28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:11
Jamiyat 👁 449

BAFRI OBOD OILANING SAODATLI BEKASI

BAFRI OBOD OILANING SAODATLI BEKASI

Inson uchun hayotini oʻzi oʻylaganiday tartibga solish oson emas. Buning uchun odamda sabr-toqat, mehnatsevarlik, intiluvchanlik  fazilatlari uygun boʻlmogʻi joiz. Qipchoq qishlogʻida, ziyoli oilada tugʻilib-oʻsgan Dilbarxon aynan ana shunday fazilatlarni oʻz feʼllarida mujassam etgan Kamol ota bilan Oysha onaning biri-biridan aqlli, oʻqimishli 6 nafar farzandining biri sifatida sabri goʻzal, mehnatkash, ilmga intiluvchan, oqila qiz boʻlib voyaga  yetdi.  

Dilbarxon shifokorlik kasbiga boʻlgan mehri balandligidanmi,  umumtaʼlim maktabi dasturidagi kimyo-biologiya fanlarini qunt bilan oʻrganishga kirishdi. Ayniqsa, kimyo fanining nozik sirlaridan voqif boʻlish borasidagi intilishlari bois, maktabdagi va hayotdagi ustozi, onasi Oysha opaning har bir mashgʻulotini sabr-toqat bilan oʻzlashtirishga intildi. Intilishlari zoye ketmadi. 1995-yilda Toshkent Tibbiyot Pediatriya institutining Nukus filialiga, pediatriya yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirdi. U yetti yil davomida oʻzi tanlagan yoʻnalishi boʻyicha mukammal bilim oldi. Institutni muvaffaqiyatli tamomlagan Dilbarxon Allamberganova ilk mehnat faoliyatini 2002-yilda Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Qipchoq shifokorlik punktida bolalar shifokori lavozimida ishlashdan boshladi.

Shifokor uchun muolaja choralarini belgilashda bemorning ruhiy holatini aniqlash oʻta muhim ahamiyatga ega. Bemor katta yoshdagi inson boʻlsa, bu borada shifokorga oʻz holati haqida maʼlum maʼnoda koʻmakchi boʻlishi mumkin. Lekin bolalar shifokori uchun oʻz bemorining ruhiyatiga kirib borish, toʻgʻri tashxis qoʻyish anchayin mashaqqatli boʻlib, shifokordan kuchli bilim va sinchkovlikni talab etadi. U 2003-2015-yillarda Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi qoshidagi koʻp tarmoqli Markaziy Poliklinikada, Mangʻit shahrining 11-hududiy bolalar shifokori lavozimida ishlash jarayonida ustozlari, Alloh rahmat qilsin, Xudoyor Shomurodov, Mohimjon Rajabova, ayni paytdagi Tibbiyot birlashmasining bosh pediatr-shifokori Gulshod Yusupovalarning kasbiy mahorati, tajribalarini puxta oʻrganish asnosida har bir bemor bolaning rangi, ovozi, hatti-harakatlari orqali ruhiy holatiga baho berishni va tashxislashni  oʻrgandi. Ustozlari bilan hamkorlikda ishlab, “qoʻli yengil bolalar shifokori” sifatida tanildi. Oʻzi xizmat koʻrsatadigan Mangʻit shahrining 11-sonli hududi aholisi esa “oʻzimizning Dilbarxon”, “oʻzimizning doʻxtir opa”, deb mehr koʻrsatadigan boʻlishdi.

Shifokor uchun xalq mehrini qozonishdan koʻra ulugʻroq baxt boʻlmasa kerak. Dilbarxon oʻzining fidoyiligi, goh qahraton qishlarda, goh jazirama yoz, kuz-u bahorning izgʻirinli, yomgʻirli kunlarida oʻziga birkitilgan mahalla koʻchalarida uyma-uy kirib, yosh bolalar, endi tugʻilgan murgʻak chaqaloqlar sogʻligini nazorat qilishdan, yosh onalar bilan uchrashib, bola parvarishi boʻyicha zarur tushuncha va tavsiyalar berishdan aslo charchamadi. Har bir ishga qatʼiyat va ishonch bilan kirishadigan, sabr-toqat bilan bemorlari holatini doimiy kuzatib, to ular sogʻayib ketgunicha tinib-tinchimaydigan Dilbarxon oʻzi mehnat qiladigan jamoa orasida ham hurmat, eʼtibor qozondi. 2015  yilning 1-yanvaridan unga Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariyati katta ishonch bildirib Bosh immunolog lavozimiga tayinlashdi.

Azaldan zimmasidagi masʼuliyatni chuqur his qilib yashashga odatlangan Dilbarxon Allamberganova Amudaryo tumani Bosh immunologi sifatida barcha yosh toifasidagi bemorlar, qolaversa, xalqimizning immun tizimini mustahkamlash, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan tibbiy-maʼrifiy tadbirlarga bosh-qosh.

Doimiy oʻqib-oʻrganish orqali tibbiyot sohasiga oid zamonaviy bilim va tajribalarni oʻz faoliyatiga dadillik bilan tatbiq etgan D.Allamberganova 2019-yilda oliy toifali shifokor darajasiga erishdi.

Oddiy, oʻta kamtar, oʻzi aytganiday, har qanday vaziyatda ham sabr-toqat va qatʼiyat bilan ish yuritadigan Dilbarxon oilada sadoqatli va saodatli rafiqa, mehribon va talabchan ona, sarishta uy bekasi. Uning baxt-u saodati shundaki, Dilbarxon Amudaryo tumanining maʼnaviy  jihatdan boy-badavlat xonadonlaridan biri – taniqli pedagog Jumamurod Chorshamovlar oilasiga kelin boʻlgan. Umr yoʻldoshi Mansur Chorshamov bilan birgalikda qurgan oila qoʻrgʻoni havasga munosib. Bir oʻgʻil, bir qizni mehr koʻshkida ulgʻaytirayotgan Dilbarxon bilan Mansur Chorshamovlar tarbiyasini olgan farzandlari ham ilmga intiluvchan. Qizlari Dinoraxon NDPIning xorijiy filologiya fakulteti talabasi, Oʻtkirjon esa 64-sonli maktabning eng aʼlochi bitiruvchi sinf oʻquvchisi.

Turli bayramlar sanalarida Dilbarxonning oilasi bagʻri biri-biridan izzatli mehmonlar qadamidan yashnab ketadi. Qaynotasi, Amudaryo tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi tashkilotchisi va rahbari Shavkat Chorshamov, faxriy ustoz Zevar Allamberganova, mehribon onasi, aziz ustozi Oysha Ismoilova,... (bu roʻyxat juda uzun). Ular Chorshamovlarning nevara kelini Dilbarxon Allamberganova yasatgan fayzli dasturxon atrofida jam boʻlishadi. Oʻrtada mehr hokim, sabr goʻzal, qadr-qimmat ulugʻ, oila bagʻri hamisha obod. Bagʻri obod oilalar sohib va sohibalari esa hamisha baxtli-saodatlidirlar. Dilbarxon ana shunday baxt-u saodatga musharraf ayol.

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026