Mehnat faxriylariga "Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi" esdalik yubiley medali tantanali tarzda topşirilmoqda
Ikkinçi jahon uruşi nafaqat jang maydonlarida, balki front orqasida ham butun xalqning sabri va matonatini sinovdan ötkazgan voqea böldi. Millionlab yigitlar uruş maydonlariga jönab ketar ekan, xalq xöjaligining turli sohalaridagi maşaqqatli va oğir işlarni bajariş masʼuliyati ayollar, keksalar va ösmirlar yelkasiga tuşdi. Ular ğalabaga bölgan işonç bilan kunu-tun fidokorona mehnat qildilar.
Ayollar oğir yer işlarida, paxtazorlarda, zavod va fabrikalarda faol iş olib bordilar. Yer haydaş, uruğ ekiş, örim-terim işlarining barçasi ularning zimmalarida edi. Bir paytlar bolalarini bağriga bosib, öçoq boşidan çiqmagan onalar va qiz-kelinçaklar endi qöliga ketmon olib, tong sahardan dalaga oşiqardilar.
Keksalar — bobo va momolar ham özlarining qarilikni unutdi. Ular ham farzandlari uçun, ona Vatan uçun qölidan kelganiça mehnat qilişdi. Öz bolalarini frontga kuzatgaç, qalbida paydo bölgan alamni, farzandidan qora xat kelganda yuragida turgan sançiqni unutiş uçun tun-u kun mehnat maydonida jonbozlik körsatişdi.
Ana şunday fidoyilardan biri, ösmirligi va yoşligini mehnat frontida ötkazgan yurtdoşimiz – amudaryolik Orzigul Madaminova ham oramizdagi qahramonlardandir.
9-may Xotira va qardlaş kuni hamda Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan Orzigul Madaminova qatori yuzlab vatandoşlarimiz Prezident farmoni bilan “Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali bilan taqdirlandilar. Tuman hokimi Sobir Xöjametov va Respublika faollari Manğit şahrining Döstlik mahallasiga – onaxon yaşovçi xonadonga borib, esdalik yubiley medali va bayram sovğalarini tantanali tarzda topşirdilar.
Manğit şahrining Çordara mahallasida yaşovçi Bika Sultanova va Oybek nomli mahallada yaşovçi Tozagul Yöldoşevalarga ham mehnat fronti faxriylari sifatida yuksak ehtirom körsatilib, “Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medallari va bayram sovğalari tantanali tarzda topşirildi.
Faxriy onaxonlar öz xotiralarida taʼkidlaganlaridek, Ikkinçi jahon uruşi yillari butun mamlakat uçun oğir sinovlar davri böldi. Jang maydonlaridagi har bir zafar ortida front ortidagi yurtdoşlarimizning beqiyos mehnati, sabri va fidokorligi mujassam edi. Özbekiston qişloq xöjaligi va xalq xöjaligi sohalarida butun yurtni oziq-ovqat, kiyim-keçak va boşqa muhim ehtiyojlar bilan taʼminlaşda katta masʼuliyatni öz zimmasiga oldi.
Uruş boşlangan ilk kunlardanoq mamlakatning barça mehnat resurslari töliq safarbar etildi. Yoşlar, ayollar va keksalar qişloq xöjaligi işlarining barça jabhalarida faol iştirok etdilar. Özbekiston xalqi uruş yillarida nafaqat Vatanni qöllab-quvvatladi, balki mehnati bilan ğalabaga zamin yaratdi. Bu zahmatli kunlar tarixga sabr, matonat va fidoyilik timsoli sifatida muhrlanib qoldi va şubhasiz, bugungi avlod uçun u yillar davomida namuna, faxr va ilhom manbai bölib qoladi.
Bugun biz tinç, obod yurtda yaşar ekanmiz, Ikkinçi jahon uruşida jonini fido qilgan ota-bobolarimiz, mehnat frontida zahmat çekkan momolarimizning xotirasini uluğlab, oramizda umrguzaronlik qilayotgan faxriylarimizni eʼzozlaşimiz, ularga ehtirom körsatişimiz lozim. Zero xotira – abadiy, inson qadri esa muqaddasdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶