29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 01:12
Sport 👁 959

Ringda faqatgina kuchlilar va chidamlilargina gʻalaba qozonadi

Ringda faqatgina kuchlilar va chidamlilargina gʻalaba qozonadi

“Boks – hayotdek: baʼzida qattiq zarbalar qabul qilishga toʻgʻri keladi, lekin oldinga intilish kerak”, degan edi zamondosh sportchilardan biri. Darhaqiqat, sportda nafaqat boks, balki boshqa sport turlarining ham oʻziga yarasha murakkabligi bor. Boisi, gʻalaba oʻz-oʻzidan sodir boʻlmaydi. Muvaffaqiyat seni izlab kelmaydi, uni sen oʻzing izlab borishing kerak. Tinimsiz mashgʻulot, harakat, ishtiyoq va muvaffaqiyatsizliklardan keyin ham ortga chekinmaslik sportchini toblaydi.

Soʻnggi yillarda yurtimizda sportga qaratilayotgan eʼtibor tufayli Amudaryo elida ham ana shunday kurashuvchan, tirishqoq, arslonyurak sportchilar yetishib chiqmoqda. Shulardan biri – Sardor Shomurodovdir. Qahramonimiz 2002-yil Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida dunyoga keladi. Bolaligidan kuchli sportchilarga havas qilib ulgʻaygan bu yigit kelajagini aynan sport sohasida koʻrar edi.

Sardor Shomurodov 12-13 yoshlarida Toʻlqinda joylashgan boks zalida Azim Muxtorov qoʻl ostida boks bilan shugʻullana boshladi. Keyinchalik esa 14 yoshida Nukus Olimpiya zaxiralari sport kollej-internatiga oʻqishga kiradi. Yosh bokschining tinimsiz saʼy-harakatlari, oʻz ustida ishlashi natijasida 2017-2018-yillarda ikki karra Oʻzbekiston chempioni va bir necha Xalqaro turnirlar gʻolibi boʻldi. Shuningdek, 2019-yilda oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlab, Andijon shahrida yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida faxrli 3-oʻrinni egallab, Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilindi.

Sardor 2017-2018-yillari Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi, 2019-2020-yillarda esa Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi, hozirgi kunda Oʻzbekiston kattalar milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. 2019-yildan boshlab, Amudaryo tumani sport maktabi treneri Jasur Nurimbetov qoʻl ostida muntazam ravishda boks sir asrorlarini oʻrganib, shugʻullanib kelmoqda.

Sardor Shomurodovni chinakam omadli sportchilardan biri, deyish mumkin. Yosh boʻlishiga qaramasdan, uning shu paytga qadar erishgan yutuqlari talaygina. Qahramonimiz 2019-2020-yillarda yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati sovrindori, Qozogʻistonning Olmaota shahrida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan Xalqaro turnir sovrindori, Olmaliq shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro turnir finalchisi boʻldi va Oʻzbekiston sport ustasi normativini bajardi. Shuningdek, 2021-yil Sirdaryo viloyatida professional boks boʻyicha oʻtkazilgan jangda 76 kg vazn toifasida gʻalaba qozondi. 2022-yilda oliy taʼlim muassasasini bitirib, hozirgi kunda Amudaryo tuman sport maktabida boks boʻyicha murabbiylik qilib kelmoqda. Ayni damda yosh sportchimiz Jasur Nurimbetov kabi qobiliyatli ustoziga shogird sifatida koʻpgina musobaqalarda gʻalaba qozonib kelmoqda. Oʻz navbatida u ham koʻpgina shogirdlarga ustozdir.

Sardor Shomurodov uchun oʻtgan yil ham, bu yil ham omadli keldi. 2024-yilda kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida faxrli 3-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston Milliy terma jamoasiga qabul qilindi hamda aprel oyida Qirgʻizistoning Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro turnirda faxrli 3-oʻrinni egalladi. Bu bilan cheklanib qolmasdan, shu yili Qozogʻiston Respublikasining Aqtau shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro turnirda faxrli 2-oʻrinni egallab, ushbu musobaqaning “Eng yaxshi bokschisi” deya eʼtirof etildi va taqdirlandi. Shuningdek, 2024-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Boks federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan “Yilning eng yaxshi bokschisi” deb topildi.

Ha, intilganga tole yor, deya shuni aytishsa kerak. Bir muvaffaqiyat boshqa bir muvaffaqiyatni yetaklab keladi, degani bejizga emas. Bu yil ham sportchimiz uchun omadli boshlandi. Yaqindagina Nukus shahrida sportchi yoshlar va sport federatsiyalarini taqdirlash marosimida Sardor Shomurodov “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb topilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan munosib taqdirlandi.

U hozirgi kunda Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi aʼzosi, har oyda Angren shahar Yangiobod sport bazasida olimpiada chempionlari boʻlmish Bahodir Jalolov, Hasanboy Doʻsmatov kabi sportchilar bilan birgalikda oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etib kelmoqda. Ayni damlarda sportchi havaskor boks bilan professional boksni uygʻunlashtirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, hozirda ustozi bilan birga may oyida Ostonada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga qatnashib, gʻolib boʻlishni maqsad qilib, bu maqsad yoʻlida qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.

Biz esa, faxrimiz boʻlgan Sardorbekka rejalashtirayotgan ezgu ishlarida tole yor boʻlishini tilaymiz.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026