UPUŞ FAXPIYSI: BUNDAY SAODATLI KUNLAPNI OTA-BOBOLAPIMIZ FAQAT OPZU QILIŞGAN
Manğitlik Sobir bobo Nurullayev Ikkinçi jahon uruşiga otlanganida endigina 18 yoşga tölgan navqiron yigit edi. Öşa paytdagi Qoraqalpoğiston Pespublikasining Qipçoq tumani markazidagi Amudaryoning Qipçoq pristanidan paroxodga çiqib frontga ketgan yigitlarning eng yoşi Sobir Nurullayev edi. 1942-yilning sentyabrida yölga çiqqan manğitlik yigitlar hali Özbekiston hududidan çiqmaslaridanoq uruş dahşatlariga röbarö böldilar: Markaziy Osiyodan frontga jönatilayotgan oziq-ovqat, qurol-yaroğ eşelonlari, safarxaltalarini yelkalagan son-sanoqsiz odamlar oqimi ğarb tomon şoşilişardi. Ğarbdan Şarqqa tomon kelayotgan poyezdlarning vagonlari mayib-majruh jangçilarga, evakuatsiya qilinayotgan ayollar, keksalar va bolalarga töla edi. To ular Possiyaning Omsk şahriga yetib borgunlariça har bir qariç yerda faşizmning vayronkor izlarini köraverib, yuraklari nafrat olovida yonib, tezroq qöllariga qurol oliş, faşizm balosiga qarşi kuraşişga tayyor jangçilarday his qila boşlagan edilar.
Omsk şahridagi Tankçilar tayyorlaş harbiy bilim yurtining qisqa kursida taʼlim olgan Sobir Nurullayev 1942-yilning qorli kunlaridan birida ilk marta jangga kirdi. Piyodalar qöşinida pulemyotçi sifatida uruşga kirgan Sobir Nurullayev ikki yarim yil davomida mislsiz janglarda iştirok etdi. Goh piyodalar qöşinida, goh tankçilar brigadasida pulemyotidan duşmanga qaqşatgiç zarbalar berdi.
– Oyoğimdan olgan jarohatim ançagina oğir böldi, – olovli janglar bilan keçgan umr yöllari haqida sözlaydi Sobir bobo. – Ança vaqt gospitalda davolandim, oqsoqlanib qoldim. Lekin çidadim.
Tinimsiz maşqlar, metin irodasi bilan öz jarohatiga malham bölişga intilgan Sobir Nurullayev dardni matonat bilan yengdi, erkin yuradigan böldi. Yana frontga otlandi.
– Faşistlar çekinayotib ham tavbasiga tayanişmadi, – eslaydi Sobir bobo. – Uruşning sönggi kunlarida rosa jazavaga tuşişganlariga guvohman. Maʼnisiz, maqsadsiz, pala-partiş otişardi. Tarix bundayin vahşiylikni körmagan edi nazarimda.
Sobir Nurullayev Ğalaba bayramini Çexoslovakiya zaminida kutib oldi. Faşizmning sözsiz taslim bölgani haqidagi xabardan quvongan jangçilar bir-birlarini qutlaşarkan, kulib turib yiğlaşar, yiğlab turib kulişar edi. Frontning turli yönalişlaridagi janglarda körsatgan jasorati uçun Oliy Boş Qömondonlik tomonidan berilgan III Darajali “Şuhrat” ordeni, “Jasorat”, “Jasurligi uçun” medallarini köksiga taqib Ğalaba paradida iştirok etgan Sobir Nurullayev uruşdan söng, yana ikki yil davomida harbiy xizmatda böldi. U faşistlar tomonidan vayron qilingan şahar va qişloqlarni qayta tiklaş, izdan çiqqan sanoat va qişloq xöjaligini rivojlantirişdek xayrli işlarda iştirok etdi.
Tinçlik yillarida Manğit paxta tozalaş zavodida, tumandagi quriliş taşkilotlarida çilangarlik qilgan Sobir ota Nurullayev nafaqaga çiqqan bölsa-da, doimo el-yurt, mahalla-köy bilan birga. Uning har bir kuni maʼno, mazmunlarga töla.
– Bundayin saodatli, farovon zamonni ota-bobolarimiz körmagan, – deydi otaxon şukronalik bilan. – 2018-yilda Toşkent şahrida, Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 73 yilligiga bağişlanib, Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan ötkazilgan bayram tadbirida iştirok etdim. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev har birimiz bilan alohida-alohida körişib, suhbatlaşdilar. Ilohim xalqning baxtiga uzoq umr körsinlar.
Otaxon hamon tetik, bardam. Biri-biridan aqlli, mehr-oqibatli beş öğil va ikki qizning har birining oilasida örni bor, ardoqli. Boboning öğil-qizlari, nevara-yu çevaralari jam bölsalar, bu katta xonadon töyxonaga aylanib ketadi. Umrining 95 bahorini qarşi olgan Sobir boboni ziyorat qiluvçilar bisyor. Maktab öquvçilari, tumandagi idora va taşkilotlar xodimlari, Navoiy nomli mahalla faollari turli bayram sanalarida otaxonni guldastalar, sovğalar bilan yöqlaşadi. Har kuni boboning ahvoli-ruhiyatidan xabardor bölib turişadi.
– Doimo bizga maslahatgöy, – deydi otaxonning kelini Mavluda opa mamnuniyat bilan. – Tillaridan şukronalik tuşmaydi. Zamonaning, tinçlikning qadriga yetinglar, deyişdan heç çarçamaydilar.
95 yoşida ham tinib-tinçimaydigan, har bir kunini şukronalik bilan ötkazayotgan Sobir bobo Nurullayev bilan xayrlaşarkanmiz, qöllarini duoga oçdilar:
– Yurtimiz tinç, Prezidentimiz soğ-omon, xalqimiz mehr-oqibatli, xonadonlarimiz farovon bölsin. Farzandlarimiz heç qaçon uruş nimaligini bilmasinlar, omin!
Pobiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶