilan.

– Qolaversa, sport-sogʻligim kafolati. Men sport bilan oshno boʻlib, kelajakka dadil qarashni oʻrgandim. Shogirdlarimda ham juda katta ijobiy oʻzgarishlarni sezib, quvonib ketaman. Chunki ularning deyarli barchasi sport bilan shugʻullanish jarayonida faqat va faqat yaxshi tomonga oʻzgarishdi. Qani endi, hamma ommaviy ravishda sportning oʻziga maqbul turi bilan shugʻullansa.

- Qanday yaxshi! –deymiz Jasurbekning orzulariga sherik boʻlib.

Bugungi yoshlar –Prezidentimiz aytganlariday bizdan koʻra aqlli, kuchli boʻlib voyaga yetayotganlaridan quvondik. Bu quvonchimizni yosh sport murabbiysi Jasurbek Nurimbetov amalga oshirayotgan ezgu ishlarda, oʻz kelajagiga dadil boqib, faqat oldinga intilishga oʻrgangan oʻsmir yoshlar –Jasurbekning shogirdlari timsolida koʻrdik. Va biz ham ularga ishondik:

Shunday bir kun keladiki, amudaryolik sportchilar jahon sport arenalarini titratib yuboradigan katta gʻalabalarga erishadilar!

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

amunews.uz veb-sayti muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026